Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy muloqotga tayyorlashda “Men” konsepsiyasini shakllantirish.
Mundarija:
Kirish..........................................................................................
I Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy muloqotidagi nazariy muammolar.
1.1. Bolalarda nutqiy muloqotga kirishishdagi pedagogik – psixologik omillar, shart – sharoitlar.
1.2. “ Men” konsepsiyasining mohiyati, tahlili va talqini.
1.3. Xulosa.
II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy muloqotga tayyorlashda “ Men” konsepsiyasining ahamiyati va mohiyati.
2.1. “Ilk qadam ” Davlat o’quv dasturida “ Men ”konsepsiyasining o’rni.
2.2. Bolalar nutqini rivojlantirishda “ Men” konsepsiyasining shakllantirish metodikasi.
2.3. Xulosa.
III. Bob. Tajtiba va tahlillar.
3.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutqiy muloqotni shakllantirish usullari va yo’llari.
3.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutqiy muloqotni shakllantirishda didaktik o’yinlardan foydalanish.
3.3. Xulosa
Mavzuning dolzarbligi: Jonajon O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tantanali tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi renessans bo’lishi lozimligini ta’kidladi. Nihoyatda jozibali mazkur strategik g’oya o’zining ulug’vorligi, milliy yuksalish barcha jabhalarda qanday umumiy maqsadni ko’zlamog’i zarurligini ko’rsatadi. Amalda davlat Rahbari taraqqiyotining hozirgi bosqichida O’zbekiston milliy g’oyasining yangi va aniqlashtirilgan mazmunini ifodaladi. Uchinchi Renessans g’oyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmog’i kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, ta’lim – tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat – barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmog’i lozim. Biz keng ko’lamli demokratik o’zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yngi Uyg’onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o’zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi renrssansning mazmun – mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. Respublikamiz har tomonlama rivojlanib borayotgan bir pallada bugungi kun yoshlari ham Respublikamiz gullab-yashnashida o’z hissalarini qo’shmog’i lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning keng ko’lamli ta’lim tizimi bilan bog’liqligi hech kimga sir emas. Bunday islohotlar maktabgacha ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilar tayyorlashning mexanizmi yangi pog’onaga ko’tarildi. Bu borada qisqa fursatda keng ko’lamli natijalarga erishildi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi Prezidentimiz. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Azal-azaldan har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aql-zakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug‘, eng muqaddas orzusi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Biz sog‘lom deganda, nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bolani o‘zimizga tasavvur etamiz.
Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi ko‘pgina talab va omillarga bog‘liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin ular orasida shunday o‘ta muhim, hal qiluvchi mezonlar borki, bu haqida alohida to‘xtalishni o‘rinli, deb bilaman.Birinchidan, sog‘lom bola – avvalo sog‘lom va ahil oilaning mevasidir.
Biz oilani hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o‘z Vataniga, xalqiga sadoqatli bo‘lish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi.
Maktabgacha davr – bu bolaning o’sish, rivojlanish, o’zini namoyon etishga intilish, o’rganishga, bilishga ishtiyoqi kuchli bo’lgan davrdir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim – tarbiya qaanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha ta’lim – tarbiya – har bir bolaga individual yondashish, uni shaxs sifatida hurmat qilish, na’naviy – axloqiy tomondan tarbiyalash, bolaning qiziqish va ehtiyojiga mos tarzda ta’lim tarbiya berishni nazarda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy muloqotga tayyorlash hozirgi kunning dolzarb masalalariga aylangan. Bolada “ Men” xususiyatini shakllantirish lozim. Bolada o’z “ Men” shakllantirish esa maktabgacha yoshdan boshlanadi. O’z “ Men” ni bilgan bola nutqini mustaqil, erkin bayon eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |