Hamma vaqt Peterburgda yashab turib, shu taxlit bosmadan chiqarilayotgan kitoblar va vaqtli nashrlar ustidan kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan V.I.Mejov o‘ziga ajratilgan pul mablag’iga Turkiston va unga chegaradosh mamlakatlarga oid bo‘lganlarining hammasini sotib oldi va to‘pladi. Gazeta maqolalari qirqib oq qog’ozga yopishtirib chiqildi, jurnallar va kitoblardan olingan maqolalar ajratib olinib, qog’oz ramkalarga varaqma-varaq yopishtirib borildi. YOpishtirib chiqilgan butun material bir xil muqovalar orasiga joylashtirilgan bir xildagi jildlarga joylashtirildi, shuningdek, tipografiyada chop etilgan titul varaqlari bilan ta’minlandi. Barcha nashrlar chop etilish sanasiga qarab tanlab olingan, shu tariqa xronologik izchillikka qat’iy rioya etilgan edi. 1868 yilda to‘plamning 1867 yildagi materiallarni qamragan 4 jildi tayyor bo‘ldi. SHundan keyin 1887 yilga qadar Peterburgda to‘plamning barcha jildlari tayyorlanib kutubxonaga jo‘natildi. 1888 yilga kelib 4713 nomni o‘z ichiga olgan 416 jild tayyorlandi.To‘plamda yetishmaydigan kitoblar va maqolalar nihoyatda kam, bosmadan chiqqan nashrlarning zo‘rg’a o‘ndan bir qismini tashkil etadi, xolos. SHundan ham «Turkiston to‘plami» qanday qimmatga egaligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Yigirma yil davomida Rossiya va chet mamlakatlarda Turkiston haqida nashr etilgan hamma narsa unga kiritilgan edi.

«Turkiston to‘plami»ni tuzish va nashr etish 1887 yilga qadar doimiy asosda davom etdi. Har yili o‘rtacha yigirma jilddan nashr etildi. V.I.Mejov uni tuzish bilan yigirma besh yil davomida mashg’ul bo‘ldi, ammo Turkiston ma’muriyati (general-gubernator Rozenbax) qaroriga ko‘ra qimmatligi bahonasida to‘plamni nashr etish to‘xtatib qo‘yilgan edi.
To‘plamning 416 jildida aks ettirilgan salmoqli va rang-barang materialida mo‘ljal olishda V.I.Mejov tomonidan tuzilgan «Rus va xorijiy tillardagi asarlar va maqolalar sistematik va alifbeli ko‘rsatkichi» imkon beradi. Alifbeli ko‘rsatkich uch qismga bo‘linadi: Bibliografiyada uchraydigan mualliflar, tarjimonlar va kishi ismlarining ko‘rsatkichi; joylar va nomlar ko‘rsatkichi; xorijiy bibliografiyada uchraydigan mualliflar va predmetlar ko‘rsatkichi.