FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA YO’NALISHI II BOSQICH 19.10-GURUH TALABASI MALIKOVA XURSANOYNING
Kurs ishi
MAVZU: MAGNIT MAYDONIDA QUTUBLANISH TEKISLIGINI BURILISHI
Kurs ishi rahbari: Nabiyev.M
Bajardi: Malikova Xursanoy
FARG’ONA– 2021 yil
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………3
ASOSIY QISM
I BOB Yorug’likning qutblanishi
1.1. Tabiiy va qutblangan yorug’lik……………………………………8
1.2. Elliptik qutblanish…………………………………………………12
1.3. Qutblanishni o’lchovchi asboblar …………………………………14
I BOB uchun Xulosa…………………………………………………...22
II BOB Qutblanish tekisligini magnit maydon ta’sirida aylanishi…….23
2.1.Elektr maydondagi anizotropiya - Kerr effekti…………………..27
2.2. Qutblanish tekisligini aylanishi……………………………………29
2.3. Zeeman hodisasi…………………………………………………...32
II BOB uchun Xulosa………………………………………………….35
YAKUNIY XULOSA………………………………………………….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….……...…37
KIRISH
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidlaydi
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo`ymoqda. Fizikadan o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta`lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta`minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga soha bo`yicha fan, texnika va texnologiyaning so`nggi yutuqlari, ilg’or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendentsiyalari hisobga olinishi shart.Ushbu tadqiqot ishining asosiy vazifalariga fizika fani bo`yicha o`quv adabiyotlarining yangi avlodi funksiyalari va vazifalarini, ularni yaratishda qo`yiladigan ilmiyg’oyaviy, uslubiy-didaktik, psixologik-pedagogik, sanitariya-gigienik talablarni ishlab chiqish, o`quv adabiyotlarining shakllari va turlariga aniq ta`riflar berish hamda mamlakatimiz miqyosida zamonaviy o`quv adabiyotlarini tayyorlash bo`yicha dasturlarni amalga oshirish uchun strategik yo`nalishlarni belgilabolish kiradi.
Yangi g‘oyalarning paydo bo’lishi va shakllanishi, ular tilida fikrlashni,
olamni ko'rishning yangi usulini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Dastlab,
yangi g'oyalarni qabul qilish, ko‘pchilik uchun, ayrim jihatdan-ishonch
va intuitsiyadir. Ularni qat’iy mantiqiy asoslash masalasi: ushbu g'oya va
tasavvurlar o'zining hayotiyligini amalda ko‘rsatgandan keyin hal qilinadi.
Natijada yangi tadqiqot sohalari yuzaga keladi. Ushbu muammoni falsafiy
jihatdan tahlil qilib, Yu.V.Sachkov quyidagi fiki aytgan: “Yangini tushunish dastavval unga ko'nikishli va undan foydalanishni bilish, hamda bevosita yangi
tushunchalar va tasavvurlar tilida fikrlash ko'nikmalarini ishlab chiqishdan
iboratdir". Yangini tushunishga asos bo'lib, u qo’llaniladigan sohani о 'rganish
va shu sohada faoliyat ko'rsatish hisoblanadi. Natijada, tabiatshunoslikda
yangi g'oyalarni o'zlashtirish, o'ziga olamni bilishning umumlashgan falsafiy
modelini ishlab chiqishni qamrab oladi.
Kvant gipoteza tufayli yuzaga kelgan falsafiy muammolarni metodologik
tahlil qilish, mohiyatiga ko'ra, bilishning rivojlanishidagi yangi bosqichni
fundamental ekanligini his qilish uchun birinchi qadamdir. Bu jarayon kvant
fizikadagi diskretlik va uzluksizlikning munosabatlarini qarash orqali amalga
oshiriladi. Nazariy fizikaning rivojlanishi, tadqiqotchilarda, kelajakdagi taraqqiyot,
mexanik dunyoqarash asosida bo'lishi mumkin emasligiga ishonch hosil qilib,
nomexanik asosga ega bo'lgan yorug'lik hodisalarining yagona nazariyasini
yaratilishini taqozo qildi. Bu jarayonda, Kompton effekti alohida rol o'ynadi,
chunki u, yorug’likni fotonlar oqimidan iborat ekanligini tasdiqlab, kvantoviy
tabiatga egaligini isbotladi.
Demak, tajribalar yorug’likning korpuskulyar xossasini tasdiqladi.
lkkinchi tomondan, interferentsiya, difraksiya, dispersiya, qutblanish hodisalari mavjud bo’lib, ular faqatgina yorug’likning to’lqin nazariyasi asosida tushintiriladi.
Yuzaga kelgan holat mantiqiy-metodologik hamda nazariy fizika nuqtayi nazaridan ham qoniqarli emas edi. Ikkala nazariyani organik birligini
amalga oshirish masalasi paydo bo'ldi. Yorug’likning ham korpuskulyar,
ham to’lqin xossalarini hisobga oladigan nazariyani yaratish, real ilmiy
muammoga aylandi. Bunday nazariyani yaratishning asoschisi bo’lib.
fransuz fizigi Lui de Broyl hisoblanadi. U, birinchi bo’lib, materiyaning
korpuskulyar va to’lqin xossalarini birlashtirishga harakat qildi. De Broyl
g'oyasidan kvant nazariyaning rivojlanishi boshlanib, u Ervin Shiyodinger va
Verner Geyzenberg ishlari bilan 1926-yili yakunlandi. Ular bir vaqtda kvant
mexanikani ikki ko'rinishda: Shiyodinger to’lqin mexanika, Geyzenberg esa
matritsa ko'rinishda yaratishdi. Bular, ikki xil matematik ko'rinishda yaratilgan
bir nazariya ekanligini Shiyodinger ko‘rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |