«Kutubxonai Behbudiya» fondi va kitob do‘konidagi adabiyotlarning qariyb uchdan ikki qismini tarixga oid kitoblar tashkil etganligi tarixni bilishga Behbudiy qanchalik katta e’tibor berganligini ko‘rsatadi. Oxirgi XX asr voqealari Behbudiy «Moziy – istiqbolning tarozisidir» deganida naqadar haq ekanligini tasdiqladi. Mana, «Oyna» jurnalining 43 va 47-sonlarida keltirilgan tarixga oid adabiyotlarning qisqacha ro‘yxati: «Buyuk umumiy tarix», 3 jildli «Madaniyat tarixi», «Tarixiy istiqbol», «Islom tarixi», «Islom olami va Ovrupa XX asrda», «Turkiy xalqlar tarixi», «SHohlarning g’alabalar kitobi», «Usmoniylar saltanati ko‘zgusi», «Islom madaniyati tarixi», «Amir Temur», «Eron tarixi», «Buyuk Eron tarixi», «Baxtiyor tarixi», «Amerikaning kashf etilishi tarixi».
Do'stlaringiz bilan baham: |