1.3. Transportda zamonaviy texnikalarni joriy etishda lizingning ahamiyati va uning turlari. Lizing muomilallarini yuzaga kelishining uzoq tarixiy bosqichlarini harakterlash mumkin. Ilk bor "lizing" atamasi 1877 yilda qo’llanilgan, o’sha davrda "Bell" telefon kompaniyasi o’zining telefon apparatlarini mijozlarga sotmasdan, balki ijaraga berish to’g’risida qaror qabul qilish bilan uning dastlabki qadamlarini boshlagan edilar. Bunga ko’ra, o’rnatiladigan asbob-uskunalar mijozning uyi yoki ofisiga faqat ijara to’lovlari bo’yicha o’rnatiladigan bo’ldi.
Lizing jarayonlari bo’yicha asosiy ish faoliyati yuritadigan dastlabki aktsionerlik jamiyati 1952 yilda San-Frantsiskoda tashkil etilgan "United States Leasing Corporation" Amerika kompaniyasidir. Frantsiyada birinchi lizing kompaniyasi 1957 yil, Angliyada-1960 yil, Germaniyada-1962 yil, Italiyada-1963 yil, Yaponiyada-1969 yilda tashkil etilgan. Bunday kompaniyalar vatanimizda 1990 yillarning o’rtalariga kelib tashkil etila boshlandi.
Lizing ayrim mamlakatlarda shakllanib, jahon miqiyosida juda keng rivoj topdi. Lekin davrlar o’tishi bilan bu soha bo’yicha xalqaro xamkorlikni huquqiy jihatdan tartibga solishda muammolar paydo bo’la boshladi. Unga ko’ra lizing tushunchasini aniq tasniflash lozimligi talab qilindi. Inglizcha "Leasing", "Lesson" va "Lessee" atamalari o’zbek tilida to’liq o’z ifodasini topmagan. "Leasing" so’zi "ijara" ma’nosida qo’llanib kelinmoqda. Biroq lizing shartnomasi mazmuniga ko’ra, uskunalarni vaqtinchalik foydalanishga berish bo’yicha tomonlarning kelishuvi kelib chiqiladigan va uning kelishuv muddatini tugashi bilan o’z mulkiga o’tishi uni aynan ijara tushunchasi bilan bir xil mazmunda qarashga olib kelmaydi.
Hozirgi vaqtda ham "lizing" va "ijara" tushunchalarini ta’riflashda har xil fikrlar mavjud. Buning mohiyati shundaki, mamlakatimiz amaliyotida bu ikki termin turlicha tushunchalardir. To’g’ri, "ijara", "moliyaviy ijara (lizing)", "moliyaviy lizing" va boshqa tushunchalar alohida me’yoriy hujjatlar bilan amaliyotga kiritilgan. Boshqacha qilib aytganda, ijara jarayonlarining ma’lum bir qismi xorijiy "lizing" so’zi bilan nomlanadi. Lekin albatta ularning farqlanish belgilari mavjud.
Lizing munosabatlari bo’yicha operatsiyalar dunyoning barcha
mamlakatlarida keng ko’lamda qo’llanilayotgan eng samarali moliyaviy
hizmat turlaridan xisoblanadi. Keyingi 25 yilda rivojlangan mamlakatlarda
lizing operatsiyalarning hajmi bir necha martaga oshgan va ularning 30-35
foizdan ortiq investitsiyasi lizing orqali amalga oshirilmoqda. Chunonchi, 2016 yil yakunlariga binoan jahonda ko’rsatilgan lizing xizmatlarining umumiy hajmi 1 trln.$ dan ortiqni tashkil qilgan bo’lib, bunda mazkur lizing xizmatlari hajmining 350 mlrd. $ Xitoy, 278 mlrd. $ AQSh, 243 mlrd. $ Evropa, 42 mlrd. $ Yaponiya hissasiga to’g’ri kelmoqda22. O’z navbatida 2016 yilda mamlakatimizda lizing portfeli 2,1 trillion so’m yoki 0,3 mlrd. $ ni tashkil etib, bunda yangi lizing bitimlari summasi 826,2 milliard so’mdan iborat bo’lishiga qaramasdan, lizing operatsiyalari mamlakatimiz YaIMdagi ulushida o’zining past darajasini saqlab qolmoqda. Xususan, 2015 yilda lizingning YaIMdagi ulushi 1,0 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkich 0,8%, 2017 yilda 0,7%, 2015-2017 yillarda 0,6% pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda 23. Shu bilan birga lizing portfelining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hamda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardagi ulushi ham
pasayib bormoqda. Ajratilgan lizinglarni sohalar bo’yicha tahlil qiladigan
bo’lsak, hamon qishloq xo’jaligi texnikalari va avtotransport vositalari yuqori
foizlarni band qilmoqda, hududlar bo’yicha esa, viloyatlarda keng salohiyat
bo’lishiga qaramasdan Toshkent shahri va Toshkent viloyati peshqadam bo’lmoqda. Ushbu raqamlar shuni izoxlaydiki lizing munosabatlari dunyodagi barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega va bugungi kunda ham ushbu moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida etibor berilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz xizmat ko’rsatish bozorida ko’rsatilayotgan
lizing xizmatlari iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya
loyihalarini ro’yobga chiqarishda muhim moliyaviy-tashkiliy vosita bo’lib
xizmat qilmoqda. Shu ma’noda, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Lizing to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni sanoat, qurilish korxonalari, qishloq xo’jaligi kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmini bosqichma-bosqich yanada ko’paytirish uchun zarur bo’lgan lizing xizmatlarini rivojlantirishda muhim huquqiy asos vazifasini o’tadi. Mazkur Qonunga muvofiq, lizing investitsiya faoliyati sifatida baholanadi va u bir qator soliq hamda bojxona
imtiyozlari va afzalliklariga ega bo’lib, bular asosiy ishlab chiqarish vositalarini
kam sarf-xarajat bilan yangilash yoki sotib olish imkonini beradi.
Bir yil va undan uzoqroq muddatga ijara to’g’risida tuzilgan va
qator belgilangan to’lovlarni qamrab oladigan shartnoma ko’pgina hollarda
lizing deb ataladi. Uzoq muddatli xizmat qilinadigan uskunalarni xarid etishning o’rniga firmalar ko’pincha lizingga murojat etadilar. Ijaraga har qanday mulk, y’ni
elektrostasiyalardan boshlab, atom yonilg’isi, temir yo’l vagonlari, transport,
samolyotlar, paroxodlar, gandbol maydonchalari, komp’yuterlar va boshqa
turdagi uskunalar olinishi mumkin. Ko’pincha adabiyotlarda lizing tarmog’i to’g’risida fikr yuritiladi, bunda ijara beruvchilar ustida gap ketadi. Ko’pgina ijara beruvchilar ukkunalarni ishlab chiqaruvchilardir. Masalan, GATX-temir yo’l vago’nlarini ijaraga beruvchidir, IBM – komp’yuterlarini yirik ijaraga beruvchidir, XEROX – nusxa ko’chirish mashinalarini ijaraga beruvchidir. Bulardan tashqari ikkita yirik ijaraga beruvchilar guruhini ajratish mumkin, bular banklar va mustaqil
lizing kampaniyalaridir, ular o’zlarining turli xizmatlarini bajaradilar.
Lizing ko’pgina shakllarda tadbiq etiladi, lekin to’lovlarini to’lashni o’zi
har doim ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mavsumiy to’lovlarni, ya’ni lizing
to’lovlarini to’lashni o’z zimmasiga oladi. Lizing bitimida, odatda unga imzo chekilishi bilan, har oylik yoki bo’lmasa yarim yillik bo’mish to’lovlar o’z aksini topadi. To’lovlar muddatlari lizing foydalanuvchisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ham belgilanishi mumkin. Bunda, lizing bitimi bo’yicha birinchi ijara yili
to’lovlari kamroq miqdorda ham belgilanishi mumkin. Lizing bitimi tugagach, ijaraga olingan mulk ijaraga beruvchiga qaytariladi. Lekin, ko’p holatlarda lizing shartnomasi ijaradan foydalanuvchiga mulkni yoki, ijaraga olingan uskunalarni sotib olish yoki bo’lmasa yangitdan lizing shartnomasini yangilashni, ya’ni qayta tuzish imkoniyatini beradi. Lizingning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki,
korxonalarning moliyaviy resurslari cheklangan davrda lizing resurslarni tejash
asosida mashina va texnikalar parkini qisqa muddatlarda yangilash imkonini
beradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy resurslar yo’q bo’lganida
ularning lizingdan tashabbuskorlik va tadbirkorlik bilan foydalanishi ayniqsa
o’rinli bo’ladi. Lizing xorijiy kapitalni, zamonaviy texnologiya va «nou-xau» ni
jalb etish uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |