Strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri tahlili Mahsulot strukturasi - ayrim mahsulot turlarining jami ishlab chiqarishda tutgan ulushidir. Mahsulot ishlab chiqarish strukturasining o‘zgarishi barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar: qiymat bahosida ishlab chiqarish hajmi, material sig‘imi, tovar mahsulot tannarxi, foyda, rentabellikka ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Agar qimmatroq mahsulotning ulushi ortsa, u holda uni ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida o‘sadi va aksincha. Yuqori rentabelli mahsulotning ulushi oshganda va mos ravishda past rentabelli mahsulot ulushi kamayganda ham foyda miqdorida xuddi shunday holat sodir bo‘ladi. Struktura o‘zgarishining asosiy sabablari: ˗ har xil kategoriyadagi iste`molchilarning mahsulotga bo‘lgan talabining o‘zgarishi; ˗ korxonani uskuna va moddiy resurslar bilan yetarli ta`minlanmagani; ˗ zarur malakali mutaxassislarning yetishmasligi; ˗ korxonaning kam mehnat sig’imli, yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga intilishi.
Strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
Ishlab chiqarish strukturasining sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar darajasiga ta’sirini hisoblashni zanjirli o‘rin almashtirish usulida amalga oshirish mumkin bo‘lib, u mahsulot strukturasidan tashqari barcha omillarni mavhumlashtirishga imkon beradi:
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Umumiy mahsulot hajmi bo‘yicha reja bajarilishi yoki ortig‘i bilan bajarilishi mumkin. Lekin bu hali ishlab chiqarish rejasi barcha mahsulotlar, ya’ni mahsulotlar assortimenti bo‘yicha bajarilganligini anglatmaydi. Mahsulot hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishi yoki ortig‘i bilan bajarilishi bir mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish va ayni vaqtda boshqa mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarmaslik natijasi ham bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida reja bajarilishi tahlili yuqori turuvchi organlar orqali davlat tomonidan korxonalar faoliyati ustidan nazorat shakli hisoblangan. Hozirgi vaqtda, ya’ni tovarlar yetkazib berish, davlat buyurtmasi, bozor konyunkturasini o‘rganish, asosida korxona mustaqil ravishda reja ishlab chiqayotgan bir paytda reja bajarilishi tahlili quyidagilarni baholashga imkon beradi:
– shartnoma majburiyatlarining bajarilish darajasi;
– rejalashtirish sifati;
– menejment sifati.
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Ayni vaqtda umumiy hajmda va assortiment bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar bilan ta’minlash, uskunalar bilan jihozlash, shtat jadvalini tuzish va boshqa rejalar tuzish uchun boshlang‘ich baza hisoblanadi. Yo‘riqnoma va amaliyotda ko‘pincha aralash qo‘llaniladigan nomenklatura hamda assortiment tushunchalarini farqlash talab qilinadi.
Nomenklatura – bu mahsulotlar nomlari va ularning mutanosib turlari uchun belgilangan kodlar ro‘yxatidir.
Assortiment – har bir tur bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatilgan holda mahsulot nomlari ro‘yxatidir.
U to‘liq, guruhli va guruh ichida bo‘lishi mumkin.
To‘liq assortiment – tayyorlanadigan mahsulotlarning barcha turlari va ko‘rinishlarining tugal ro‘yxati; guruhli assortiment turdosh gurhdagi mahsulotlarni birlashtiradi. Guruhga kiruvchi mahsulotlar uning guruh ichidagi assortimentini tashkil qiladi.
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Assortiment va mahsulot ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishda korxona, bir tomondan, mazkur mahsulot turiga talabni, boshqa tomondan – mehnat, xomashyo, texnik, texnologik, moliyaviy va tasarrufida mavjud boshqa resurslardan samaraliroq foydalanishni hisobga olishi lozim.
Assortimentni shakllantirish tizimi quyidagilarni tashkil qiladi:
– xaridorlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash;
– ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini baholash;
– mahsulotning hayot tsiklini o‘rganish, yangi, yanada mukammal mahsulot turlarini joriy qilish va ishlab chiqarish dasturlaridan ma’naviy eskirgan hamda iqtisodiy samarasiz mahsulotlarni chiqarib tashlash bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar qo‘llash;
– mahsulotlar assortimentida o‘zgarishlarning iqtisodiy samaradorligi va risk darajasini baholash.
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Mahsulotlar assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining
bajarilishini baholash odatda ayni nomli koeffitsiyent yordamida
hisoblanib, u assortiment bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining
bajarilishiga kiritilgan umumiy haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishni
uning umumiy rejaviy ishlab chiqarishga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi
(rejadan tashqari tayyorlangan mahsulot assortiment bo‘yicha ishlab
chiqarish rejasining bajarilishida hisobga olinmaydi).
Assortiment bo‘yicha reja bajarilishining o‘rtacha foizi 94,6%
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Assortiment bo‘yicha reja bajarilmasligining sabablari:
Tashqi: bozor konyunkturasi, mahsulotlarning alohida turlariga talab o‘zgarishi, moddiy-texnik ta’minot holati, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirmaslik.
Ichki: ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, asbobuskunalarning texnik holati yomonligi, uning turib qolishi, avariyalar, elektr energiyasi etishmasligi, ishlab chiqarish madaniyati pastligi va boshqalar. Assortiment bo‘yicha reja bajarilishini aniqlashning boshqa usullari ham mavjud. Eng kam foiz usuli sodda usullardan biri sanaladi.
Mazkur usul qo‘llanilganda haqiqatdagi miqdor rejalashtirilganjan kam bo‘lgan majburiy assortimentlar pozitsiyalari bo‘yicha rejaning bajarilish foizi aniqlanadi. Olingan foizlarning eng kichigi assortiment bo‘yicha reja bajarilishining jamlanma ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinadi, lekin u 100% dan ziyod bo‘lmasligi lozim.
E’tiboringiz
uchun
rahmat!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |