Mavzu: mahalla, oilalarida ota onalar va bolalar ma’naviy tarbiyaviy munosabatlarini tahlil etish usullari. Reja: Kirish


Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari



Download 119 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2022
Hajmi119 Kb.
#420561
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5203979162645171376

2.Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy

  • ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun:

  • yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash;

  • hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish;

  • o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish;

  • o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi;

  • ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

  • o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish;

  • madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;

  • har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak. Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba- o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim - tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik , aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti

Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng
tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? - deb so‘rabdi. Ibn Sino: «O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga
harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb
yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning
to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn
Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy
burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni
tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini
tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi - bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy
misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga
tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata
ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga
munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga
ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning
xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy
tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi,
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.



  1. Oilada bola tarbiyasini tashkil etish usullari va ularning amaliy taxlili.

Har bir inson kelajakda o’z mavqeyiga ega bo’lishni, jamiyatda o’zining o’rnini topib, kamol topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Aslida esa u o’zining bu xatti-harakatlarining barchasini uyida oila deb atalmish muqaddas dargohda uni hamisha intiqlik bilan kutib, dadajon yoki oyijon deb kutib oladigan jonidan aziz farzandi har kuni ertalab turib, qo’llarini duoga ochib kuzatadigan va kutadigan ota-onasi va hamisha og’ir damlarida qo’llab-quvvatlab, shodon kunlarida u bilan birgalikda quvongan umr yo’ldoshi, ishdan va muammolaridan charchagan vaqtda beg’ubor tabbasumi-yu, shirin so’zlari bilan ko’nglini tog’dek ko’taradigon farzandlari uchundir. Dunyoda har bir ota-ona faqat farzandining kamolini, baxt-u iqbolini ko’rishni xohlaydi.Oila jamiyatning asosiy kichik bo’g’inidir. Go’yoki bu kichik bo’g’in ya’ni oila mustahkam va barqaror ekan jamiyat barqarordir. Jamiyatning kichik bo’g’ini bo’lmish oilani barqarorligini saqlash uchun barcha mamlakatlarda xususan yurtimizda ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bular jumlasiga;

  1. Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) 16- moddasida berilgan

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-66-moddalarda bayon etilgan;

  3. O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining (1998-yil 30-aprelda qabul qilingan) 8-bo’lim 238-moddadan iborat.

  4. Va boshqa shular doirasida qabul qilingan normative huquqiy hujjatlar.

Inson huquqlari umum jahon deklaratsiyasi 16-moddasi;

  1. Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilari bo’yicha hech qanday cheklanishlarsiznikohdan o’tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o’tishda nikohda turgan vaqtlarida bekor qilish vaqtida bir xil xuquqlaridan foydalaniladi.

  1. Nikoh har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosidagina tuzilishi mumkun.

  2. Oila jamiyatning tabiiy asosiy xujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.

Bu borada yurtimizda 1997-yil 5-dekabrda konstitutsiyamizda qabul qilingan 5 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali yig’ilishda mamlakatimiz rahbari I.Karimov ma’ruza qilib 1998-yilni “Oila yili” deb e’lon qilgan edilar Hammamizga ayon bo’lishi ta’biiyki oila sog’lom ekan-jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir. Oilaning mustahkamligi esa, ota- onalarning zimmasiga tushadi, Yurtboshimizning 2016 yilni “Soglom ona va bola yili” deb e’lon qilishi esa mamlakatimisda oilaga bo’lgan e’tiborni yanada yuqoridanligi dalolat beradi. Har qaysi millatning o’ziga hos ma’naviyatini shaklllantirish va yuksaltirishda shak shubhasiz, oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Zero oilaning inson hayotidagi yaxshi va yomon fazilatlarini shakllantirishda oila asosiyligi uqtiriladi.
Ota-onaning har bir qilayotgan yaxshi va yomon xatti-harakati farzandlarining tarbiyasiga ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chunki oilada ota-ona qanday bo’lsa ,uning tarbiyasini olgan va o’sha muhitda ulg’aygan bola ham albatta ularga taqlid qiladi. Shunday ekan farzand tarbiyalashning muhim omillaridan biri avvalo oilada ota-onaning tarbiyali va madaniyatli bo’lishidir. Bundan tashqari, ota-onalarimiz o’z sog’ligini saqlash maqsadida gigenik qoidalariga rioya qilishi , har kuni ertalab sport bilan shug’ullanishi va oilada o’ziga hos tartib-qoidalariga asoslanishi ham katta ahamiyatga ega. Bu esa farzandlarga hayotdagi yashash qoidalarini yolga qo’yish uchun andozadir.
Albatta farzand eng oliy ne’mat bo’lganligidek ,farzandli bo’lish ham buyuk bir baxtdir. Lekin bu aziz ne’mat bo’lmish, farzandlarini erkalatib yubormaslik,
bolalarning injiqlik va qaysarliklarida ham me’yorga rioya qilish ham uning
tarbiyasidagi omillardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Afsuski, ba’zan shunday oilalarga va ota-onalarga duch kelamizki, ular farzandning tarbiyasiga befarq bo’lganligi yetmaganidek, ular barcha istak va hoxishlarini hech ikkilanmay amalga oshiradilar. Buyuk fransuz olimi Jan Jak Russo ta’biri bilan aytganda , “Farzandingizning tolesiz qilishning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi ,-u nima desa hammasiga ho’p deng “
Qaysi bir ilmiy ma’noda ijobiy fikr, ammo bugungi kunda bu tarbiya sohasida jiddiy muammolar tugdirayotgan savoldir. Bizning fikrimizcha, bunday ota-onalar farzandlarini og’zidan chiqqanini muhayyo qilish orqali ularni xursand qilishdan ko’ra o’zining tinchligini o’ylaydiganlar desak adashmaymiz.Eng achinarlisi shuki, bunday ota-onalarning tarbiyasini olgan bolalar kelajakda o’zgalar manfaatidan ko’ra o’zining manfaatini o’ylaydigan, turmushdagi arzimagan qiyinchiliklariga dosh berolmaydigan, insonlar bo’lib yetishib chiqmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Yana shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, aksariyat ota-onalar yuqoridagi salbiy holatlar o’z farzandlari bilan yuz berganda nega shunday bo’lganligini o’ylaydilar.
Oila a’zolarining o‘zaro muomalalarini organish shuni ko’rsatdiki maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhitidagi holatlar va omillar alohida o’rin tutadi.
Birichidan: ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari bola tarbiyasiga ta]siri kuchli bolar ekan,.
Ikkinchidan: oila ichidagi munosabatlari ota va ona munosabati, ota- onalarning buva va buvisiga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o‘zaro munosabatlari.
Uchinchidan: ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyat ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari maktab bilan hamkorliklari, o‘quvchilarga darya tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati. To’rtinchidan: oilada bolalalarning ta’limga munosabatlari va ijtimoiy normalarni bajarishllari vaboshqalar.

4. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik ta’sirini
tajriba asosida o’rganish
Hozirgi kunda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga har qachongidan ko‘ra katta ahamiyat berilmoqda. Bu mavzu doimo barcha ota-onalarni ham, katta kishilarni ham qiziqtirib, shuning bilan birgalikda tashvishlantirib kelgan. Tarbiya jarayonida, u hoh oilada bo‘lsin, hoh maktabda bo‘lsin bolaning psixologiya xususiyatini hisobga olmaslik kelajakda eng katta, tuzatib bo‘lmas xatoliklarga yo‘l qo‘yish demakdir.
O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bolaning tabiatini, qiziqishini, eng muhim ichki dunyosini bilmay, o‘rganmay turib ular bilan tarbiviy ish olib baradigan bo‘lsak, amnmizki, tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishish ancha qiyin. Inson bolalik paytidan ota-onasi, akalari, opalari,o‘rtoqlari, umuman atrofdagi kishilar u yoki bu xuqlni taqlidan o‘ziga singdirib boradi. Shuning uchun ham xalqimiz “kattalar odobi bolalar kamoli”, deb bejiz aytishmagan. Modomiki . ma’naviy go‘zal qilayotgan odamiylik va shunga o‘xshash sifatlar zamirida axloq muhim o‘rinni egallar ekan. Demak, biz avvalo farzandlarimizning ruhiyatini barcha salbiy ta’sirlaridan poklashimiz va ularni sog‘lom fikrlashga, ya’ni xadisda aytilganidek. “Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘lsa. Demak u haqiqiy mumkindir”, degan rivoyatga amal qilishga o‘rganib borishimiz lozim ekan.
Onalarning tarbiyachilik xususiyatlarini aniqlash uchun turli kasb, yoshdagi 52 nafar xotin qizlar jalb etildi. Shulardan 26 tasi qishloq onalaridir.
13 ta savoldan iborat bo‘lgan metodikalar. Shuningdek, o‘z tadqiqotimizni ko‘proq faktlar bilan to‘ldirish maqsadida oilada ota-ona va bola munosabatini qanday ekanligini yana bir karra tasdiqlash maqsadida, yana bir metodikadan foydalandik. Metodikaga asosan. Tuzilgan 13 savoldan xar biriga ma’lum bir belgilangan ballar bilan ifodalanuvchi javoblar berildi. Bu tekshirishimizga asosan, yuqori sinf o‘quvchilari ota-onalarida utkazildi. Va ushbu natijalarga erishildi.
Oiladagi odamlar bir-birlarini qanchalik chuqur tushunsalar, bir-birlarining yaxshi va yomon tomonlarini anglagan holda muomula munosabatda bo‘lib, inoq turmush kurslar,bunday oiladan ajoyib shaxslar yetishib chiqadi: bu o‘z navbatida jamiyat rivojiga, insoniyat istiqboliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi sharoit, oziq-ovqat va jixozlar ta’minoti, o‘zaro munosabatlar er-xotin, bobo-buvi, qaynona-qaynota,aka-uka, opa-singil, tog‘a-amaki hamda boshqa qarindoshlarning bir-biriga muomalasi oila a’zolarining birgalikda ishlash, dam olishi, adabiyot, san’at, ilm-fan, sport bilan shug‘ullanishi, daromad. Ruxiy-ma’naviy holatlar, qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari va x.k. oila muhitni tashkil etadi.
Bolalarni yoshlik davridan kishilar bilan munosabatga kirishga o‘rgatish, o‘zini har qanday nohushlik, xursandchilik xolatlarida ham o‘zini tuta olishga o‘rgatish kerak. Kattalar bilan munosabatda bo‘lish, kichiklarga izzatda bo‘lish, muomila munosabatlarga o‘rgatishni oila a’zolari ota-onalaridan o‘rganadi. Ota- ona nima ish qilsa, qanday munosabatda bo‘lsa bola ham xuddi shun munosabatlarni o‘rganadi. Boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kishining o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham ahamiyatlidir. O‘spirinlik, o‘smirlik, yoshlik davridagi muomila munosabatning o‘ziga xosligi oilada-maktabda va jomoat joylarida kishi o‘zini qanday tutishi kerakligini, boshqalarga hurmat bilan qarash, so‘zlash madaniyati oilidan boshlanishini oilaviy munosabatlar tizimida keng yoritish kerak.
Tajriba davomida o‘quvchilardagi tarbiyalangankik xususiyatlarni anqlash maqsadida ularga muomila madaniyati, inoqlik, iffat, andisha kabi tushunchalarni qay darajada angkashi va tushunishini o’rnildi.



Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.
Mening nazarimda, Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik:

  • Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga ega boladi;

  • Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ;

Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi.
oilaviy hayotda urf - odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;
oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchili klarini psixologik - pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;
oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega

oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.
Tavsiyalar: Farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlarni o‘rni va ijtimoiy xarakteri masalalarini biz yuqorida nazariy va amaliy taxlillarimiz asosidagi xulosa qiladigan bo‘lsapk, demak farzand tarbiyasi bu o‘ta muxim va dlzarb masalal.uning shakllanishida birinchi o‘rinda ota-ona munosabatlari va tarbiyalanganlik darajalari yotadi. Ma’lumki, bolaning shakllanishi, tarbiyasi, dunyoqarashi, muomalasi avvalo oilada boshlanadi. Oiladagi bobo, buvi, ota-ona , aka-opalar bilan birgalikdagi munosabatlarida tarbiyalanib boradiTarbiyaning axloqiy jihatlarii shakllanadi.

  1. Ota-onalar o‘rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilish, ayniqsa, oilaviy tarbiyada qiyinchilikka uchrayotgan ota-onalarga jamoatchilik yordamini kuchaytirish lozim. Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan ota- onalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan yig‘ilishlariga, ota-onalar qo‘mitalarining majlislariga taklif etish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir. Ulardan unumli foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur.

  2. Ta’lim muassalarida psixolog va pedagoglarga tashxis vositasi sifatida farzandlar bilan “Ota-ona va farzand munosabatlari” , “Burch va uning oilaviy munosabatlardagi o‘rni”mavzusida suhbat, yozma ishlar, Dj.Moreno tomonidan tavsiya etilgan sotsiometriya metodi, M.Rokichning “Qadriyatlar orientatsiyasi” metodlaridan foydalanish, Feldsning “Psixologik yaqinlik” testi yordamida ota- ona, oila-a’zolari, tengdoshlariga munosabatlarining emotsional, kognitiv, shuningdek, ijtimoiylashuv xususiyatlari ta’sirini o‘rganish uchun M.Saks va

S.Levining “Tugallanmagan jumlalar”, mutaxassislarga havola qilingan “Suratlar albomi” metodikalari tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYATLAR RO‘YXATI.

  1. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi Toshkent. 1998.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent.-“O‘zbekiston”.-2008.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xaiqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017, 48 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016, 56 b.

  5. Karimov Islom Abdug‘aniyevich. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.

I.Karimov-T.: «Ma’naviyat», 2009.- 176 b.

  1. Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida».

  2. Abu Ali Ibn Sino.Tadbiri manzil,1-jild.-Toshkent.,1994.- 304 b.

  3. Axatova D. «Abdurauf Fitratning oilaviy munosabatlarga oid qarashlari» «Xalq ta’limi» jurnali Toshkent, 2006 y. 4-son, 62-65 b.

  4. Ahliddinov R. «O‘zbek oilasi fazilatlari» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent 1998 y. 1-son, 51-56 b.

  5. Zunnunov A. «Pedagogika nazariyasi» Toshkent, «Aloqasi» 2006 y.

  6. Inomova O. «Farzand-nihol, ota-ona bog‘bon» Toshkent, «O‘qituvchi» 1994 y.

  7. Inomova M. «Oilaviy tarbiyani takomillashtirishning nazariy asoslari» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent, 1998 y, 3-son, 12-19 b.

  8. Inomova O. «Oila tarbiyasida milliy xususiyatlarni hisobga olish» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent, 2004 y, 5-son, 56-58 b.

Internet manbalari:

  1. http: www.lib.psixology.msu.ru

  2. http: www.lib.psixology.ru

  3. http: www.Ziyonet.uz

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish