Hujayraviy tuzilishi.
Uncha katta bo`lmagan chuchuk suv havzalarida va nam tuproqlarda botriopsis (Botrydiopsis) turkumi vakillaridan B. eriensis ning juda ko`p miqdordagi tariqsimon xromotoforlari joylashgan bo`lib hujayra markazida bitta yadro bo`ladi.
Jinssiz ko`paygan vaqtda hujayrada o`ndan ortiq zoosporalar yetiladi. Bu zoosporalar suv yuzasiga to`planib yo`q-yashil rangli vegetativ hujayraga aylanadi. Bunday hodisani ko`pincha akvarium yoki suvi uzoq turib qolgan shisha idishlarda kuzatish mumkin. Odatda, bular avtosporalar hosil qilish yo`li bilan ko`payadi.
Sfagnumli botqoqlarda o`suvchi ipsimon edogonium va tribonema suvo`tlarining tallomi ustiga mishokokkus (Mischococcus confervicola)ni uchratish mumkin. Buning hujayrasi pishiq po`st bilan qoplangan bo`lib, koloniya hosil qiladi. Koloniya shilimshiq ustunchalar yoki tortmalar sistemasidan iborat. Vegetativ ko`payish vaqtida har qaysi vegetativ hujayra teng ikkiga bo`linib, shilimshiqli ustunchalarda o`rnashadi. Jinssiz ko`payganda bir xivchinli zoospora xosil qiladi.5 Ksantokokksimonlar sinfi tanasining tuzilishi sharsimon ( cocccoid ) shakldagi sariq-yashil suvo`tlarni o`z ichiga oladi. Ularning hujayralari ikki qismdan iborat. Haqiqiy qobiqqa ega. Ksantokokksimonlar orasida erkin suzib yuruvchi shakllari ham mavjud. Ksantokokksimonlar sinfi vakillarga boyligi bilan mintaqada markaziy o`rinni egallaydi. Ularning 50 dan ortiq turi bor. Ularning aksariyati yaxshi organilgan.
Ksantokokksimonlar sinf vakillari.
Geterokokklar tartibi (Heterococcales) hujayralar substratga yopishmagan. Hujayra qobig`i silliq, sharsimon yoki ozgina cho`ziqroq shaklda, hujayralari ma`lum shaklga ega katta yoki kichik bir tekkisda bo`ladi. Xloroplastlari bittadan bir nechtagacha, zoosporalar hosil qiladi.
Plevroxloris avlodi (Pleurochloris) zoosporalarga ega.
Xloridella avlodi (Chloridella) zoosporalar hosil qilmaydi.
Botridiopsis avlodi (Botrydiopsis) hujayrasi uzunchoq, ellipssimon yoki tuxumsimon va yana silindrsimon oxirgi qismi o`simtasiz. Hujayrasi ellipsdan tortib tuxumsimongacha, old va oxirgi qismlari deyarli bir xil.
Ellipsoyidiyon avlodi (Ellipsoidion) hujayrasi ikki tomoni turli xil, bir tomoni odatda o`tkirlashgan.
Monodus avlodi (Monodus) Hujayrasi silindrsimon uchlari odatda qayrilgan bo`ladi.
Monalantus avlodi (Monallanthus) hujayrasi duksimondan tortib chuvalchangsimongacha boradi.
Xlorokloster avlodi (Chlorocloster) hujayrasi buyraksimon, loviyasimon yoki yarimoysimon shaklda bo`ladi.
Nefrodiyella avlodi (Nephrodiella) hujayrasi uzunchoq yoki juvasimon ko`rinishida. Shuning uchun har doim ham bir tekkis emas. Hujayra uchi silliq yoki kengaygan, qobog`i soqolli yoki qalpoq ko`rinishida.
Bumilleriyopsiz avlodi (Bumilleriopsis) hujayra qobig`i yacheykali yoki to`rsimon tuzilishda, hujayra sharsimon shaklda.
Visheriya avlodi (Vischeria) hujayrasi poliedrsimon.
Poliedriyella avlodi (Polyedriella) organizm bir hujayrali, substratga yopishgan. Hujayra qirralari cho`zilgan yoki deyarli yumaloqlangan. Substratga tanasining asos qismi yoki disk o`rtasi bilan birikadi.
Xaraklopsis avlodi (Characlopsis) organizm ko`p hujayrali ipsimon turli xil ipsimon yoki plastinkasimon tuzilishda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |