CHor mustamlakasi davrida kitob savdosini tashkil qilish an’analari butun Turkiston hududini qamrab oldi. Inchunin, bu ish o‘z kasbining ustalari va bilimdonlari tomonidan o‘z davri uchun anchayin baland saviyada, jahon kitob savdosi amaliyotida ma’lum bo‘lgan va qo‘llanilgan barcha tashkiliy shakl va usullardan foydalangan holda olib borilar edi. Kitobfurushlikda ulgurji va chakana savdo, turg’un va harakatdagi savdodan tashqari, eski va nodir qo‘lyozmalar bilan shug’ullanuvchi alohida kitob do‘konlari ham mavjud edi. Tojiri kutublar shaharu qishloqlarni kezib, kitoblarning chakana savdosini va bir paytning o‘zida o‘larning targ’ibotini ham uyushtirar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |