Mavzu: Lokal komp`yuter tarmoqlari
Reja:
1. INTERNETning funktsiyalari
2.INTERNET va intranet.
3.INTERNETning tarkibiy kismlari.
4.INTERNETga ulanish usullari va tartiblari
Tayanch suz iboralari: mul`timediya, qullanish soxalari,
INTERNET, intranet, Telnet, IRC, Chat, konferentsiya, ma`lumot, IR, URL, Adres, standart, tizim.
Mul`timedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
Axborotning xilma-xil turlari: an`anaviy (mant, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, video fayillardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro`yxatdan o`tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda komp`yuter boshqaruvida bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, o`z tabiatiga ko`ra statik bo`lgan mant va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma`lum oralig`ida ko`rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni komp`yuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma`lumotlarni uzatish shinasining o`tkazish qobiliyati, operativ(tezkor) va video-xotira, katta sig`imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va komp`yuter kirish-chiqish kanallari bo`yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
inson-komp`yuter interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta`lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imeon beradi.
Mul`timedia vositalari asosida o`quvchilarga talim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo`lga qo`yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. mutsl`timedia- bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya (ob`ektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan holdagi kurinishidir.
Mul`timedia vositalari asosida o`quvchilarni o`quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
ta`lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
V) ta`lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qullash imkoniyatiga erishiladi.
Zamonaviy komp`yuter texnologiyalaridan o`quvchilarga ta`lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda etuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
Distant uslubi asosida o`quvchilarni o`qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan bo`lib, o`qituvchi bilan o`quvchilar ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir.
Distant uslubi asosida o`qitish quyidagi texnologiyalarni o`z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |