Mavzu: Mahsus maktablarda òquv tarbiya jarayoni mazmuni Reja: Kirish I. Asosiy qism


Yordamchi maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish



Download 53,53 Kb.
bet6/11
Sana22.07.2022
Hajmi53,53 Kb.
#837863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
01-Mahsus maktablarda òquv tarbiya jarayoni mazmuni

2. Yordamchi maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida (1997-yil 29-avgust), jumladan, maxsus ta'lim xususidagi 23-moddasida nogiron va alohida yordamga muhtoj bolalarga ta'lim-tarbiya berish borasida tegishli ko'rsatmalar belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi maxsus ta'lim sohasida (aqli zaif, kar-soqov, ko'zi ojiz, tayanch harakati apparati buzilgan bolalar maxsus ta'limi) o'rtaga tashlanayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchi-defektologga bog'liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o'tish sharoitida maxsus maktablarda korreksion ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishish vazifasi asosan o'qituvchi-oligofrenopedagog zimmasiga yuklatilgan. Bu esa, o'z navbatida, yordamchi maktabni boshqarish bilan bog'liq. Shu sababli ham maxsus maktablami boshqarish nizomida maxsus maktab direktori mutaxassis-defektolog bo'lishi shart deyilgan. Qaysi maxsus maktab direktori mutaxassis bo'lsa, o'sha yerda ichki va tashqi nazorat ishlari, korreksion ta'lim-tarbiya ishlari ham izchil va samarali bo'ladi. Pedagog-defektologlar jamoasi ishini sistemali nazorat qilish, bir tomondan, har bir oligofrenopedagogning o'z ishi uchun mas'uliyatini oshiradi hamda o'z ishida kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash va tuzatish imkonini beradi.
Yordamchi maktab ichki nazoratining bir qancha ko'rsatmalari mavjud: yordamchi maktab rahbari va uning ilmiy ishlari bo'yicha muovini darslarga kirishlari, turli mashg'ulotlarshakllarini tahlil qilishlari, darslarga muntazam kirib turishlari shart. Buning uchun yil davomida darslarga kirish rejalarini kuzatadilar hamda yosh mutaxassis-oligofrenopedagoglarga metodik yordam ko'rsatib boradilar.
Yordamchi maktabda darslarga kirish va uni kuzatish ma'lum maqsadga qaratilgan. Bunday darslarga kirish va kuzatishlar o'quvchilaming aqliy faoliyatlari haqida xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ba'zan yordamchi maktab o'qituvchilari o'quvchilaridan biri yordamchi maktab o'quv
dasturini o'zlashtira olmayotganligi uchun uni maktabdan chiqarishlarini so'rab ariza beradi. Ana shunday hollarda muammoli hodisalar ota-onalar bilan yoki o'qituvchi bilan yuz bemiasligining oldini olishda ham qo'l keladi. Yordamchi maktab rahbari va uning o'quv ishlari bo'yicha muovini darsni tekshirishda quyidagilarga e'tibor berishi kerak:

  • darsning korreksion maqsadi qanchalik to'g'ri. aniq va tushunarli qilib ifodalanganligi;

  • darsning bosqichlari qanchalik o'ylab olinganligi, darsning korreksion tarbiyalovchi ahamiyati;

  • maqsad yuzasidan uning mazmuni bayon etilganligi;

  • materialning ilmiy-nazariy saviyasi qandayligi;

  • o'qituvchi-defektolog qo'llagan uslublar qanchalik samarali hamda zamonaviy bo'lishi;

  • darsda o'qituvchi-oligofrenopedagogning didaktik qoidalarga rioya qilishi;

  • o'qituvchi-oligofrenopedagogning har bir darsda har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanib, ularning korreksion aqliy o'sishiga qanchalik erishishi, maxsus ta'limning ko’rsatma va texnik vositalaridan qanchalik malakali foydalanishiga e'tiborni qaratish lozim.

Darsning boshi va oxiriga, tashkiliy tomoniga, darsning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tilishiga, ularning mantiqiy bog'la-nishiga, darsdagi jamoa ishining birga qo'shib olib borilishiga, o'quvchilardan so'rash va ularning bilimlarini baholashga hamda uyga beriladigan topshiriqlar sistemasiga e'tibor berish nihoyat muhimdir. Shu bilan birga darsga ketgan vaqtni belgilash zarur. Bular dars vaqtini obyektiv baholash imkonini beradi. Darsning tarbiyaviy tomoniga ham alohida e'tibor qaratiladi.
Darsning tuzilishi mazmuni, uslublari, o'qituvchining darsdagi xatti-harakatlari tarbiyaviy nuqtai nazardan baholanadi. Yordamchi maktab rahbari har bir darsni kuzatib bo'lgandan so'ng o'qituvchi bilan suhbatlashib, uning yutuq va kamchiliklari to'g'risida madaniyatii qilib aytib o'tishi va uning kelgusi faoliyati uchun muvaffaqiyat tilashi lozim.
Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari aqli zaif o'quvchilar bilan olib boriladigan o'quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga rahbarlik qiladilar va ularni tekshirib turadilar.
Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari tadbirlarning g'oyaviy yo'nalishini tashkil etishning ilmiy-uslubiy darajasi aqli zaif bolalaming qiziqishlari va uning faolligi, mashg'ulotning o'quv- tarbiyaviy qimmatiga alohida e'tibor qaratadilar. Yordamchi maktabda oligofrenopedagoglar, sinf rahbarlari, direktor va uning muovinlari o'zlarining ishlari haqida hisobot beradilar. Hisobot berish oligofrenopedagoglar yordamchi maktab rahbarlariga o'z ishlarining natijalarini tahlil qilishga, aqli zaif o'quvchilarga ta'lim berishda ba'zi kamchiliklarning sabablarini ochishga, ulami bartaraf etish yo'llarini belgilashga ko'maklashadi. Yordamchi maktabda har bir o'quvchi jiddiy hisobga olib boriladi: o'quvchilami kuzatish daftari va shaxsiy papkalari bo'ladi. Yordamchi maktab o'quvchisiga berilgan psixonevrologning xulosasi, tashxisi. aqli /aifo'quvchining qabul qilingan vaqti, sanasi, qayerdan kelganligi haqidagi ma'lumotlar bo'ladi. Shaxsiy hujjatlarda yordamchi maktab o'quvchisining yordamchi maktab dasturini o'zlashtirishi va xulqining ahvoli haqidagi umumiy ma'lumotlar bo'ladi. Bu hujjatlar o'quvchi yordamchi maktabni tugatgandan so'ng yordamchi maktab arxivida saqlanadi.
Yordamchi maktab ishini har jihatdan to'g'ri tashkil qilish, uning samaradorligi natijasi garovidir, bu esa jamoa mehnati jarayonlarini oqilona yo'lga qo'yishni taqozo etadi.
Yordamchi maktab o'quvchilarini korreksion tarbiyalash ko'plab kishilaming g'amxo'rligi, umumiy mehnati jarayonida hal qilinar ekan, demak, bu mehnatning muvaffaqiyati ko'p jihatdan ularning kuchlari qanchalik to'g'ri yo'naltirilganligiga, maqsadlar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta'minlanayotganligiga bog'liq.


Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish