1.5-rasm. Operatsion lizingning shakllanishi 1. Ijara beruvchi va ijara oluvchi o’tasida ijara shartnomasining tuzilishi. 2. Ijara beruvchi ijara oluvchiga ijara ob’ektini foydalanish uchun beradi. 3. Ijara oluvchi ijara beruvchiga ijara haqqini to’laydi. 4. Ijara shartnomasi tugagandan so’ng ijara ob’ekti ijara beruvchiga qaytariladi. Moliyaviy ijara – lizing operatsiyalarining soddalashgan 1.6-chizma 1. Lizing oluvchi lizing beruvchiga buyurtma beradi. 2. Lizing oluvchi va lizing beruvchi o’rtasida lizing shartnomasi tuziladi. 3. Lizing beruvchi va sotuvchi o’rtasida oldi – sotti shartnomasi tuziladi. 4. Lizing beruvchi sotuvchiga lizing ob’ekti haqqini to’laydi. 5. Sotuvchi lizing ob’ektini lizing oluvchiga yuboradi. 6. Lizing oluvchi lizing beruvchiga lizing to’lovlarini to’laydi. 7. Lizing shartnomasi tugagandan so’ng lizing ob’ekti lizing oluvchida qoldiriladi.
1.6-rasm. Lizing shartnomasini shakllanishi
Lizingning bir qator afzalliklari bor, unga quyidagilarni kiritish mumkin: tezkor lizingning soddaligi va qulayligi; lizing shartnomasini bekor qilish va lizing mol-mulki barvaqt ma’naviy eskirish riskini kamaytirish mumkinligi; lizing mol-mulkiga mustaqil xizmat ko’rsatish imkoniyatini olish; qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirishga nisbatan chiqimlarning birmuncha pastroq darajasi; ko’plab mamlakatlarda lizing beruvchilar va lizing oluvchilar uchun yaratiladigan soliq qalqonidan foydalanish mumkinligi; Ishtirok etuvchilar tarkibiga qarab bevosita lizing va bilvosita lizingga bo’linadi. Bilvostia lizing o’z navbatida uch tomonlama lizing va ko’p tomonlama lizingga bo’linadi. Mulk turiga qarab ko’chmas mulk lizingi va ko’char mulk lizingi. Sarflangan xarajatlarini qoplay olishiga qarab to’liq lizing va to’liq bo’lmagan lizingga bo’linadi. Amortizatsiya shartlariga ko’ra to’liq amortizatsiyali lizing va to’liq bo’lmagan lizingga bo’linadi. Xizmat ko’rsatish xajmiga qarab sof lizing, to’la xizmat ko’rsatiladigan lizingga va xizmat turlarining faqat bir qismigagina yuklatiladigan lizingga bo’linadi. Bozor sektoriga qarab ichki lizing va tashqi (xalqaro) lizingga bo’linadi. Tashqi lizing o’z navbatida eksport lizing va import lizingga bo’linadi. Soliq hamda amortizatsiya imtiyozlariga qarab xaqiqiy lizing va soxta lizingga bo’linadi. To’lov xususiyatlariga qarab pulli lizing, o’rnini koplovchi lizing va aralash lizingga bo’linadi. Jahon iqtisodiyotida eng ko’p uchraydigan lizingni turlaridan ayrimlarini ko’rib o’tamiz24.