Ilmiy tadqiqot metodlari (metod- lotincha yo’l degan ma’noni anglatadi) orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot ishida, olimlar pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiya fanining vakillari, maktab o’qituvchilari, bolalar bog’chalari tarbiyachilari va shuningdek, tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan kishilar qatnashadilar. Tadqiqotning empirik darajasida xar xil faktik materiallar yig’iladi, ular to’liq yoritib boriladi, shuningdek, voqealar o’rtasidagi obektiv bog`liqliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan voqea har tomonlama puxta o’rganiladi. Tadqiqotning nazariy darajasi o’rganilayotgan voqeaning mohiyatini aniqlashga yo’naltirilgan maxsus tizimlashtirish va tahlil usulidir.
Ilmiy tadqiqot metodlari.
Adabiyotlarni o’rganish metodi
Pedagogik eksperiment.
Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi.
Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o’rganish.
Suhbat metodi.
Kuzatish metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |