Mavzu: Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash. Bajardi: Soliyeva ( Jaxparaliyeva ) Ominaxon. Rahbar: Yuldosheva Dilbarxon. Mundarija



Download 56,08 Kb.
bet1/7
Sana26.02.2022
Hajmi56,08 Kb.
#466358
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi oʻyinnnnnnn



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQUMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA – PSIXOLOGIYA FAKULTETI
DEFEKTOLOGIYA YO’NALISHI 401-GURUH TALABASI SOLIYEVA (JAXPARALIYEVA) OMINAXONNING LOGOPEDIK RITMIKA FANIDAN

MAVZU:Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash.

Bajardi: Soliyeva ( Jaxparaliyeva ) Ominaxon .


Rahbar: Yuldosheva Dilbarxon.

Mundarija
Mavzu: Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash.
KIRISH………………………………………………………………
I.Bob.Muammoni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
1.1. Korreksiyalash yuzasidan metodik adabiyotlar tahlili.
1.2.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyasida o’yinlarni faoliyat sifatida o’ziga xos xususiyatlari .
II.Bob. Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash
2.1.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlanishida logopedik o’yinlarning roli.
2.2.Nutq kamchiligini korreksiyalashda logopedik o’yinlardan samarali foydalanish .
XULOSA…………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
Mamlakatda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta'lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Prezidentning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: “Ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta'lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta'lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e'tibor qaratildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo‘yish bo‘yicha elektron dastur”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta'minlanganlik va internet tarmog‘iga ulanganlik holati tanqidiy o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta'minlash va internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalariga shifokorlar ajratish, tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta'minlash, bolalarning ovqatlanishini belgilangan me'yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Maktabgacha ta'lim muassasalariga mo‘ljallangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etishga doir standartlarni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalasiga ham e'tibor qaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, biz maktabgacha ta'lim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak, dedi davlat rahbari. Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta'limga to‘liq qamrab olishga erishmog‘imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshiramiz.
Maktabgacha ta’lm xizmatlarining sifati va hammabopligini ta’minlash maqsadida qator normativ – huquiy hujjatlar qabul qilindi:, jumladan:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg’iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 319-son qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, «ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg’iz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro’yxatiga (imtiyozli ro’yxat) kiritildi.
Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining:
-«Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2021 yil 12 apreldagi PQ-5071-son qarori;
-«Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2021 yil 26 maydagi PQ-5125-son qarori;
-«Qamrov darajasi past bo’lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq 53 ta tumanlarda 2021-2022 yillarda:
-2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo’lga qo’yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o’rinlar yaratiladi;
-umumiy quvvati 11,2 ming o’rindan ziyod bo’lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo’lga qo’yiladi;
-quvvati 7,5 ming o’ringa teng bo’lgan 50 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta’lim xizmatlari ko’rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2021 yilning birinchi yarim yilligida respublikada 1062 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (61 ta davlat, 7 ta ta xususiy, 968 ta oilaviy va DXSH asosidagi 26 ta nodavlat MTT) faoliyatini yo’lga qo’yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 1,5 foizga oshirildi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga ko’pdir.Bugungi kunda respublikada jami 19316 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning 6258 tasi davlat va 13058 tasi nodavlat (795 ta xususiy, 11212 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1051 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etmoqda. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1760 808 nafar bola yoki maktabgacha yoshdagi aholining 62,4 foizi qamrab olingan.Bundan tashqari, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga bo’lgan haqiqiy extiyoj 6196 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 980325 nafar bolalarning qonuniy vakillari o’rtasida so’rovnomalar o’tkazish orqali o’rganib chiqildi.Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida BMTning xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Bog’ot va Qo’shko’pir tumanlarida maktabgacha ta’limning «turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari» (o’yin guruhlari) faoliyati yo’lga qo’yilishiga erishildi. Mazkur guruhlar uchun tayyorlangan har bir xona kun davomida 2 ta guruhga xizmat ko’rsatishiga mo’ljallangan bo’lib, ularda jami 176 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.«Aqlvoy» loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo’lmagan hamda qamrov ko’rsatkichlari past bo’lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab olishga mo’ljallangan 49 ta Isuzu avtobuslari qayta jihozlanib, belgilangan manzillarga etkazildi. Mazkur avtobuslar negizida 294 ta guruhlarni shakllantirish hamda Respublika bo’yicha 98 ta MFY hududlarida ular uchun mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan bolalar maydonchalarini qurish va jihozlash ishlari yakuniga etkazildi.Shuningdek, ushbu loyiha doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo’lmagan hamda qamrov ko’rsatkichlari past bo’lgan hududlarda 42 ta guruhlarni shakllantirish manzilli ro’yxati tasdiqlandi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida, mahalla fuqarolar yig’ini binolarida, pedagogik kollejlarda, shuningdek, boshqa mos binolarda 2021-2022 o’quv yilidan boshlab majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini boshlash uchun xonalarning manzilli ro’yxati shakllantirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirish maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 28 nafar respublika trenerlari, hududlarda esa 414 nafar viloyat trenerlari tayyorlandi.Rossiya, Qozog’iston va belorussiyalik mutaxassislar ishtirokida Koxlear implantasiya operasiyasini o’tkazgan bolalarni reabilitasiyasini yaxshilash bo’yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutiti qoshida joriy yilning 31 maydan 2 iyungacha bo’lgan muddatda respublikadagi davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilganmaktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat kursatayotgan 20 nafar mutaxasislar malakasi oshirildi.Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korrektsiyalash va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda, tayyorlov guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi.Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari turlari.
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar;
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi.Qabul qilinmaydigan bolalar toifalari aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;ko‘r-kar-soqov bolalar;tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik dementsiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;markaziy asab tizimiga shikast etganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.


Download 56,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish