Turkiston shaharlarida milliy kitoblar savdosining rivojlangan silsilasi haqida o‘sha davrning adabiy manbalari ko‘plab ma’lumot beradi. CHunonchi, etnograf, o‘zbek, tojik va arab tillari bilimdoni, pedagog va yozuvchi G.V.Andreevning o‘zbek adabiyotiga bag’ishlangan va 1908 yili “Turkestanskiy kurer” ro‘znomasida chop etilgan maqolasida shunday ta’kidni uchratamiz: “Har bir shaharchada kamida o‘nga yaqin maxsus kitob do‘konlarini topish mumkin, shuningdek, biron bir ko‘zga ko‘ringan qishloq yo‘qki, unda aqalli bir nechta shunday do‘konlar bo‘lmasin”.1
Do'stlaringiz bilan baham: |