Mavzu: Mahoratli kurashchilarning texnik harakatlarini tezlikda amalga oshirish


I bob. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar va tadqiqot ma’lumotlari tahlili



Download 61,73 Kb.
bet2/7
Sana01.07.2022
Hajmi61,73 Kb.
#722685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mahoratli kurashchilarning texnik harakatlarini tezlikda amalga (1)

I bob. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar va tadqiqot ma’lumotlari tahlili
1.1. Kurashchining texnik tayyorgarligining asoslari.
Kurashchining texnik tayyorgarligi deb, uning kurashda baxs yuritish vositasi yoki mashg’ulot vositasi bo’lib xizmat qiluvchi harakat usullari va faoliyat texnikasini o’rgatishga aytiladi. “Texnika” so’ziyunoncha “maxorat” ma’nosinianglatadi. Kurashchilar texnikasi yordamida yutuq ballariga usullar yordamida erishish bilan birga ximoyalanish, qarshi usullar va kombinatsiya harakatlarini amalga oshirish mumkin.
Maxsus texnik tayyorgarlik jarayonida kurashchi usullar texnikasini o’rganib boradi – kurash bo’yicha ixtisoslashish predmetiga aloqador harakat va faoliyatlarning biomexanik qonuniyatlarini bilib oladi, tegishli usuldagi harakat malakalarini amalda o’zlashtirib, ularni mumkin qadar yuqorida rajada mukammallashtira boradi va umumiy texnik tayyorgarligi oshib boradi.
Texnik tayyorgarlikdan maqsad kurashchining umumiy jismoniy tarbiya ma’lumotini, jismoniy mashqlarning umumiy texnik asoslari sohasidagi bilimini muntazam sur’atda kengaytirib borish va hayotda xamdakurashish praktikasida foydali bo’lgan harakat qilish mahorati va malakalari fondini to’ldirib borishdan iborat.
Kurashchining umumiy va maxsustexnik tayyorgarligi o’rtasida uzviy bog’liqlik bo’lib, unda umumiy texnik tayyorgarlik texnik progressga erishish uchun yordam beradigan xuddi anashunday bilim, mahorat va malakalarni (masalan, akrobatik malakalarni) shakllantirishga qaratilgandir. Maxsus jismoniy mashqlardan foydalanar ekanmiz, albatta unitexnik jixatdan to’g’ri bajarishga o’rgatmoq kerak.
Zamonaviy kurashning texnikasi kurashchi o’zraqibini ma’lum harakatlar ta’siri bilan yengib, g’oliblikni qo’lga kiritish demakdir.
Juda tez o’zgaruvchan kurash sharoitida yaxshi natijaga erishmoqchi bo’lgan kurashchi ko’ptexnik usullarni egallagan bo’lishi kerak, usulni tanlay bilishi hamda ularni tez va aniq bajara olishi lozim.
Texnik fikrlashni rivojlantirish.Texnik fikrlash – bu kurashchining raqib bilan oqilona kurashish yo’lini topishga qaratilgan fikrlash jarayonlarining tez maksadga ko’chishidir.
Texnik fikrlash musobaqa faoliyatining ijodiy xususiyatini belgilaydi va turli murakkab holatlarni modellashtiruvchi musobaka mashqlari yordamida, shuningdek o’quv-trenirovka bellashuvlarida rivojlantiriladi. Bunda raqibning texnik o’ylanmalarini topish, uning ehtimoldagi harakatlarini oldindan ko’zlay bilish malakasiga murakkab va ziyatda o’zini o’nglash, asosiy vaziyatlarni ajratib, ularni tez va to’g’ri baholash malakasiga kurashchining diqqati qaratiladi. Yuqori malakali kurashchi tez sur’atda oqilona yechimlarni topishi va muayyan musobaqa vaziyati uchun eng samarali texnik-taktik harakatlarni qo’llashni bilishi lozim.
O’z hayajonlirini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish.Sportchilarning o’z hayajonli holatlarini boshqara olishmalakasi ko’p jihatdan ular sport mahoratining oshishishga yordam beradi. Trenirovka yoki musobaqaning ayrim va ziyatlari, lahzalariga pozitiv va salbiy munosabatda bo’lish hayajonlar bilan birga kechadi. Ular sportchining sub’ektiv va ob’ektiv qiyinchiliklarni yengibo’tishini yengillashtiradiyokiqiyinlashtiradi. Hayajonli holatlar shiddati musobaqalar ahamiyatiga va mas’uliyatiga bog’liq.
Oldinda turgan musobaqaga psixologik tayyorgarlik umumiy psixologik tayyorgarlik asosida tashkil qilinadi va quyidagi aniq vazifalarni hal qilish ga qaratilgan:
1) kurashchilarning oldinda turgan musobaqalar ahamiyatini aglashi;
2) oldinda turgan musobaqalar sharoitlari (o’tkazish vaqti, joyi) xususiyatlarini o’rganish;
3) raqibning kuchli va bo’sh tomonlarini o’rganish, ularni xamda o’zining hozirgi paytdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish;
4) oldinda turgan musobaqalarda g’alabaga erishish uchun o’z kuchi va imkoniyatlariga qattiq ishonishni shakllantirish;
5) oldinda turgan musobaqalar tufayli yuzaga kelgan salbiy hayajonlarni yengib o’tish va tetik emotsional holatni yaratish.
Birinchi to’rtta vazifalar raqib to’g’risida turli, mumkin qadar to’liq ma’lumotni to’plash hamda ishlab chiqish asosida trener tomonidan haletiladi.
Raqib to’g’risidagi hamma ma’lumotlarni o’rganib chiqib va uning imkoniyatlarini o’z sportchisi imkoniyatlari bilan solishtirib, trener oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqadi. Uni amalga oshirish o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida modellashtiriladi hamda batafsil aniqlanadi.
Beshinchi vazifani hal qilish uchun quyidagi uslubiyusullardan foydalanish mumkin:
- o’z-o’ziga buyruq berish, o’z-o’zini ma’qullash yordamida sportchi tomonidan salbiy hayajonlarni ongli ravishda bostirish ;
- kurashchilarning alohida xususiyatlari va ularning emotsional xolatiga qarab, badan qizdirish mashqlari vositalari hamda uslublaridan maqsadli foydalanish;
- autogen va psixologik boshqarish trenirovkasi vositlari hamda uslublaridan foydalanish;
Texnik-taktik mahoratni takomillashtirish psixologik tayyorgarlik bilan ajralmasdir. Kurashchining taktik harakati ishonchliligi uning emotsional qobig’i va bilish jarayonlari darajasi bilan ta’minlanadi. Texnik-taktik harakatlarga o’rgatish taktik fikrlash, koordinatsiya, tezkorlik, propriot septiv sezuvchanlikni rivojlantiradi.
Kurash texnikasini o’rgatish uchun quyidagi qisqacha klassifikatsiyadan foydalaniladi.
Kurashchining ko’p yillik praktikasi harakatlar effektining strukturasini ishlab chiqishga yordamberib, ularning quyidagi uchta: a) hujum texnikasi; b) himoya texnikasi; v) qarshi xujum qilish texnikasi bo’limlariga bo’linishini ko’rsatdi. Kurashchining texnik tayyorgarligida asosiy rolni xujum qilish holatlari egallaydi. Kurash qoidasi bo’yicha xujum qilish holatlarini qo’llagan kurashchi rag’batlashtirish zarurdir.
Murakkab xujum xolatlarini ikki xil turga bo’lish qabul qilingan:
- xujumda o’ziga xos tayyorlov usulini va ma’qul dinamik xolatini ta’sir ettirib, hal qiluvchi usulni qo’llash lozim;
- xujum kombinatsiyasining bir necha xil usullari mantiqiy jixatdan bir xilday tuzilib, birorta usulning boshlang’ich xarakterini o’zi chiga olib, yangi usul sifatini qabul qilishdan iboratdir. Bu ayni lozim bo’lgan munosabatni va xal etuvchi xolatni tashkil etadi.
N.M. Galkovskiyning fikricha, ko’pincha kurashida oddiy xujum xolatlariga nisbatan murakkab xujum xolatlarida yutuqqa erishish yuksakroqdir. Ularning kuzatishlariga qaraganda, usullarning strukturasidan, ya’ni to’g’ri xujum xolatidan boshlangan kurash kamdan-kam maqsadga muvofiqdir. Ko’pincha dinamik xolatlarning muvaffaqiyatli tayyorlov xolatlarida va xujum usullarining birlashganida, ya’ni “harakat” guruxlari mujassamlashtirganda, bunday xujum xolatlari katta yutuqsari olib borishi isbotlangan.
Birinchi marotaba A.N. Lentsusullarning taktik tayyorgarlik guruhini o’tkazish klassifikatsiyasini ishlab chiqdi. Uning klassifikatsiyasiga ko’ra texnik xolatlarni va usullarni muvaffaqiyati uchun quyidagicha bo’linmalarga bo’lish lozim deyilgan:
Kurashchi raqibni yengmoq uchun siqish, xatarga solish, muvozanat xolatidan to’ydirish kabi himoya reaktsiyalarini muvaffaqiyatli qo’llab, yutuqqa erishmog’I mumkin;
Kurashchi o’ziga kerak bo’lgan aktiv reaktsiyani yaratish uchun raqibni kurashga chaqira olib, chalg’ituvchi usullarni qo’llash mumkin;
Kurashchi ushbu usullarga ham e’tibor bermogi shart: kurashchining ayrim harakatlariga raqibning e’tiborchizligi yoki shu harakatlarga sovuqqon qarab, e’tiborsiz-passiv himoyalanishi, xoldan kqilish i kabi. Bunday paytda usullarga takroriy xujum qilish lar, javob uchun raqibni qo’zg’atish, ikkitomonlama chalg’itish va hokazo usullaridan foydalanish kerak.
Kurashchilarning hamma usullarini o’rganishlari lozimligi xujum va himoya harakatlarini birga o’rganishning ba’zi bir xususiyatlarini belgilaydi. Texnik harakatlarning va taktik tayyorgarlikning ahamiyati bir xil bo’lib, ular barobar va parallel duch kelmay, balki bir nechta bir-birini to’ldiruvchi tayyorlov usullari bilan birgalikda kelishi mumkin.
Dinamik xususiyatning muvaffaqiyatli holati faqat taktik usullardagina namoyon bo’lmay, balki birinchi xolatda – murakkab xujum kombinatsiya xolatida yuzaga kelishi ham mumkin.
Kurash taktikasi – bu musobaqalarda eng yaxshi natijaga erishi shuchun yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardan maqsadga muvofiq holda foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik sportchilarda taktika sohasidagi zarur bilimlarni egallash, sport kurashini to’g’ri olib borishda ma’lum malaka hamda bilimlarni shakllantirish, shuningdek taktik mahoratni takomillashtirishga qaratilgan.
Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchida musobaqada g’alabaga erishish yoki yuqoriroq natijani ko’rsatish maqsadida sport bellashuvini to’g’ri tashkil qilish hamda olib borish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Sport taktikasini egallash jarayonida bir qator xususiy vazifalar hal qilinadi. Sportchi:
- musobaqa vaziyatini shunday qabul qilishi va tahlil qilishi lozimki, ushbu vaziyatdan kelib chiqadigan taktik vazifalarni tushuna bilishi hamda qisqa vaqt ichida uni hayolan va harakat bilan hal qilish i zarur;
- musobaqada o’z kuchidan shunday foydalanishi kerakki, raqib ustidan g’alaba qozonish maqsadida, uni oxirigacha safarbar qilaolishi lozim;
- to’satdan o’zgarib qolgan vaziyatlarda bellashuv rejasini mustaqil o’zgartira olishi kerak.
Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari:
- taktik bilimlarga ega bo’lish;
- taktik ko’nikmalarni egallash;
- taktik malakalarga ega bo’lish.
Taktika vositalariga qat’iy belgilangan harakat tuzilmasi va ularni namoyon qilish uchun zarur jismoniy sifatlarda rejasi bilan ifodalanadigan sportchilar harakatlari kiradi.
Kurashda taktika uchta asosiy bo’limlardan tashkil topadi:
- hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi;
- bellashuvni tuzish taktikasi;
- musobaqalarda qatnashish taktikasi.
Kurashda musobaqa faoliyatining tahlili hujumning ikkita turini aniqlab berdi: oddiy, qachonki hujumda roli asosiy usuldan so’ng boshlanadi, va murakkab, qachonki Kurashchi ikkita yoki uchta turli xil harakatlarni qo’llaydi (birinchisi keyingi harakatlar bilan hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yaratadi). Ularning ikkalasi to’xtovsiz, bir butun harakat sifatida bajariladi (N.M.Galkovskiy).
Murakkab hujum harakatlarining ikkita turini ajratish qabul qilingan:
- qulay dinamik vaziyatni tayyorlashning maxsus usuli va (u bilan o’zaro bog’liqlikda) hal qiluvchi usulni o’z ichiga oluvchi hujum;
- bir nechta usullardan iborat kombinatsiyali hujum. Ushbu hujum mantiqan bitta, sifat jihatdan yangi tuzilgan usul bo’lib, qulay dinamik vaziyat yaratuvchi boshlang’ich harakatni hamda bu vaziyatdan foydalaniladigan boshqa usulning yakuniy qismini o’z ichiga oladi.
N.M.Galkovskiy fikricha, kurashda ko’pincha oddiy hujum harakatlari emas, balki murakkablari muvaffaqiyat keltiradi. U o’tkazgan tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlanganki, usul tuzilmasidan darhol boshlanadigan to’g’ridan-to’g’ri hujum kamdan-kam maqsadga erishadi. Odatda, qulay dinamik vaziyatni tayyorlash uslubi hamda hujum usuli tuzilmasi yaxlit harakatga, ya’ni harakat ansambliga qo’shilib ketadigan hujum harakatlari muvaffaqiyat keltiradi.
Usulni amalga oshirish uchun taktik tayyorgarlik usullarini guruhlarga tasniflashni birinchi bor A.N.Lentsishlab chiqqan. Tasnifga muvofiq usullar (ular yordamida texnik harakatlarni amalga oshirish uchun qulay bo’lgan sharoitlar yaratiladi) uchta guruhga bo’linadi:
- shunday usullarki, ular yordamida kurashchi o’ziga zarur bo’lgan raqibning himoya reaktsiyasiga erishadi (xavfsolish, harakatni cheklash, kishanlash, qurshab olish muvozanatdan chiqarish);
- Kurashchi uchun foydali bo’lgan raqibning faol reaktsiyani ta’minlaydigan usullar (chorlash);
- shunday usullarki, ularni bajarish natijasida raqib kurashchining ma’lum bir harakatlariga yoki e’tibor qilmaydi, yoki bo’sh himoya bilan javob beradi, yoki bo’shashadi (takroriy hujum, qayta chorlash, qo’shaloq aldash va boshqa.).
Texnik usullarni amalga oshirish taktik tayyorgarligining ham mausullari nafaqat mustaqil, balki uyg’unlashgan holda qatnashishi mumkin (ya’ni usulni amalga oshirish uchun bir xil bo’lgan qulay sharoitlar bitta emas, balki bir-birini to’ldirib keladigan bir qancha usullar bilan tayyorlanadi).
Qulay dinamik vaziyat murakkab hujumning birinchi qismi (birinchi usul) bilan yaratilishi mumkin. U kombinatsiya deb ataladi.
Taktik tayyorgarlik usullari guruhlarining tasnifiga muvofiq quyidagi harakatlar ajratiladi:
- birinchi usul, u orqali hujum qiluvchi o’ziga zarur bo’lgan raqibning himoya reaktsiyasiga erishadi. Bunday reaktsiya hujum harakatini (usulni) amalga oshirishga yordam beradi. Masalan, hujum qiluvchi yelkasidan oshiri btashlashni amalga oshiradi, raqib, himoyalanib gavdasini to’g’rilaydi, bu bilan qo’lni va shunga mosb o’lgan oyoqni ichkaridan ushlab olib zarba bilan ag’darishni amalgao shirishga yordam beradi;
- usul raqibning faol reaktsiyasiga erishish maqsadida amalga oshiriladi, ya’ni: raqib qarshi usul qo’llaydi, undan so’ng hujum qiluvchi ikkinchi usulni amalga oshiradi. Masalan, hujum qiluvchi oyoqni ushlab olib ag’darish, raqib -uzokdagi sondan teskari ushlab olib ag’darishni amalga oshiradi. Hujum qiluvchi vaziyatdan foydalanib, qo’ldan ushlab oladi va yelkadan oshirib tashlashni bajaradi.
- hujum qiluvchi birinchi usulni amalga oshirish natijasida raqibni shunday holatga solib qo’yadiki, u yoki bu himoya, bo’shashish bilan javob qaytaradi, yoki javob qaytarmaydi.
Bu kombinatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ikki usul yaxlit qilib birlashtiriladi va tanafussiz bajariladi. Masalan, qo’ldan siltab, gilamga tushirish – oldidan qoqish; teskari oyoqni tashqaridan ilib olib, qo’l va gavdani ushlab olgan holda zarba bilan ag’darish - qo’l va gavdani ushlab olib egilib tashlash.
Kurashda ayrim usullarni qo’llash, odatda, doimiy ijobiy samara bermaydi, chunki usulni bajarish uchun ketadigan vaqt raqibga munosib qarshilik ko’rsatish choralari bilan javob qaytarishga imkon beradi.
Murakkab hujum harakatlari bilan muvaffaqiyatli hujum qilish shunga asoslanadiki, raqib kuch berish yo’nalishini o’zgartib bajariladigan dasturlangan murakkab xujum harakatiga 2-3 marta javob qaytarishga majbur va har safar hujum qiluvchining harakatlanish xususiyati hamda yo’nalishini oldindan bilish uchun unga javob qaytarish vaqtidan yutqazadi, chunki unda bitta yoki ikkita reaktsiyaning latent davri yuzaga keladi. Birinchisi- yashrincha davr – murakkab hujumning boshlanish harakatiga javoban, ikkinchisi (latent) – motor davri va murakkab hujum xususiyati hamda yangi yo’nalishini aniqlashga qaratilgan reaktsiyani to’xtatish, so’ngra ikkinchi qotor davri (odatda kechikuvchan) sodir bo’ladi. Murakkab hujum harakatining yakuniy (haletuvchi) harakati hujum qiluvchi harakatining birinchi qismiga bo’lgan raqib reaktsiyasining motor qismi yoki murakkab xujumning ikkinchi qismi kechikkan hollarda hal etuvchi harakatga bo’lgan raqib reaktsiyasining latent davri bilan moskeladi (N.M.Galkovskiy).
Turli xildagi murakkab harakatlar zamonaviy kurashda mavjud ba’zi adabiyot manbalarida murakkab texnik-taktik harakatlar deb ataladi. Sport kurashida texnika va taktika dialektik birlikni tashkil etadi. Ayrimt exnikharakatlar (usullar) takti kusullar bo’lishi ham mumkin.Bu - hujum, qarshi hujum va himoya harakatlaridir. O’znavbatida ba’zi taktikharakatlar ma’lumbirt exnikharaka tlarhiso blanadi (siltabko’tarish, dastko’tarish).
N.M.Galkovskiy hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatlarning beshta guruhidan foydalanishni tavsiya etadi:
- qachonki, raqibgavdasi yenga olinadigan muvozanat burchagini ag’darishning nisbatan tanlangan tomoniga ega bo’lsa;
- qachonki, raqib UOM tayanch maydoning chetiga harakatlanishi natijasida mustahkamlik burchagi ag’darish yo’nalishiga qarab kamaysa;
- qachonki, raqibning UOM tezlik bilan yuqoriga o’tsa (ko’chsa);
- qachonki, raqib tayanchini osonlikcha bartaraf qilish mumkin bo’lsa;
- qachonki, raqib “o’liknuqta” holatida turgan bo’lsa (uning reaktsiyasining latent davri).
Shuningdek kurashchi o’z harakatlari bilan turli xil qulay dinamik vaziyatlarni tayyorlay olishi lozim. Raqib holatidagi ahamiyatli bo’lgan belgilarni (ular yuzaga kelgan vaziyatni tavsiflaydi) qabul qilish va baholashga qaratilgan texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish sport mahoratining shakllanish jarayonini ancha tezlashtiradi (V.D.Mironov).
Taktik tayyorgarli ko’quv-mashg’ulot jarayonining eng murakkab bo’limlaridan biridir. Kurashchining taktik tayyorgarligi texnik tayyorgarlik bilan chambarchas bog’liq xolda olib boriladi. Agar texnik tayyorgarlik kurashda baxs yuritish vositalari bilan qurollantirilsa, taktik tayyorgarlik ularni qo’llash san’atiga o’rgatadi.
Kurash taktikasini qisqa qilib kurashda baholanish san’ati deb ta’riflash ham mumkin. Agar tushunarliroq aytsak, kurashchining taktikasi, birinchidan, kurashchining imkoniyatlarini, raqibining xususiyatlarini xamda musobaqaning konkret shart-sharoitlarini xisobga olgan xolda musobaqlarda qatnashishning maqsadga muvofiq keladigan rejasini ishlab chiqishdan; ikkinchidan, kurashchining imkoniyatlarini mumkin qadar to’laroq namoyon etadigan bahs yuritish vositasi va usullaridan foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Kurashda taktika gimnastika yoki sprinter yugurishi vaqtidagiga qaraganda ancha kattaroq va ko’proq sport natijalariga ta’sir etadi.
Kurashchining taktik tayyorgarligi jarayonida quyidagilarni nazarda tutmoq kerak:
Kurash taktikasining nazariy asoslarini o’zlashtirish (taktik usullar arsenallari haqidagi, ularni qanday va qay xildagi sharoitlarda ishllash kerakligi va hokazolar haqidagi bilimlarni egallash);
Kurashdagi raqiblar imkoniyatini xamda bo’lajak musobaqalarning shart-sharoitlarini o’rganish;
Taktik usullarni, ularning kombinatsiya va variantlarini nomukammal taktik mahorat va malakalarini egallab olgunga qadar o’zlashtirish;
Taktik mahoratga erishish uchun zarur bo’lgan taktik tafakkurni va boshqa qobiliyatlarni tarbiyalash.
Bu vazifalarninga sosiysi taktik tafakkurni tarbiyalash bo’lib, kurashda baxslashish rejasini tuzib chiqish va amalga oshirish bo’yicha bir qator aqliy operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Taktik tafakkur idrok, xotira va ijodiy tasavvurga suyanib, tegishli bilim va tajribalardan foydalanishga, kurash baxsida vaziyatni qunt bilan kuzatish, tez tushuna olish va baholay bilish, o’z vaqtida to’g’ri qarorga kelab oilish qobiliyatiga asoslanadi.
Kurashchining taktik tayyorgarligi ko’p xollarda texnik tayyorgarlik bilan shuqadar birlashib ketadiki, xatto ular o’rtasida qat’iy chegara qo’yishning xojati bo’lmaydi va birgalikda qo’llanib boriladi. Taktik tayyorgarlikning vazifalari har xil hal etiladi. Mustaqil mashg’ulotlarda maxsus adabiyotlar o’rganiladi va individual taktik harakatlar amalda mukammallashtiriladi. Umumjamoa mashg’ulotlarida va mashg’ulotlarda individual ravishda harakatlar takomillashtirish tavsiya etiladi. Musobaqa vaqtlarida kuzatilib, raqibning taktik imkoniyatlari taxlil qilinadi va umumlashtiriladi, o’rganilgan taktik variantlar va sistemalar tekshirib ko’riladi.
Taktik sistemalarning variantlari quyidagi tartibda o’rganiladi:
Ko’rib chiqilayotgan xujum yoki himoya usullarininga sosiy mazmuni va uning variantlari bilan tanishish;
Muayyan variant uchun xarakterli bo’lgan taktik harakatlarni egallash;
Raqibdan chekina turib himoya qilish usullari taktikalarini o’rganish.
Ushbu o’rganish mashqlarini (raqibning, himoyachining) qarshiligi bilan sekin sur’atda bajarish; mashqni kurash sharoitiga teng bo’lgan sur’atda bajarish; mashqni himoyachining aktiv qarshiligi bilan bajarish; murakkab sharoitlarda o’rganilayotgan usullar asosida maxsus vazifalarga ko’ra harakat qilayotgan raqibni yengisha; mashqni raqibning ixtiyoriy ravishdagi aktiv qarshiligi ostida qaytarish va mustahkamlash (doimo straxovka ostida olib borilsin!). Yangi texnik harakatlarni (usullarni) o’rganishdan avval texnik usullarni bo’lib egallash xamda psixologik va jismoni tayyorgarlikni tegishli darajaga ko’tarish lozim.
Taktik tayyorgarlik klassifikatsiyasining guruhiga asoslanib, kombinatsiya xolatlarining klassifikatsiyasi quyidagicha ko’rinishni tashkil etadi:
Birinchi usul: Ma’lum qilish xolatlaridan so’ng xujumkor raqibdan himoyalanish natijasida ko’zlagan usullarni qo’llay olishi. Masalan: xujum qiluvchi kurashchi raqibni yelkasidan oshirib itqitishi va raqibi o’zini himoya qilish i uchun gavdasini to’g’ri muvozanat xolatiga keltirishga uringanda, qo’lidan ushlab turtib itqitish.
Ikkinchi usul: Raqibi reaktsiyasining aktivligini oshirish uchun harakat etilib, uning himoya usullarini qo’llab, qarshi xujum qilishaga majbur ettirib, xujum qilivchii shu vaqtichida o’zining ikkinchi usulini ishga solishi. Masalan: raqibni turtib yuborib qo’lidan ushlab, raqibni ag’darilib tushayotganda, masofadagi bosilgan son qismini ilishga harakat qilishidagi harakatdan foydalanib, xujum qilayoygan kurashchi raqibni qo’lidan ushlab yelkasi uzra oshirib itqitishi.
Uchinchi usul: Xujumkor birinchi usulni qo’llash paytida raqibni shunday xolatga keltiradiki, bunda raqib sustlashgan himoya reaktsiyasi bilan yoki darmonsizlanib, umuman, e’tiborsizlik bilan javob berishi mumkin. Kombinatsiyalarning xarakterli tomoni shundaki, bu ikki usullar biriktirilib, bir butunlikda damolishsiz bajariladi. Masalan: qo’ldan ushlab zarb bilan siltab oldinga o’tkazish; qo’l va gavdani ushlab itqitish va yiqilayotgan mahalda qarama-qarshi qo’lning tashqi tomondan ilib, qo’l bilan gavdani ham ilgan holatda egilib xam qilish .
Hozirgi kunga kelib olimlar o’rtasida yosh sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning o’rni, jumladan jismoniy sifatlarning texnik tayyorgarlik bilan bir biriga uzviy bog’likligini xamda ularni sport maxoratiga bulgan ta’siri xaqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormokda (F.A.Kerimov).
Kurashda qo’llaniladigan ayrim usullarning hammasi ham maqsadga muvofiq effektiga ega bo’lavermaydi, chunki raqib ham xujumchiga ma’lum qarshiliklarni qo’llaydi. Xujumning muvaffaqiyatli tomoni raqibning kuchsiz va kamchilik tomoni 2-3 hamladan so’ng aniqlab, birin-ketin tez va aniq o’ylagan murakkab usullarni qo’llay olishiga ham bog’liqdir. Bunday xujum yetaolgan kurashchi raqibni dovdiratib, charchatib va murakkab xujum hamlalariga yosh bermay (I-II yashirin davrlar ichida) qolishga majbur etib yutuqqq erishadi. Bunday murakkab xujum qilish holatlari raqibning motor bo’lim reaktsiyasiga yoki (latent) yashirin davr reaktsiyasiga to’g’ri kelib, xal qiluvchi harakat bilan raqibni yengadi.



Download 61,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish