1.2 Maktabgacha ta'limda yosh davrlarning maqsad, vazifalari
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qaxtiiy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish o’qishga nisbatan maxsuliyatli munosabat o’qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy etishini harakterlab beramiz.
Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o’tkirligi sofligi bilan farq qiladilar. O’quvchilarning idroki o’ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.
Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira ta’limining ta’siri bilan ikki yo’nalishda rivojlanadi. So’z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda olib qolishning rolg’g’i va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi.
Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladigan va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.
Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyatsiz o’qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko’rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o’quv predmetni chinakkam o’zlashtirishi mumkin emas. Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi nimalarga bog’liq bo’ladi?.
Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo’shiladi. O’qituvchi o’z oldiga bir qator jiddiy talablarni qo’ygan o’qishga yangi faoliyat turiga qo’shilish o’quvchining o’z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo’ysunishga majbur qiladi. Bo’larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, jamoaviyga ta’limga va uning bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.
4-5 yoshli bolalarning yoshiga xos xususiyatlari: psixologiya - Jamiyat
Tarkib
Jismoniy rivojlanish xususiyatlari
Bolaning aqliy rivojlanishi
O'yinning roli
Ijodiy mahorat
Nutqni rivojlantirish
Tengdoshlar va kattalar bilan muloqot
Hissiy xususiyatlar
4-5 yoshli bolalarni o'qitish
Tarbiya
Maktabgacha ta'limning o'rni
Oila eng muhimi
To'rt yoshdan besh yoshgacha - o'rta maktabgacha yosh. Bu bola hayotidagi juda muhim bosqich. Bu bola tanasining intensiv rivojlanishi va o'sish davri. Ushbu bosqichda bolaning xarakteri sezilarli darajada o'zgaradi, kognitiv va aloqa qobiliyatlari faol ravishda yaxshilanadi. Federal Davlat Ta'lim Standartiga muvofiq 4-5 yoshdagi bolalarning o'ziga xos yosh xususiyatlari bor, ular ota-onalar maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirish va tarbiyalashni uyg'unlashtirishi uchun bilishlari kerak. Bu shuni anglatadiki, bola, o'sib ulg'aygan sayin, har doim tengdoshlari bilan umumiy tilni topadi.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo‘lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament – lotincha “temperamentum”, ya'ni “qismlarning bir-biriga munosabati” ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
go‘daklik (1 yoshgacha);
ilk yosh (1-2 yosh);
ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
kichik yosh (3-4 yosh);
o‘rta yosh (4-5 yosh);
katta yosh (5-6 yosh);
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)1.
Do'stlaringiz bilan baham: |