1887 yildan keyin 20 yil davomida to‘plam nashr etilmadi. Faqat 1907 yilda uni tuzish ustida ishlar qaytadan boshlandi. N.V.Dmitrovskiy, A.A.Divayev, Bonch-Osmolovskiy, Zikov bu ishga jalb etildi, A.A.Semyonov alohida rol o‘ynadi. 1907 yilda — 34 jildi, 1908 yilda — 45 jild, 1909 yilda esa 44 jild tayyorlandi. 1888 yildan keyingi davrdagi barcha eng muhim materiallar iloji boricha to‘plangan edi. To‘plamni tuzish 1917 yili 591 jildda to‘xtatildi, keyinchalik YE.K.Betger tag’in uch jildni qo‘shib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |