Differensial tashhisi. Cho'chqalar saramasini hasmol, bar-moqning bir bo'g'imaro artriti, saramas va dermatitdan farq-lash lozim.
Davosi. Barmoq immobilizatsiya qilinadi, penitsillin-novokain blokadalari, ultrabinafsha kvars nurlar bilan nurlantirish rengenoterapiya, spetsifik zardoblar qo'llaniladi.
YUMSHOQ BIRIKTIRUVCHI TO'QIMALARNING
YIRINGLI KASALLIKLARI
Parotit—tepki. Quloq oldi so'lak bezining yiringli yallig'lanishi ko'pincha kuchsizlangan bemorlarda, me'da-ichak yo'llarida katta operatsiya qilinganda, ayniqsa, havfli o'smalari bor bemorlarda paydo bo'ladi. Operatsiyadan keyin ovqat yeyishning chegaralanishi yutish faoliyatining to'xtab qolishiga, so'lak (bakteritsid ta'siri bor) ajralishining kamayishiga olib keladi. Bunda bakteriyalar og'iz bo'shli-g'idan so'lak bezlariga o'tadi va yallig'lanishga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |