Mudira bilishi lozim bo’lgan me’yoriy hujjatlar:
a) O’zbekiston Respublikasining ≪Ta’lim to’g’risida≫, ≪Kadrlar tayyorlash milliy dasturi≫ va ≪Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida≫gi qonunlar;
b) maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarining mazmuni;
v) hukumatning tegishli qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlar;
g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi;
d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va metodlari;
e) pedagogika fani va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlar, o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyoti;
j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta’lim muassasasi faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalar.
Mudira malakasiga qo’yiladigan talablar:
a) o’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha maxsus kurslarni tugatgani;
b) xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi;
v) besh yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi.
Jamoada to’g’ri shakllantirilgan o’zaro munosabatlar,sog’lom ma’naviy muhit har bir xodimning sidqisildan mehnat qilishini va ishlab chiqarish intizomiga rioya etishini ta’minlaydi.
Rahbarlik mavqei mudiraning royaviy, ma’naviy-ma’rifiy,siyosiy, xukuqiy saviyasi va mutaxassislik ma)(;oratining oshib borishiga, pedagogika nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan vazifalarni chuko’r bilishga, o’z bilim va tajribasini amaliy faoliyatida qo’llashga majbur etadi. SHu bois u ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanadigan
dasturlar, uslubiy va me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va ularga amal qilib, faoliyat yuritishi keraq Bundan tashqari, mudira pedagogik jarayonning mazmun-mohtini teran anglagan >holda, nuqson va kamchiliklarini o’z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Xalq ta’limini boshqarish organlari tomonidan oliy ma’lumotga va kamida uch yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan shaxslar orasidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qhish va tarbiyalash b5shicha ishni me?hnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashi faollari ishtirokida ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning bilimi va kasb mahoratini }hamda umumiy madaniy darajasini muntazam ustirib borishiga gamxhflik qiladi: xodimlar malakasini e’tiborga olgan holda >hamda maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni xizmat lavozimlari bo’yicha o’z vaqtida joydan-joyga qirib turilishipi ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi.
SHunday qilib,mudira ma’naviy, siyosiy, ?(ukuqiy va axloqiy ji)Ilmiy-o’quv adabiyotida rahbarlik qilishning (rahbarning) uch turi ajratib ko’rsatiladi; demokratiq avtoritar va liberal raxhbarlik (rahbar).
Do'stlaringiz bilan baham: |