2. Leykotsitlar va Limfa
Leykotsitlar, yoki oq qon tanachalari yadroli va sitoplazmali rangsiz hujayralar bo'lib, qizil ko'mUcda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'ladi. Odamning 1 mm 3 qonida 6000-8000 leykotsitlar bo'ladi, ya'ni eritrotsitlarga qaraganda ,600-800 baravar kamroq. Ularning miqdori kun bo'yi o'zgarib turadi. Ovqat yegandan keyin jismoniy ish vaqtida, shuningdek, ba'zi bir kasalliklarda leykotsitlar miqdori ancha oshib ketadi. Ularning ko'payib ketishi leykotsttoz, kamayib qolishi esa leykopeniya deb ataladi. Leykositoz bir qancha patologik jarayonlar (yallig'lanish) uchun xarakterli, biroq sog'lom odamlarda (ovqat hazm qilishday sport bilan shug'ullanishda, jismoniy mehnatda, og'riq, kuchayganda, kuchli hissiyotlarda) ham kuzatiladi. Masalan, qiyin imtihonlar paytida talabalardagi leykotsitlar 11000 tagacha yetgani qayd qilingan.
Leykotsitlar organizmdagi himoya va tiklanish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, Ularning asosiy vazifalari: fagositoz (grekcha «fageo»-yemoq demakdir), antitelalar ishlash (organizm uchun yot bo'lgan oqsil moddalarini sun'iy ravishda yuborish yo'li bilan qonda tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararlantirish va parchalash qobiliyatiga ega bo'lgan moddalar paydo qilish), oqsil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir.
Leykotsitlar ikkita katta guruhga bo'linadi: donali leykotsitlar (granulositlar) va donasiz leykotsitlar (agranulosltlar).
Ilk bor qon ishlab chiqarishda va uning shaklli hujayralarining taqsimlanishi, ya'ni asab boshqarilishi haqidagi fikmi rus olimi S.P.Botkin aytib o'tgan edi. Keyinchalik bu fikr V.N Chernigovskiy va A.Ya.Yaroshevskiy tomonidan tasdiqlangan.
Shunday qilib, qon tizimi a'zolari (ko'mik, taloq, jigar, limfa tugunlari) retseptorlarga boy, bu retseptorlarga ta'sir etilganda turli fiziologik reaksiyalar ro'y beradi. Bu a'zolar asab tizimi bilan ikki yoqlama bog'langan: ular markaziy asab tizimidan axborotlar (signallar) oladi (bu axborotlar ularning holatini boshqaradi) va o'z navbatida qon tizimi holatini o'zgartiruvchi reilekslar manbayi hisoblanadi.
Limfa. Limfa qonning maxsuloti hisoblanadi. Qon, to'qimalararo suyuqlik va limfa organizmning ichki muhitini tashkil etadilar. Limfa va to'qimalararo suyuqlikning hosil bo'lish mexanizmlarini ilk bor K.Ludvig b'rganib chiqqan. Uning filtratsion nazariyasiga ko'ra limfa qon bosimining o'zgarib turishi natijasida paydo bo'ladi. Keyinchalik bu nazariyani E.Starling qo'llab quyvatladi. Uning fikricha, limfaning hos.il bo'lishida gidrostatik bosimdan tashqari onkotik bosiraning ham ahamiyati juda katta. Qon kapillarlarida gidrostatik bosimning oshishi limfa paydo bo'lishida asosiy omil hisoblanadi va aksincha, onkotik bosimning oshib ketishi limfa hosil boMish jarayonida salbiy ta'sir etadi, ya'ni tormozlovchi omil hisoblanadi.
Limfa qon singari gomeostazning, ya'ni organizm ichki mubitning doimiyligida ishtirok etadi. Limfa orqali ko'pgina oqsillar to'qimalar bo'shligidan qonga qaytariladi va organizmda suvning qayta taqsimlanishida, moddalar almashinuvida, suv hosil bo'lishida, ovqat hazm qilish va so'rilish jarayonlarida ishtirok etadi. Yog'lar va yog'da erituvchi moddalarning so'rilishi va tashilishida ham ishtirok etib organizmning immunitet reaksiyalarida muhim rol o'ynaydi, Limfa ishqoriy muhitga ega bo'lgan suyuqlik. Uning pH reaksiyasi 7.35-9.0 atrofida. Turli a'zblarda limfa hosil bo'lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan ko'p jigarda hosil bo'ladi. A'zolaraing 1 kg massasi ga hisoblanganda bir kecha-kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda 5-18 ml, taloqda 3-l2 ml, skelet mushaklarida 2-3 ml limfa hosil bo'ladi.
Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 ml limfa oqib tushadi. Organizm och qolganda yoki uncha yog’ bo'lmagan taom yegandan keyin, limfa yo'llaridan yig'ilgan limfa rangsiz, deyarli tiniq suyuqlik bo'lib, oqsillarning taxminan ikki baravar kamligi bilan qon plazmasidan farq qiladi.
Ko'krak yo'iining limfasi, shuningdek ichakning limfa tomirlaridan yog'li taom yeyilgandan 6-8 scat keyin olingan limfa sutday oq bo'lib, tiniq emas, chunki unda ichakdan so'rilgan-emulsiyaga aylangan yog' zarralari bor. Limfada oqsillar kamroq boMgani uchun, uning yopishqoqligj va solishtirma og'irligi qon plazmasinikidan kam. Limfa ishqoriy reaksiyali. Limfada fibrinogen va protrombin borligidan, u ivib, g'ovak, biroz sarg'tsh laxta hosil qila oladi. Limfada eritrotsitlar yo'q, faqat juda ozgina donali leykotsitlar bor.
Odamning ko'krak yo'lining 1 mm 3 limfasida 2000 dan 20000 gacha limfotsit topilgan. Bunga sabab shuki, limfotsitlar limfa tugunlarida hosil bo'ladi va ulardan limfa oqimi bilan qonga o'tib ketadi.
Qon to'qimalarni teshib o'tuvchi mayda qon tomirlari-kapillarlar ichida harakatlanayotganda qon plazmasining ba'zi tarkibiy qismlari shu tomirlarning devorlari orqali doimo tashqariga o'tib turadi. Shu tariqa barcha tirik hujayralarni qurshab turuvchi to'qima suyuqligi vujudga keladi. Hujayralar shu suyuqlikdan moddalar va kislorodni oladi, karbonat angidridni va o'z hayot faoliyatining boshqa keraksiz mahsullarini shu suyuqlikka chiqaradi. Qon esa hujayralar foydalanadigan moddalarni to'qima suyuqligiga to'xtovsiz yetkazib berib turadi va hujayralar ajratib chiqargan moddalarni oladi.
Organizm ko'p qon yo'qotganda ba'zi zaharlanishlarda (jumladan, gemoglobinning kislorod biriktirish xossasi buzilganda), qondagi gemoglobin miqdori kamayganda, tibbiyotda boshqa ko'p ko'rsatmalar bilan qon quyiladi. Ilgari qon quyish uchun urinib .ko'rishlar ko'pincha haJokatga olib kelgan yoki organizmni og'ir ahvolga solib qo'ygan. Donor (qon beruvchi odam) qonining eritrotsitlari resipiyent (qon oluvchi odam)ning qon plazmasida agglutinatsiyalanganda qon qo'yishning og'ir oqibatlari ko'rinadi. Qo'yilgan qon eritrotsitlarida agglutinatsiyalanuvchi modda-agglutinogen, resipiyent plazmasida esa shunga mos keladigan agglutinatsiyalovchi modda-agglutinin bo'lganda shunday hodisa ro'y beradi. Eritrotsitlarning agglutinatsiyalanishi va so'ngra gemolizlanishi oqibatida organizmni o'limga olib keluvchi og'ir holat - gemotransfuzion shok paydo bo'ladi.
Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sog'lom kishi donor bo'la oladi. Hozirgi vaqtda minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ulafning hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar.
Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor, uni birinchi marta Landshteyner va Viner 1940 yilda makkak (Maccacus rhesus) degan maymun qonidan topgan va shuning uchun ham uni rezus-omil (ph-omil) deb atalgan. Shu omil bo'lgan odam qoni (rezus musbat qon) mazkur omil bo'lmagan (rezus manfiy omil) odamga quyilsa, rezus manfiy odam qonida maxsus va o'ziga xos agglutininlar va gemolizinlar hosil bo'ladi. Shunday odamga rezus-musbat qon qaytadan quyilsa agglutinatsiya va og'ir oqibatlar (gemotransfuzion shok) paydo bo'lishi mumkin.
Rezus-manfiy onada rezus-musbat homila rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu holda homilaning rezus-omili plasenta orqali ona qoniga o'tadi. Natijada, ona qonida maxsus antirezus moddalar hosil bo'ladi, bu moddalar plasenta orqali qaytadan homila qoniga o'tadi-da, uning eritrotsitlarini agglutinatsiyalab va gemolizlab, og'ir oqibatlarga sabab bo'ladi. Ba'zan homilaning o'lik tug'ilishi shu bilan tushuntiriladi.
Oxirgi yillarda yangi agglutinogenlar kashf etilgani rnunosabati bilan. qon guruhlari haqidagi ta'limot ancha murakkablashdi. Masalan, A guruhi bir qancha guruhlardan iborat ekan (A,, A 2 , A 3 , A 4 va hokazo). A 2 agglutinogeni A, dan farq qilib, agglutinin a bo'lgan sust faol zardoblar bilan agglutinatsiyalanmaydi. Shuning uchun bunday kishilarni qoni I guruhga yanglish kiritilishi natijasida qon quyish og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Rh-omilning uch varianti bor: Rh°, Rh 1 , Rh n , Rh-omil boMmagan eritrotsitlarda HCh (rezus-omilga teskari) omillar topilgan, ularning ham uch varianti bor; HCh°, HCh 1 , HCh n. Bundan tashqari, M, N, S, P, D, C, K, Ln, Le, Fy, Yk va boshqa agglutinogenlar topilgan. Bu omillarnmg kombinatsiyalari ko'p birikmalar beradi va shunday qilib, hozir bir necha yuz ming qon guruhi ajratiladi. Biroq, qon quyish uchun qonning faqat asosiy to'rt guruhini, Rh va HCh omillarni aniqlash kattaroq ahamiyatga ega.
Har bir odam bajaradigan mashqining hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog'lig'ini e'tiborga olgan holda belgilanishi kerak. Aks holda, yurak zo'riqishi natijasida har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko'rishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |