Tarmoqning funktsional modeli. Funktsional model` tarmoqning fizikaviy amalga oshirilishi tamoyillariga bog`liq bo`lmagan xolda tarmoqni mantiqiy darajada mavxum ravishda tasvirlaydi. Model` elementlar sifatida ko`rib chiqilayotgan tarmoq funktsiyalarining o`zaro ta`sirini aks ettiradi.
Funktsiya-mantiqiy element bo`lib, belgilangan vazifani bajaradi. Fizikaviy ravishda funktsiya apparat bilan yoki dasturiy maxsulot (funktsional ob`ekt) ko`rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Oxirgi xolatda funktsiyalarni ob`ekt deb nomlash qabul qilingan. Funktsiyani fizikaviy amalga oshirishda ularni mantiqiy modul deb ataluvchi aloxida funktsional tizim osti birliklar guruxiga birlashtirish mumkin.
Tarmoqda bajariladigan funktsiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
amaliy(qo`llanish) funktsiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma`muriyati ilova ob`ektlari;
xizmatlarni boshqarish funktsiyalari-xizmat komponentlaridan va ular bilan bog`liq bo`lgan resurslardan xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat beruvchi va foydalanuvchini mazkur xizmatlar o`zaro ta`siri bilan boshqarish imkoniyatini beradigan ob`ektlar;
tarmoqni ma`muriy boshqaruv funktsiyalari-xamma boshqa funktsiyalar boshqaruvini amalga oshiradigan ob`ektlar;
ma`lumotlarga ishlov berish va saqlash funktsiyalari-ilova ob`ektlarini chaqirish va boshqarish, ularning o`zaro ta`sirini xamda ma`lumotlarni ma`lumotlar bazasidan olish yoki unga joylashtirishni ta`minlab beradigan ob`ektlar;
kommutatsion funktsiyalar-axborot oqimlarini boshqarish va transport funktsiyalari (ular kommunikatsion tugunlarda qayta taqsimlanganda).
Tarmoq funktsiyalari o`zaro ta`sir tartibi funktsional model` elementlar aloqasini belgilab beradi. Bunday o`zaro ta`sirni aloxida funktsiyalar (ob`ektlar) yoki mantiqiy modullar o`rtasida to`liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi. U elementlar o`zaro ta`sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni taqdim etish formatini belgilab beradi. Bir turdagi funktsiyalar (ob`ektlar) o`rtasidagi mantiqiy interfeys protokol deb ataladi. Kommunikatsion funktsiyalar o`rtasidagi mantiqiy interfeys telekommunikatsion tarmoqning funktsional etalon nuqtasi deb ataladi.
Kommutatsiya jarayonining vazifalaridan bo`lgan – oqimlar va kerakli marshrutlar aniqlash, maxsus jadvallarda marshrutlarni belgilash, oqimlarni multiplekslash, uzatish muxitini taqsimlash – texnikaviy masalalar barcha tarmoq texnologiyalari asosi sifatda uning funktsional xususiyatlarini belgilaydi.
Tarmoqlarda ikkita foydalanuvchi biri biri bilan bog`lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsya usullari mavjud:
Kanallar kommutatsyasi (circuit switching);
Paketlar kommutatsiyasi (packet switching);
Xabarlar kommutatsiyasi (message switching).
Umumiy xolda foydalanuvchilar bog`lanishi 1.2-rasmda keltirilgan kabi bo`ladi, kommutatsiya usuliga ko`ra bajariladigan vazifalar farqlanadi.
Kanallar kommutatsiyasi tarixi dastlabki telefon tarmoqlaridan boshlanadi. Paketlar kommutatsiyasi 60chi yillar oxirida barpo etilib, birinchi kompyuter tarmoqlarida qo`llanilgan. Kommutatsiya usullarning xar biri afzallik va kamchiliklarga ega; mutaxassislar fikriga ko`ra, paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoq texnologiyalari istiqbolda asosiy o`rin egallaydi.
rasm Tarmoqda foydalanuvchilar kommutatsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |