Mavzu: Lizing – Temir yo’l transportida investitsion loyihalarni moliyalash manbai sifatida


-rasm. Korxona investitsiyalarining tasniflanishi



Download 221,37 Kb.
bet5/18
Sana20.06.2022
Hajmi221,37 Kb.
#684633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
diplom iwi

1.3-rasm. Korxona investitsiyalarining tasniflanishi.
Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona o’z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to’g’risida real holat aks ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi. Bunda korxona uchun ushbu portfel bo’yicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasvirlangan real investitsiyalar – bevosita investitsiyalar bo’lib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya’ni investor investitsiyalash ob’ektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o’zi aniqlaydi. Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunida investitsiya mo’ljallangan ob’ektiga ko’ra, “kapital, innovatsiya va ijtimoiy” investitsiyalarga bo’linadi (4- modda).
Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko’ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o’z moliyaviy mablag’lag’larni joylashtirish ob’ektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to’plangan mablag’larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog’ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo’ladi.
Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga beriladi) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli qo’yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo’yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o’tgandan so’ng, investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko’pincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o’z pullarini qisqa muddatlarga qo’yishni hohlaydilar. Masalan, yaqin olti oy mobaynida investorga kerak bo’lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo’lgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to’lgan investor pensiyaga chiqquncha pul yig’ish uchun biron-bir kompaniyani obligatsiyasini 20 yilga sotib olish mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi.
To’rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag’larini joylashtirish orqali namoyon bo’ladi.
Beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo’yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo’linadi.
Oltinchidan, investitsiyalar tavakkallik darajasi bo’yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo’ladi, boshqacha aytganda «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng ishonchli manbasi bu o’z mablag’lari hisoblanadi. Har qanday tijorat tashkiloti doimo investitsiyalarni o’z hisobidan moliyalashtirishga intiladi. Bu holatda moliyalashtirish manbalarini qayerdan olish kerak degan muammo vujudga kelmaydi va uning bankrotlik xavf-xatari (riski) kamayadi. Bundan tashqari ijobiy tomonlari ham mavjud. Xususan o’z-o’zini moliyalashtirish korxonani rivojlanganligi va uning yaxshi moliyaviy holatini bildiradi va yana raqobatchilardan ma’lum bir ustunlikka ega bo’ladi, boshqa korxonalarda bunday imkonyat bo’lmasligi mumkin. Har qanday tijorat tashkilotining asosiy o’z-o’zini moliyalashtirish manbai bu, asosan, sof foyda va amartizatsiya ajratmasi xisoblanadi.
1) "Foyda investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida".
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning asosiy maqsadi, bu maksimal foyda olishdir. U korxona faoliyatining asosiy moliyaviy natijasi xisoblanadi.
Korxonaning balans foydasi (Fb) quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
= + +( - )
Bu yerda, -mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda, -korxona mulkini sotishdan tushgan foyda -boshqa operatsiyalardan tushgan daromad, -boshqa operatsiyalar bo’yicha xarajatlar.
Yalpi foyda-foyda solig’i olish uchun soliq to’lanadigan baza xisoblanadi. Korxonani o’z ixtiyorida qoladigan foyda, ya’ni sof foyda (Fs) qiziqtiradi va quyidagicha teng bo’ladi:
= -
Bu yerda, -balans foyda, -foyda solig’i va boshqa majburiy to’lovlar.
Zamonaviy sharoitida korxona o’z ixtiyorida qoladigan foydani o’zi mustaqil taqsimlaydi va bu erda shunday savol kelib chiqadi, bu foydani qanday qilib eng samarali taqsimlash mumkin? Uni ishlab chiqarishni rivojlantirishga: uy-joy, dam olish uyi, bog’cha va ishlab chiqarishga mo’ljallangan ob’ektlarni qurishga; agar aktsionerlik jamiyati bo’lsa divident to’lashga; xayriya maqsadlariga va boshqalarga yo’naltirilishi mumkin. Foydadan samarali foydalanish uchun korxonaning ayni vaqtdagi va istiqboldagi texnik holatini va korxona jamoasini ijtimoiy holatini yaxshi bilish lozim.
Agar korxona ishchilari ijtimoy sohada, shu jumladan ish haqi darajasi bo’yicha, boshqa korxonalarga nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo’lsa, bu holda foyda birinchi navbatda, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilishi lozim.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, agar korxonaning texnik rivojlanish darajasi past bo’lib, bu korxonaning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga to’sqinlik qilib, korxonani bankrotlikka olib kelsa, bunday holda, foydani korxonani rivojlantirish uchun yo’naltirish lozim. Shunday qilib, korxona foydasi uning iqtisodiy va ijtimoiy darajasiga asoslangan holda taqsimlanishi lozim.
Korxonada ushbu muhim qoidaga amal qilishlari lozim-«foyda korxonaning istiqbolda rivojlantirishini amalga oshirishga turtki berishi lozim». Shunday qoida borki, ishlab chiqarishni rivojlanishi, oxir oqibatda korxona daromadi hajmini o’sishiga olib keladi, bu esa kelajakda korxona jamoasini ijtimoy muammolarini hal bo’lishiga va korxona investitsiya imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi.

Download 221,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish