Turkistonlik kitobfurushlar aholiga sharq va g’arb xalqlari tillaridagi toshbosma va qo‘lyozmalarning turli xilini taqdim etar hamda kishilarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga bu ehtiyojni o‘stirishga, uni muayyan maqsadga yo‘naltirishga ham erishar edi. Ro‘znoma sahifalari, kitob va jurnallarning so‘nggi varag’ida bosilajak u yoki bu nashr haqidagi axborotlar chiqib turar, nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining ro‘yxatlari, kitob do‘konlari, nashriyotlar va yangi chiqarilayotgan maxsus kitoblar jadvallari reklama sifatida alohida chop etilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |