Mavzu: Lizing kompanyalari va ularning iqtisodiyotdagi o’rni. Reja: Kirish



Download 55,07 Kb.
bet9/13
Sana31.12.2021
Hajmi55,07 Kb.
#214271
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dima 96 (2)222

Lizingning kamchiliklari:

  • yuqori darajadagi foiz to`lovlarini belgilanishi;

  • mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo`lgan paytida topish mumkin bo`ladi deb kafolat berib bo`lmaydi;

  • belgilangan foiz stavkalari qatьiy bo`lganligi uchun bank krediti foiz-lari ko`tarilganda asosiy vositani lizinga bergan tomon daromadi kama-yishi yoki zarar ko`rishi mumkin.

Lizingning turlari


Lizinga beruvchiga lizinga oluvchi tomonidan xarajatlarni qoplab berish va mulk huquqini o`tkazish shartlariga ko`ra lizingning quyidagi turlari mavjud:

  1. moliyalashtiriladigan

  2. joriy lizing.

«Ijara hisobi» deb nomlangan 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartiga ko`ra «moliyalashtiriladigan ijara» - bu shundayin ijaraki, unda aktivlarga egalik qilish huquqi bilan bog`liq bo`lgan barcha tavakkalchilik va rag`-batlantirishlar o`zga tomonga o`tkaziladi.

Lizing shartnomasi muddati tamom bo`lgach, lizing ob`ekti, agar shartnomada boshqa holatlar ko`zda tutilmagan bo`lsa, lizinga oluvchining mulkiga aylanadi.

Egalik huquqi bilan bog`liq bo`lgan hech qanday tavakkalchilik va rag`batlan-tirishlar keltirmaydigan ijara «joriy ijara» deb ataladi.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq quyidagi shart-lardan biriga mos keladigan ijara moliyaviy hisoblanadi:

ijara muddati tugagach, aktivlarga egalik qilish huquqi ijarachiga o`tka-ziladi;

ijara aktivlarni bozor narxidan pastroq narxda xarid qilish imkoniya-tini beradi ;

ijara muddati aktivning foydali ishlatish muddatining ko`proq qismini tashkil etadi (tavsiyaga ko`ra 80 % dan ortig`ini) ;

ijara boshida joriy minimal ijara to`lovlari ijaraga olingan mulkning ijaraning boshlanish sanasida bozor narxidan katta yoki unga teng bo`ladi;


Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga ko`ra yuqorida keltirilgan mezonlardan tashqari qo`shimcha quyidagi shartlar kiritilgan:

ijara muddati 12 oydan oshishi lozim.

ijara muddati tugashi sanasida ijara ob`ektlarining qoldiq qiymati ijara boshlanishidagi qiymatining 20 % idan kamini tashkil etadi.

lizingning butun muddati davomidagi to`lovlarning joriy qiymati ijara ob`ekti qiymatining 90 % idan ortiq bo`lishi lozim.

Ijaraga beruvchida moliyaviy ijara hisobi

Ijaraga beruvchida xo`jalik muomalalarini hisobga olish quyidagi yunalishlar bo`yicha amalga oshiriladi:





  • lizinga oluvchi uchun asosiy vosita sotib olish muomalalari;

  • sotib olingan asosiy vositani lizinga topshirish muomalalari;

  • lizinga beruvchi va oluvchi orasidagi hisob-kitob muomalalari;

  • lizinga berilgan asosiy vositani lizinga oluvchiga mulk sifatida o`tkazish yoki uni qaytarib olish muomalalari.

Хo`jalik muomalalarini hisobi Buxgalteriya hisobining milliy standart-lari asosida tashkil qilinishi lozim.

Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish. Bu usul korxonalar moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan va aylanma mab-lag`lari etmayotgan paytda juda qo`l keladi. Chunki aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish bitimida kompaniya o`z aktivlarini boshqa tomonga sotishi va o`zga tomon ularni qaytadan sotuvchi kompaniyaga ijaraga berishini ko`zda tutilgan bo`ladi. Buning evaziga sotuvchi korxona:

xujalik faoliyatini davom ettirish uchun ma`lumso`mmadagi mablag`ga ega bo`ladi:

faoliyatida ishlatiladigan asosiy vosita ijara holida o`ziga qaytib keladi;

ijara to`lovlari shaklida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda baholanadi va sotiladi. Mulkni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotish bo`yicha bitimlarini hisobga olishning tartibi ijara turiga bog`liqdir.

Agar aktivlarni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotilishi moliyalashtirilgan ijara hisoblansa, unda bunday bitim, ijaraga beruvchi tomonidan aktivlarni kafolat o`rnida ushlab turgan holda, ijarachini mablag` bilan ta`-minlash usuli hisoblanadi. Shu sababli sotuvdan olingan tushumning balans qiy-matidan oshgan qismini sotuvchi-ijaraga oluvchi birdaniga daromad sifatida tan olmasligi lozim. Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlariga asosan bunday tushum muddati uzaytirilgan daromad sifatida tan olinib, asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinishi lozim.

Agar mulkni qayta ijaraga olish sharti bilan sotilishi joriy ijara hisoblansa va shartnoma joriy baholar bo`yicha belgilangan bo`lsa, bu holda yuzaga kelgan har qanday foyda yoki zarar mulkni odatdagi sotish muomalalari kabi darhol tan olinishi lozim.

Agar sotish bahosi asosiy vositaning joriy qiymatidan pastroq bo`lsa, har kanday foyda yoki zarar ijara muddati mobaynida tan olib boriladi.

Agar mulkni qayta ijara olish sharti bilan sotish bitimi joriy ijaraga taalluqli bo`lib, ijara to`lovlari va sotish qiymati mulkning joriy qiymatidan kelib chiqib belgilangan bo`lsa, bu holda yuzaga kelgan har qanday daromad yoki zarar mulkni oddiy sotish muomalalari kabi darhol tan olinadi.

Agar sotish bahosi joriy qiymatdan past bo`lsa, yuzaga kelgan zararni qoplash muddati uzaytiriladi va u lizing to`lovlariga mutanosib ravishda hisobdan chiqarib boriladi.



  1. Download 55,07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish