O ‘lchov kuchlanish transformatorlari. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni standart miqdor 100 yoki 100/ V gacha kamaytdrish hamda o‘lchash zanjiri bilan rele muhofazasini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirdan ajra tish uchun xizmat qiladi. 65-rasmda bir fazali quchlanish transformatorining ulanish sxemasi keltirilgan; bunda birlamchi chulg‘am tarmoqning kuchlanishiga, ikkilamchi chulg‘am ( kuchlanish) ga esa o‘lchash priborlari bilan relening g‘altaklari parallel ulangan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ikkilamchi chulg‘amning chiqqichlaridan biri erga tutashtirilgan. Kuchlanish transformatori tok transformatoriga nisbatan salt ishlash rejimiga yaqin rejimda ishlaydi, chunki priborlar va relening parallel g‘altaklari qarshiligi katta bo‘lib, ular iste’mol qiladigan tok esa kichik.
Transformatsiyaning nominal koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
bunda - nominal birlamchi kuchlanish; - nominal ikkilamchi kuchlanish.
O‘zakdagi magnit oqimining sochilishi va quvvatning yo‘qotilishi o‘lchashda xatolikka olib keladi:
Tok transformatorlaridagi singari, ikkilamchi kuchlanish vektori birlamchi kuchlanish vektoriga nisbatan aniq 180° burchakka surilmagan. Bu burchakli xatolikni aniqlaydi.
Nominal xatolik kattaligiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3 aniqlik klasslari bo‘ladi.
Xatolik magnit o‘tkazgichning konstruksiyasi, po‘latning magnit singdiruvchanligi, ikkilamchi yuklama kattaligi va ga bog‘liq. Kuchlanish transformatorlarining konstruksiyasida kuchlanish bo‘yicha xatolikni birlamchi chulg‘amning o‘ramlar sonini biroz kamaytirish yo‘li bilan kompensatsiyalash ko‘zda tutilgan, shuningdek, burchakli xatolik maxsus kompensatsiyalash chulg‘ami hisobiga kompensatsiyalanadi.
Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘amiga ulangan rele va o‘lchash priborlari chulg‘amlarining umumiy iste’moli kuchlanish transformatorining nominal quvvatidan oshmasligi kerak, chunki aks holda bu xatolikning ortishiga olib keladi.
Kuchlanish transformatorlari vazifasiga ko‘ra chulg‘amlarining turli sxemalarda ulanishi qo‘llaniladi. Uchta fazalarara kuchlanishni o‘lchash uchun ochiq uchburchaklik sxemasi asosida ulangan, ikkita bir fazali ikki chulg‘amli transformatorlar NOM, NOS, NOL ishlatish mumkin (66- rasm, a), shuningdek, chulg‘amlari yulduz shaklida ulangan uch fazali ikki chulg‘amli transformator NTMK qo‘llaniladi (66-rasm, b). Erga nisbatan kuchlanishni o‘lchash uchun Y0/Y0 sxema asosida ulangan uchta bir fazali transformatorlar, yoki uch fazali uch chulg‘amli transformator NTMI (66- rasm, e) ishlatilishi mumkin. Oxirgi holda yulduz shaklida ulangan chulg‘am o‘lchash priborlarini ulash uchun qo‘llaniladi, ochiq uchburchaklik asosida ulangan chulg‘amga erga tutashishdan saqdaydigan muhofazalovchi rele ulanadi. Xuddi shunday qilib uch fazali gruppaga ZNOM tipidagi bir fazali uch chulg‘amli transformatorlar va NKF kaskadli transformatorlar ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |