Mavzu: Mahalliy va umumiy xirurgik infeksiyalarning chiqarish sabablari, klinik belgilari, tekshirish, davolsh va parvarishlashda o’ziga xos xususiyatlari. Reja



Download 468,2 Kb.
bet9/40
Sana06.01.2022
Hajmi468,2 Kb.
#323219
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
XIRURGIK

Anaerob infeksiya

AnaSrob infeksiya kislorod (havo) bo'lmaganda rivojlanadi-gan mikrorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi. Anaerob infeksiyaning gazli gangrena va qoqshol kabi turlari ko'p uchraydi.



YALLIG'LANISH SINDROMI

Jarrohlik infeksiyasi deganda davolash asosan jarroxlik usullar bilan olib boriladigan yallig'lanish kasalliklari tushuniladi.

Ular:

1.Nospetsifik (chipqon,karbunkul,flegmonavaboshqalar)



2.Spetsifik(suyak sili va boshqalar) qo'zg'atuvchilar keltirib chiqargan kasalliklarga bo'linadi.

Klinik kechishiga ko'ra jarrohlik infeksiyasi;

O'tkir (yiringli, anaerob,spetsifik);

2. Surunkali (spetsifik,nospetsifik) infeksiyaga bo'linadi.

Joylanishiga ko'ra teri,teri ostidagi kletchatka, mushaklar, pay qinlari, bo'g'imlar,suyakning ustki pardasi, suyak,seroz bo'shliqlari va boshqalar turli-tuman sohalarda bo'lishi mumkin.

Yiringli infeksiyani yiringlatuvchi kokklar: streptokokk,stafila-kokk,ko'k yiringlatuvchi tayoqcha va boshqalar yuzaga keltiradi. Bakteriyalar to'qimalarga tushib, qulay sharoit vujudga kelganda tez ko'payadi. Ular ko'payib va to'qimalararo yorig'lar bo'yicha tarqalib borib zaharli moddalar—toksinlar ishlab chiqaradi. Tok-sinlar tevarakdagi to'qimalarga to'g'ridan-to'g'ri ham markaziy asab tizimi orqali reflektor tarzda ta'sir qiladi.Organizmning patogen mikroorganizmlar tushishiga javob reaksiyasi birinchi navbatda mahalliy yallig'lanish rivojlanishida namoyon bo'ladi.

To'qimalar butunligining buzilishi (nekrozga uchrashi, aynishi) ularga avvalo yallig'lanish keltirib chiqargan omillar ta'sirida sodir bo'ladi. Shuning bilan birga tomirlar o'zgarib, ular dastlab torayadi, keyin esa tez ko'payadi. KJinik jihatdan bu yallig'lanish sohasida mahalliy giperemiya (qizarish) paydo bo'ladi. Kengaygan devorning zichligi kamaygan tomirlardan atrofidagi to'qimalarga qonning suyuq qismi, leykotsidlar chiqadi, mahal­liy to'qimalarning hujayralari ko'paya boshlaydi (prolifiratsiya), bu esa shish — yallig'li infiltrat hosil bo'lishiga olib keladi. Bu sohadan o'tadigan nerv tutamlari yallig'li o'zgarishlar hisobiga bosiladi va ta'sirlanadi, bu—og'riqqa sabab bo'ladi.Qon to'liqli-gining mahalliy oshishi va to'qimalarning parchalanishi natijasida ro'y beradigan biokimyoviy holatlar haroratning mahalliy ko'tarilishiga olib keladi. To'qimalar shishuvchi va og'riq gavdaning shu qismi faoliyatini buzadi.

Keyinchalik qon aylanishining mahalliy buzilishi yallig'la­nish holatining avj olishi hisobiga oshib boradi.Mayda arteriyalar va venalar trombozi rivojlanadi. Bakterial toksinlar ta'siri ko'payadi, natijada to'qimalarning nobud bo'lishi va chirishi (nek-roz) yanada ko'payadi, bunda nobud bo'Igan to'qimalarning bir qismi eriydi.To'qimalarning erishi nobud bo'Igan leykotsidlar-dan ko'p miqdorda oqsil tanachalarini erita oladigan fermentlar (proteolitik fermentlar) ning ozod bo'lishi hisobiga yuz beradi. Shunday qilib, leykotsitlardan to'qimalarning parchalanish mahsulotlaridan va tomirlarning suyuqligidan yiring hosil bo'ladi, u tashqariga chiqa olmaganda atrofidagi to'qimalarga tarqalib ularni halok qiladi.

To'qimalarning halok bo'lishi bilan bir vaqtda yallig'lanish sohasini o'rab turgan granulyatsion to'siqni hosil qiladigan yangi hujayralarning paydo bo'lishi qayd qilinadi. Biriktiruvchi to'qima hujayralarining ko'payishi granulyatsion to'siq hosil bo'lishining asosini tashkil etadi .Yallig'langanjoyda yiring to'planganda uning biriktiruvchi to'qima pardasi bilan chegaralanishi ( inkapsul-yatsiyasi) ro'y berishi mumkin.

Yallig'lanishda kuzatiladigan o'zgarishlar to'qimalarning faqat mahalliy jarayoni deb hisoblab bo'lmaydi. Bemorlarda bir butun organizmning yallig'lanish holatiga ko'rsatadigan ta'sirining natijasida qator umumiy hodisalar kuzatiladi.

Yallig'lanish holati bo'lganda markaziy asab tizimi faoliyati-ning o'zgarishlari (uyqusizlik, lohaslik,bosh og'rig'i, ta'sirlanuvchanlik va hokazolar) ro'y beradi. Bundan tashqari boshqa a'zolar, chu-nonchi ichaklar faoliyati buziladi, ishtaha yo'qoladi,til karash bog'-laydi,quruq bo'lib qoladi, dispeptik hodisalar qayd qilinadi.Yallig'-lanishga xos holat egri chizig'i paydo bo'ladi. Kechqurunlari harorat ko'tarilib, ertalab pasayadi.To'qimalarda yiringli suyuqlik tutilib qolganda, odatda harorat keskin ko'tariladi.

Harorat ko'rsatkichlari bilan yallig'lanish holatining kechishi o'rtasidagi nomuvofiqlik (og'ir yiringli infeksiyada haroratning past bo'lishi) yomon oqibatli belgi hisoblanadi,chunki bu organizmning areaktivligidan dalolat beradi.

Pulsning tezlashishi odatda haroratning ko'tarilishiga bog'liqdir. Harorat nechog'li yuqori bo'lsa, tomir ham shunchalik tez uradi. Areaktiv holatda harorat reaksiyasi bilan puls o'rtasida teskari bog'lanish kuzatiladi: harorat pasayganda, puls tezlashadi.

Yallig'lanish holati leykotsitlar miqdorining aksariyat 10.000 —20.000 gacha va bundan ham oshishi bilan ham o'ta-di. Shu bilan bir vaqtda har xil turdagi leykotsitlarning o'zaro nisbati o'zgaradi, limfotsitlar miqdori kamayadi (limfopeniya) neytrofillar miqdori ko'payadi (neyrofilez). Yallig'lanish holati uzoq vaqtga cho'zilganda eritrotsitlar cho'kish tezligi SOE soatiga 50 mm gacha yetadi va bundan ham oshadi. Uzoq davom etadigan yallig'lanish holati ichki a'zolarining amiloidli aynishiga olib kelishi mumkin. Organizmning himoya kuchlari holatiga kasallik qo'zg'atuvchisining virulentligiga va markaziy asab tizimining holatiga ko'ra yallig'lanish turli darajada namoyon bo'lib kechishi mumkin: normergik (o'rta darajadagi yallig'lanish),giperergik (jadal kechadigan holat) va giporergik va anergik yallig'lanish ( mahalliy va umumiy belgilari susaygan holat).




Download 468,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish