Mavzu: Logopedik o’yin orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi nutq kamchiliklarini korreksiyalash. Bajardi: Soliyeva ( Jaxparaliyeva ) Ominaxon. Rahbar: Yuldosheva Dilbarxon. Mundarija



Download 56,08 Kb.
bet4/7
Sana26.02.2022
Hajmi56,08 Kb.
#466358
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi oʻyinnnnnnn

Ritmni tarbiyalash. Nutq su’rati nutqning tezlik darajasidir. Nutq ritmi esa bo’g’inlar, so’zlarning vaqt jihatidan bir miyorda navbatlashib kelishidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalar
tez ta’sirlanuvchan va tez gapiruvchan bo’ladilar. Ayniqsa oilasida tez
gapiradigan kishilari bo’lgan bolalarda tez gapirtirishga moyillik ko’proq uchraydi. Bunday nutq esa juda zararlidir. Chunki bu yoshda muskullar sust,bo’sh bo’ladi, natijada tez so’zlash nutqi yana ham noaniq, mujmal bo’ladi,tovushlarning to’g’ri talaffuz etilishiga to’sqinlik qiladi. Bolalar bunday nutqdan qo’tilishda juda qiynaladilar. Tarbiyachi logopedning vazifasi esa nutq nuqsoniga ega bolalarda nutq sur' atining tez rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik, shoshilmasdan gapirishga o’rgatishdir.Nutq ritmining buzilishi bolaning nafas olishi takomillashmaganligidan, lozim bo’lgan so’zni darhol topa olmasligidan kelib chiqib tarbiyalashga yordam beradigan asosiy
vositalardan biri bu bolalarning tovushlarga taqlid qilib o’ynaydigan
o’yinlaridir. Bunday o’yinlar ularda nafaqat artikulyasiya va diksiyani, balki umumiy nutq malakasi: su’rat, ritm, ovoz ham tarbiyalanadi.

Ovozni tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq kamchiligiga
ega bolalarda ovoz biroz past, kuchsiz, oz-moz chinqiriq nutqi esa
bir ohangli bo’ladi. Chunki yosh bolalar bo’g’zi kattalarnikiga qaraganda qisqa, tovush pardalari ingichka va kichik xajmda bo’ladi. Tarbiyachining eng muhim vazifasi esa bolalar ovozini saqlashdan iborat bo’lib, bolalar uchun zararli bo’lgan shovqin-suronli, sovuq va nam havoda ashula aytishlarga yo’l qo’ymaslikdir. Ovozni tarbiyalash bolaga sekin va qattiq,past va baland tovushlar bilan gapirish, o’rtacha ovoz kuchi bilan so’zlashishi, so’zlashganda qisinmaslik, ovozni o’zgartira olish imkonini beradi. Bu esa nutqida nuqsoni bor bolalar nutqini tarbiyalashda juda ham muhimdir.Biz bolalarning passiv va aktiv lug’atini boyitib borish bilan birga,lug’atida bor bo’lgan so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga ham o’rgatib bordik.Uch yoshli bolalar nutqi uch va to’rt so’zdan iborat qisqa jumlalardan tashkil topadi. Jumlalar sekin asta kengayib va murakkablashib boradi. Bu yoshdagi bolalarda mazmunli lug’at hali takomillashmagan bo’ladi. Gaplar,so’zlar tartibi doim to’g’ri bo’lavermaydi. Bu yoshdagi bolalar ko’plik va birlik sonlarini, qo’shimchalarni noto’g’ri ishlatadilar, kelishik qo’shimchalaridan yaxshi foydalana olmaydilar. Masalan: uyda ketaman –uyga ketaman, bog’chada boraman – bog’chaga boraman, uyda keldim –uydan keldim. Biz ikkinchi kichik guruh bolalarini savollar berishga,shuningdek, berilgan savolga so’zlarni o’z o’rniga qo’yib javob qaytarishga o’rgatib boramiz.
Ikkinchi kichik guruh bolalari tovushlarni talaffuz etganlarida quyidagi
kamchiliklarga yo’l qo’yadilar.
1. S, z, s sirg’aluvchi tovushlar, masalan: a) yetarli darajada aniq
talaffuz etilmaydi: b) so’zlarda tovushlar tashlab ketiladi (abzi – sabzi, igir –sigir, irk - sirk): v) s tovushi f tovushi bilan (savat - tavat) almashtiriladi: z tovushi d tovushi bilan (danjir – zanjir), s tovushi t tovushi bilan (tirkul -sirkul) almashtirib aytiladi.
2. Sh, j, ch shippillovchi tovushlar a) yetarli darajada aniq
talaffuz etilmaydi: b) so’zlarda tashlab ketiladi (apka – shapka, o’ja – jo’ja,oy – choy, oynak – choynak) va boshqalar: v) sh tovushi s yoki f tovushi bilan almashinadi (sapka – fapka, shapka): j – z yoki v tovushi bilan (zo’xori – vo’xori – jo’xori): ch, s yoki t tovushi bilan (soy – toy – choy) almashinib talaffuz etiladi.
Z, l va r tovushi, a) so’zlarda tshlab ketiladi (avlagi – lavlagi, yedisda –
rediska ): b) l (“l” yumshoq) tovush sifatida talaffuz etiladi (lyampa – lampa).
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda lug’at boyligi va mazmunli
nutq tez o’sadi. Shuning uchun ikkinchi kichik guruh bolalarining nutqini tekshirishda eng avvalo ularning lug’at boyligi va mazmunli nutqi qanday holatda yetganligiga axamiyat bermog’imiz lozim. Bolaning nutqi kanchalik kambag’al bo’lar ekan, uning mazmunli nutqi ham shunchalik kambag’al bo’ladi. Buning natijasida bir tovushning ikkinchi bir tovush bilan almashinishi vujudga keladi. Biz bolalar nutqini o’yin paytida, mashg’ulotlar va kundalik hayot jarayonida kuzatib borib, ularning lug’at boyligi yetarli emasligini, jumlalarni to’g’ri qo’raolmasligini, tovushlar talaffuzi ravon emasligini, duduqlanishini aniqlab oldik. Bunday kuzatishdan so’ng har bir bolaning nutqini yakkama-yakka holda maxsus tanlangan materiallar, ya’ni bunda tarbiyachi bolalarning ma’noli nutqini mazmunli rasmlar sirg’aluvchi tovushlarni (S,Z,S), shipillovchi tovushlarni (Sh,J,Ch), sonor tovushlarni(L,R), jarngli tovushlarni (V,B,D,G) tasvirli rasmlar asosida tekshirib boriladi.Yakka xolda tekshirish natijalarini daftarga yozib borib, shu asosda bolalarning nutq holatini aks ettiruvchi nutq jadvalini tuziladi, keyinchalik bolalar nutqida bo’ladigan o’zgarishlarni nutq jadvalida belgilab boriladi.
XULOSA

Yuqoridagi boblar boʻyicha barchasini xulosa qilib shuni aytish mumkinki, logopedik oʻyinlarni nutq nuqsoniga ega maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning o’z atrofidagi kishilar bilan muomala – aloqada bo’lishi, nutq nuqsonlarining psixik faoliyatlarini korreksion rivojlantirishda muhim o’rin egallaydi. Logopedik o’yinlar yordamida bolaning shaxsi shakllanadi. Logopedik o’yinlar nutq kamchiligiga ega bolalar nutqi nuqsonlarini bartaraf etishda koreksion vosita bo’lib xizmat qiladi.Logopedik o’yinlarning qo’llanilishi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda logopedik mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotlarni bajarishga istak uyg’otadi, ularni logopedik mashg’ulotlarda bilim olishga chorlaydi. O’tiladigan mashgʻulotlar va logopedik mashg’ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur, xotira, diqqat jarayonlarini, tovush talaffuzi va fomemalarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bog’cha yoshidagi bolalar tez charchash, zerikish xususiyatiga ega. Buning oldini olish va ko’zlangan maqsadga erishishning qulay omillaridan biri mashg’ulotda didaktik o’yinlardan foydalanishdir.Mashg’ulotda qo’llanilgan o’yinlar bolalarning mashg’ulotga bo’lgan qiziqishni orttirish bilan bir qatorda ma’lum bilim va ko’nikmalarni egallashga nutq nuqsonlarini bartaraf etishga yordam beradi. Logopedik o’yinlarda – bolalar kelishuvida ishtirok yetish, tushintirish, yordam berish, o’yin davomida maslahat berish, o’yinnning yangi mavzusini taklif etish kabi o’yin mazmun – mohiyatini maqsadga yo’naltira oladigan, bolalarning o’yindagi mustaqilligini saqlab qolish va rivojlantirishga erishadigan kuch – o’yinga rahbarlik qilayotgan shaxs bo’lmog’i kerak.Logoped o’yin davomida bolalar diqqatini asosiy o’yin jihozlarini tanlashga qaratadi, yetishmaganlarini tayyorlashga yordam beradi, o’yinni elementar rejalashtirishga, o’yin vaziyatini uyushtirishiga o’rgatadi. Logoped - pedagog o’yin davomida bolalar diqqatini o’yinning u
yoki bu jihatlaridan tortib ularga maslahat berishi kerak, savol tashlashi mumkin. Katta guruhlarda logoped logopedik o’yinlar jarayonida – rollar ijro etishda birmuncha kamroq ishtirok etishi mumkin, biroq agar ular chinakamiga rolga kirishishni xohlasalar, bolalar uni o’z o’yinlariga bajonidil qabul qiladilar. Logopedik mashg’ulotlar jarayonida unga bevosita rahbarlik qilish logopedning, tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. U bolalar o’yinlarida ishtirok etadi – u yoki bu rolni olib, maslan, ona, shifokor, o’qituvchi bo’lib ishtirok etishi mumkin. Bunday yondoshish bolalarni birlashtirib o’ynash imkonini beradi. Nutq terapiyasi mashg'ulotlari nutq funktsiyasini shakllantirishda muammolarga duch kelgan barcha bolalar uchun foydalidir, shu jumladan nutq rivojlanishining kechikishi, tovush talaffuzining buzilishi, duduqlanish va boshqalar.Ular nutqqa ijobiy hissiy munosabat, nutq terapiyasi mashqlarini bajarish uchun motivatsiya va boshqalarni yaratadilar.Logopedik ritmika bo'yicha muntazam treninglar nutq buzilishining turidan qat'i nazar, bolaning nutqini normallashtirishga yordam beradi.Ular bolalarda musiqiy hamrohlikka muvofiq ritm, e'tibor, muvofiqlashtirish tuyg'usini shakllantiradi, bu psixo-emotsional stressni kamaytirishga va bolalar salomatligini mustahkamlashga yordam beradi.

Download 56,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish