Lizing operatsiyalari mohiyati va O’zbekistonda uning rivojlanishi.
Hozirgi zamon lizing munosabatlariga uxshab trast boshqaruvchisi, asbob-uskuna tayyorlovchiga to’lov tulab, so’ngra, shu asbob-uskunadan bitim asosida foydalanuvchidan ijara to’lovini yig’ib olar edi.
Ijara to’lovi o’zining hajmi bo’yicha barcha majburiyatlarni toplagan.
XX asr boshlarida junatiladigan tovarlar hajmining ortishi bilan, ko’pgina temir yo’l lizing kompaniyalari vagonlardan foydalanishda monopollik qilish yoki uzoq muddatli boshqarishdan ko’ra, asbob-uskunalarni ishonchli foydalanishga berilishni afzal bildilar. Bu mazkur vositalardan, faqatgina qisqa muddatda foydalanish talab qilinishiga olib keldi. Trastlar qisqa muddatli bitimlar tuzishga harakat qilishardilar. Bitimning muddati tugaganidan so’ng, vagonlar ijaraga beruvchiga qaytarilar, o’z navbatida, u mulkiga egalikni o’z qo’lida saqlab kolar edi. Bunday ijara to’lovlari, haqiqiy yoki operatsion lizing yuzaga kelishiga sharoit yaratdi. Xalqaro statistikaning guvoxlik berishicha, hozirda bunday bitimlar lizing bitimlarining asosiy qismini tashkil qiladi.
Avstriyalik iqtisodchi V. Xoyer o’zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish mumkin», deb nomlangan kitobida keltirishicha, lizing suzini birinchi ommaviy tarzda ishlatilishi 1877 yillarga borib taqaladi. «Bell» nomli telefon kompaniyasi o’zining telefon apparatlarini sotish o’rniga ularni ijaraga berishni lozim topgan. Ya'ni, ushbu korxona asbob-uskunani faqatgina ijara to’lovi asosida mijozning uyi yoki ish joyiga o’rnatishni joiz topdi. Ikkinchi jahon urushi davrida, AQSH hukumati rasmiy rentabellik shartnomalaridan faol sur’atlarda foydalandi. Bu ijara biznesi rivojlanishi uchun, rag’batni ta'minlashga yana bir turtki bo’ldi.
Shu davrda, transport vositalari bilan bog’liq biznesda lizing operatsiyalari hajmining oshishi yuz berdi. Avtomobillarni lizingga berish - 1918 yilga borib, keng tarqaldi. Undan so’ng, o’tgan asrning 30-yillarida Genriy Ford avtomobiUar sotish samaradorligini oshirish uchun ijaradan foydalandi. Biroq, avtomobil lizingi biznesining qonuniy tus olishiga Zolli Frenkning xizmatlari katta.
U o’tgan asrning 40-yillari boshida avtomobillarni uzoq muddatga ijaraga berishni birinchi bo’lib taklif etgan, Chikagolik savdo agentidir. Hozirgi davrda, transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar yiliga 50 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketmoqda.
Ijaraga sanoat vositalari yoppasiga berila boshlanishi bilan, ijara munosabatlarida haqiqiy inkilob yuz berdi. Xususan, texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, kemalar, samolyotlarni ijaraga berish keng rivojlandi. AQSH hukumati bu yutuqni to’g’ri qabul qilib, lizing mexanizmlarini tezlikda qayta ishlab chiqdi
1952 yilda San-Frantsiskoda tuzilgan «United States Leasing Corparetion» - lizing operatsiyalari asosiy faoliyat turi bo’lib hisoblangan birinchi hissadorlik jamiyatidir. Bu kompaniyaga Genri Shonfeld asos solgan. Avvaliga u kompaniyani faqatgina bitta maxsus lizing bitimi uchun tuzdi. Ammo, Genri Shonfeld lizing bitimini juda istiqbolli ekanligiga tushunib etdi va natijada «United States Leasing Corparetion» vujudga keldi. Lizing operatsiyalari juda qisqa vaqt ichida AQSH chegarasidan chiqib, lizing biznesini rivojlantirishning asosiy tushunchasi hisoblanmish «xalqaro lizing operatsiyalari» yuzaga keldi.
Jahonda xalqaro lizing operatsiyalari keng ko’lamda rivojlangan bo’lsada, mamlakatimizda uning rivojlanishi mustaqillikdan so’ng keng tus oldi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi moliya bozorida xorijiy kapital ishtirokida bir necha yirik qo’shma lizing kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Xo’jalik aloqalari baynalmilallashuvi muhitida xalqaro lizing yangi ko’rinishlarga ega bo’lmoqda va undan foydalanish hajmi hamda tarmoqlari ko’payib bormoqda.
O’tgan asrning 60-70-yillarida Amerika, G’arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari banklari ishtirokida «Orion Lizing Xolding» xalqaro miqyosdagi lizing kompaniyalari vujudga keldi.
Bunday lizing kompaniyalari, odatda, lizing oluvchi firmalarga kema, samolyot, asbob-uskunalar va shu kabilarni 3 yildan to,10-15 yilgacha bo’lgan muddatda mulkchilik huquqisiz ijaraga beradi.
Xalqaro amaliyotda, asbob-uskunalarni ijaraga berish quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Qisqa va o’rta muddatli (renting) - 3 yilgacha. Bunda, andoza asbob-uskunalar, ya'ni avtomobillar, traktorlar, temir yo’l vagonlari va shu kabilar lizingga beriladi;
2.Urta va uzoq muddatli (lizing)da sanoat texnologiyasi bilan bog’liq asbob – uskunalar ijaraga beriladi.
Lizingning yuqoridagi ikki turi o’rtasidagi farq quyidagilarda nomoyon bo’ladi:
rentingda shartnomadagi ob'ekt davomli kelishuvlar bo’yicha ishlatilishi;
uzoq muddatli ijarada esa, ijaraga berilayotgan asbob-uskuna shartnomada
belgilangan me'yoriy muddatgacha uzluksiz ishlatilishi mumkindir.
Xalqaro lizing operatsiyalari bilan ijara orasidagi farq kuydagilarda namoyon bo’ladi:
bitim ob'ekti, asbob-uskunani o’z hisobiga sotib olgan lizing beruvchi emas, balki
lizing oluvchi tomonidan tanlanadi;
shartnoma muddati tugashida, mijoz imtiyozli stavkada mulkni ijaraga berishni yoki
bo’lmasa ijaraga berilayotgan mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olishi mumkin;
lizing muddati asbob-uskuna eskirishi muddatidan kam bo’ladi va odatda amortizatsiya muddatigacha uzaytiriladi;
lizing beruvchi bo’lib odatda moliya muassasasi - lizing kompaniyasi qatnashadi.
Hozir zamonaviy lizing xizmatlari bozorida tuzilayotgan shartnomalarni keng tarqalishi - lizing shakllarining ko’pligi, uning ko’rsatkichlari tez sur’atlarda o’sishi bilan izohlanadi. Jahon bozorida lizing xizmatlarini asosiy qismi uch markazda joylashgandir.
Bular:
1.AQSH;
2.G’arbiy Yevropa;
3.Yaponiya.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, lizing operatsiyalari bilan tijorat banklari emas, balki ixtisoslashgan kompaniyalar shug’ullanadilar.
Mamlakatda lizing xizmatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rag’batlantirish va shu orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga kuchli turtki bo’ladi. Bundan tashqari, xalqaro lizing xalqaro kreditni bir shakli sifatida banklar va lizing kompaniyalari o’rtasida raqobat kuchayishiga turtki bo’ladi. Bu o’z navbatida, ssuda foizlari tushishiga, va natijada, kapitallarni ishlab chiqarish sohalariga oqib kirishi uchun qulay zamin yaratadi. Lizingning eng asosiy yutugi - bu kredit doirasida ko’rsatiladigan xizmatlar kengligi bilan tavsiflanadi.
Hozirgi kunda, amalga oshiriladigan xalqaro lizing operatsiyalarining teng yarmi AQSH hissasiga to’g’ri keladi. AQSHda lizing yuksak sur’atlarda rivojlanishining muhim sabablaridan biri-investitsiyaviy soliq imtiyozining mavjudligidir.
Mazkur xalqaro lizing tashkilotlari iqtisodiyotda bir-qancha vazifalarni amalga oshiradilar.
Ularning asosiylari:
barcha huquqiy, soliq bilan bog’liq moliyaviy masalalarni hal etish;
ushbu tashkilotlarga a'zo mamlakatlarning qonunchiliklarini o’rganish va taqqoslash;
lizing firmalarini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganish;
lizing bitimlarining shartlari to’g’risidagi statistik ma'lumotlarni yig’ish.
Xalqaro lizing milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab, rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushimini oshirishda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar hamda yangi texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, oltin-valyuta zahiralari cheklangan mamlakatlarga xalqaro lizing juda kul keladi.
Chunki, asbob-uskunani sotib olishda, lizing oluvchi mamlakat, ishlab chiqariladigan mahsulotning eksportbopligini isbotlagan holda, va valyuta tushumi xakkoniyligini ta'riflab, xalqaro lizing munosabatlarida ishtirok etadi. Aynan, xalqaro lizingning ahamiyati shu yerda kuzga tashlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda, O’zbekistonning xalqaro lizing kompaniyalari bilan asosli bitimlar tuzishi va shu orqali sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu sanoat va ishlab chiqarishning samarali va yuqori darajada rivojlanishiga, pirovardida iqtisodiy o’sishga olib keladi.
Xalqaro lizing bozorining shakllanishi, unga yangi tarmoq va sohalarning qo’shilishi, shuningdek, xalqaro lizing munosabatlarida qatnashayotgan mamlakatlarning sonini ortishi, jumladan, sobiq Ittifoq va boshqa sotsialistik tizim davlatlarining qo’shilishi munosabati bilan mazkur davlatlarning tashqi iqtisodiy faoliyatlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirishda, lizing operatsiyalarini tartibga solish muammosini huquqiy jihatdan hal etish vazifasi turibdi. Mamlakat iqtisodiyotini tiklashda xalqaro lizingning o’rni va ahamiyatini oshirish bilan birga, lizing biznesini milliy darajada ham nazariy, ham amaliy jihatdan boyitish zarurati yuzaga chiqmoqda.
1998 yilning may oyida Kanadaning Ottava shaxrida «Xalqaro moliyaviy lizing to’g’risidagi Konventsiya» qabul qilindi. Konventsiyadan ko’zlangan asosiy maqsad - moliyaviy lizing bo’yicha asosiy terminologiyani aniqlash va umumlashtirish hamda lizing bitimida ishtirok etadigan hamma tomonlarning o’zaro munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat edi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, Konventsiyaning asosiy qismi - lizing munosabatlarini turkumlanishi va tavsiflning asosiy jihatlari yoritib berildi.
Konventsiyada lizing bo’yicha quyidagi tamoyillar aks etgan:
kelajakda lizing oluvchi, o’ziga asbob-uskunani yetkazib beruvchini mustaqil ravishda tanlaydi;
lizing kompaniyasidan asbob-uskunani sotib olish, ya'ni lizing ob'ektini oldi-sotdisi amalga oshirilishida asbob-uskunani yetkazib beruvchi tomonga, uskunani keyinchalik ijaraga berish uchun olinayotganligi maqsadida ekanligi bildiriladi;
lizing bo’yicha to’lovlarning hisob-kitobi - amortizatsiyaning qabul qilingan shartlari asosida amalga oshiriladi.
Konventsiyaning markaziy o’rni - lizing beruvchi, lizing oluvchi va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarning mulkiy javobgarliklarining hissasiga qaratilgan. Lizing oluvchining mulkiy huquqlarining himoyasi, uni vaqtincha foydalanishga olingan mulkning egasi ekanligidan kelib chiqiladi.
Qabul qilingan Konventsiyada lizing beruvchining lizing oluvchi oldidagi javobgarlik hissasi lizing beruvchi tomondan lizing oluvchiga asbob-uskunani yetkazib beruvchining tanlashda aralashishi yoki lizing ob'ektining alohida ixtisoslashuvi bilan chegaralangan. Konventsiyaning shu qismi bilan, bir qator davlatlarning huquqiy amaliyotlari mos kelmaydi. Mazkur qarama-qarshilikni bartaraf etish maqsadida Konventsiya - javobgarlik masalalarini milliy xususiyatlardan kelib chiqib, muvofiqlashtirishga ruxsat beradi.
Lizing oluvchi olingan mulkka egalik huquqini ta'minlab turishi uchun, u mazkur asbob-uskunadan bitimda ko’rsatilgan maqsadlardagina foydalanishi va uning ma'naviy hamda jismoniy eskirishlarini hisobga olgan holda bitim tuzishi lozim. Asbob-uskunadan foydalanuvchi, o’z vaqtida va kelishilgan jadval asosida, lizing to’lovlarini amalga oshirishi shart. Lizing oluvchi tomonidan o’z majburiyatlarini bajarilmasligi holatlarida mulk egasi unga tegishli to’lovlar to’lanishini va kelishilgan bitimga rioya qilinmasligi oqibatida kurilgan zararlami qoplashini talab qilishi mumkin. Tomonlar bitimda ko’rsatilgan kelishuvlar bo’yicha bitimni bekor qilishlari mumkin.
Konventsiya, lizing oluvchining boshqa tomondan mulkiy huquqini himoya qilish bilan birga, agarda mulkdan foydalanuvchidan tashqari, boshqa bir uchinchi shaxs ko’proq foyda olsa, bu holda to’liq javobgarlik mulkning egasiga o’tishini ko’rsatadi. Agarda, bu holat, foydalanuvchining harakati natijasida yuzaga kelsa, u holda inobatga olinmaydi.
Respublikamizda lizing munosabatlari o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqmoqda. Ushbu lizing munosabatlari jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan lizing munosabatlari bilan muvofiqlashtirilgandir.
O’zbekistonda Konventsiya qoidalariga asosan, bitim bajarilmay qolganda, ya'ni lizing oluvchining asbob-uskunadan foydalanish davrida, keyinchalik, to’lovga layokatsizligi aniqlansa, uning sheriklarining u bilan bo’ladigan keyingi munosabatlarini bilishi muhimdir.
O’zbekiston Respublikasining bir qator qonuniy me'yoriy hujjatlarida qarz oluvchining to’lovga layokatsizligi aniqlansa, uni to’lovga noloyiq, ya'ni bankrot deb e'lon qilish kerakligi ko’zda tutilgan.
Xususan, 1996 yil 25 apreldagi O’zbekiston Respublikasining «Bank va banklar faoliyati to’g’risida»gi qonunining 35-moddasida shunday deyiladi:
- «bankdan olingan kreditlarni o’z vaqtida qaytara olmay, majburiyatlarini bajara olmayotgan qarzdor bank tomonidan to’lovga layokatsiz deb e'lon qilinishi va matbuotda bu xakda chop ettirilishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb tan olinishini talab qilib, xo’jalik sudiga murojaat qilishi mumkin».
Hozirgi vaqtda MDHning bir qator davlatlarida lizing beruvchi mulkni foydalanishga berilgan tomonning to’lovga layokatsizligi aniqlansada, uning faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari to’liq o’rnatilmagan. Lizing oluvchi tomon bankrot, deb e'lon qilinganda, u mulkning haqiqiy egasi hisoblanmaydi. Bunday vaziyatda lizing oluvchi to’lovni undirish masalasi to’liq hal etilmagan. Bankrotlik holatida, lizing bitimi lizing oluvchining aybi bilan bekor qilingan hisoblanadi. Lizing oluvchi lizing beruvchiga bitim buzilganligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni to’liq qoplashi shart. Bankrot bo’lgan korxona o’zining majburiyatlarini to’lashda, kontragentlari qatoriga lizing beruvchi ham ham kiritiladi. U o’ziga to’lovlarni undirishi uchun navbatga, ya'ni ro’yxatga qo’yiladi va o’rnatilgan tartibda to’lov amalga oshiriladi.
Konventsiyada bitimda qatnashayotganlarning talablariga binoan, «lizing beruvchining mulkiga lizing oluvchining vaqtinchalik egaligini ko’rsatuvchi bitimni rasman e'lon qilinishi mumkinligi to’g’risida» umumiy qoida qayd qilinadi.
Shuningdek, ushbu Konventsiyaga muvofiq, lizing oluvchiga xuddi oldi-sotdi bitimida xaridorga beriladigan huquq doirasi kabi huquq beriladi. Mulkdan foydalanuvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchidan mulkni oldi-sotdisi bitimi bo’yicha o’rnatilgan tartibda xuddi mulk egasi sifatida yetkazib berish shartlarini talab qilish huquqiga ega. Shu bilan u, asbob-uskunani yetkazib beruvchining oldida mulkning egasi bo’lib hisoblanadi. Aslida u haqiqiy mulk egasi emasdir. Biroq, lizing oluvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchi bilan o’rnatilgan oldi-sotdi bitimini bekor qilishni, mulkning haqiqiy egasini ogoxlantirishsiz mustaqil tarzda amalga oshirolmaydi. Asbob-uskunani yetkazib berish bo’yicha shartlar buzilganada, lizing oluvchi mulkning haqiqiy egasidan, u orqali ushbu shartlar bajarilishini ta'minlashini yoki asbob-uskunani yetkazib beruvchi va lizing kompaniyasi o’rtasidagi yetkazib berish bitimini bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari shakllantirilmoqda. Yuqorida qayd etilgan shartnoma moddalarini bajarish hamda lizing munosabatlarida huquq va majburiyatlarni taqsimlash, xalqaro andozalarga mos ravishda ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |