Ksantokapsimonlar sinfi-Xanthocapsophyceae
Bu sinf vakillari tabiatda kam tarqalgan. Ular ko`pincha chuchuk suvlarda, ayrim vakillari esa sho`r suvlarda uchraydi. Vegetativ hujayra palmelloid shakldabo`lib, koloniya hosil qladi. Koloniya siljib harakat qiladi. Shilimshiq ichida tartibsiz oylashgan protoplast bo`lib, unda hujayra devori bo`lmaydi. Ba`zan palmellod kolonia shilimshiqdan tashkil topgan ustunchalarda o`rnashadi. Shilimshiq ichidagi hujayra bo`linish yo`li bilan ko`payadi shu sababli koloniya yiriklashib boradi. Qarigan koloniyaning bo`laklarga bo`linishi yoki zoosporalar hosil qilishi natijasida yangi yosh koloniya hosil bo`ladi. Ba`zan yosh koloniya shilimshiqdan tashqariga chiqib, mustaqil rivojlanadi. Bu sinf faqat bitta geteroleylilar tartibidan iborat.
Geteroleylilar tartibi-Heterogloeales
Bu tartibning tipik vakili sho`r suvlarda tarqalan gelmintoleya (Helminthogloea) dir. Hujayrasi shoxlangan tortmalardan tashkil topgan koloniyadan iborat. Koloniyaning osti ancha kengayganva shilimshiq bilan o`ralgan bo`ladi. Shilimshiq ichida protoplastlar tartibsiz holda joylashgan, har bir protoplast aloxida-aloxida shilimshiq o`rami bilan qoplangan. Shakli sharsimon yoki ellipssimon koloniyali vakillariga gleoxloris (Gloeochloris planctonia) misol bo`la oladi. Uning koloniyasi erta bahorda erigan qor suvlarining to`planshidan hosil bo`lgan ko`lmak suvlarida tarqaladi va plankton holda o`sadi. Noqulay sharoitda sista hosil qiladi. Sista ikki qavat po`st bilan o`ralgan.
Ksantotrixsimonlar sinfi-Xantotrichophyceae
Bu sinf turlari tallomning oddiy yoki shoxlangan ipsimon shaklda bo`lishi bilan xarakterlanadi. Plastinkasimon tallomda hujayralar bir qator joylashgan. Bu suvo`tlar harorati past bo`lgan chuchuk suvlarda tarqalgan.
Tribonemalilar tartibi-Tribonematales
Bu tartibning tipik vakili yashil tribonema (T. viridis) dir. Dastlab shoxlangan tallomi bazal hujayralar yordamida biror substratga yoposhgan holda o`sadi. Keyinchalik bazal hujayralarining o`lishi natiasida suving betiga ko`tariladi va yorug`lik kam tushadigan soya joyga siljib, erkin holda o`sadi. Ipi silindrsimon yoki bochkaga o`xshash hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayra sitoplazmasida bitta yadro va bir nechta sariq-yashil xromotofora bo`lib, hujayra devori atrofida joylashadi. Hujayra devori ikki qismdan iborat bo`lib, hujayranng o`rta qismidagi halqalar bilan birikadi. Agar hujayraga kuchli xrom kislota ta`sir etilsa, o`rtdagi halqa erib ketadi va hujayra po`sti H shaklda ajralb qoladi. Tribonemaning hujayra po`sti musahkam H ko`rinishida bo`lib, ip uzilganda o`simtalar oralig`idagi sitoplazma yo`qolib, po`stning bir qismi ochilib qoladi. H shaklidagi po`stda ikkita hujayraning yarimtadan po`sti saqlanib qoladi. Buning asosiy sababi hujayralar vegetativ bo`linganda ularning o`rtasida halqalar “belbog`” hosil qilishidandir. Bu halqalarning ajralish natijasida ikkita yosh hujayra hosil bo`ladi, yosh hujayralarni po`st himoya qiladi. Jinssiz ko`payganda hujayra ichida bir yoki ikkita har xil xivchinli zoospora hosil bo`ladi. Bu zoosporalarning hujayradan tashqariga chiqishi natijasida hujayra H ko`rinishini oladi. Noqulay sharoitda qalin po`st avtospora va akinetspora hosil bo`ladi. Plastinkasimon shakldagi vakillariga ham tuproqda o`sadigan geteropediya (Heteropedia) misol bo`la oladi. Bu suvo`t zoospora yoki aplonospora vositasida ko`payadi.
Ksantosifonsimonlar sinfi-Xanthosiphonophyceae
Bu sinfga sifonsimon, tallomi hujayrasiz, tashqi ko`rinishi murakkab yirik, ko`p yadroli va sariq-yashil xromotoforaga ega bo`lgan suvo`tlar kiradi. Ular quyidagi tartiblarga bo`linadi: 1) botridililar-Botrydiales; 2) vosheriyalilar- Vaucheriales.3
Botridilar tartibi-Botrydiales
Bu tartib vakillarining tallomi pufaksimon, xaltasimon yoli ipsimon, sellulozali va pektinli po`st bilan qoplangan, hujayrasida ko`p sonli xromotofora va yadrolari bo`ladi. Yoz faslida nam tuproq, ko`l va boshqa suv havzalarining qirg`oqlarida, yo`l yoqalarida, paxta maydonlarida ham qoramtir-yashil dog`larni uchratish mumkin. Qoramtir-yashil dog`lar mikroskopda qaralsa, diametri 1 mm, balandligi 2 mm keladigan pufaksimon botridiumni ko`rish mumkim. Uning pastki qismi ingichkalashib tuproqqa yopishgan joyi shoxlanib rangsiz rizoid hosil qiladi. Hujayra sitoplazmasidan ko`p sonli disksimon xromatofora, mayda yadro va yog` tomchilari uchraydi. Pufakcha markazini hujayra shirasi bilan to`lgan yirik vakuola egallaydi. Yomg`ir yog`ib botidiumni qoplaganda pufakcha ichidagi protoplast bir qancha bo`laklarga bo`linib, ko`p sonli zoospora vujudga keladi va ular tepa qismidagi teshikchalardan tashqariga suvga chiqadi. Zoosporalarda uzun-qisqa ikkita xivchin yadro va xromotoforalari bo`ladi. Zoospora suvga chiqqandan keyin ma`lum vaqt harakatlanib, suvi qurigan tuproqqa o`rnashadi, xivchinlarini tashlab, qalin po`st bilan o`raladi, rivojlanadi va yangi o`simlikka aylanadi. Agar uzoq muddat davomida yog`ingarchilik bo`lmasa, u ustki qismida aplonospora hosil qiladi yoki protoplasti rizoidga oqib o`tadi va sistaga yoki gipposporaga aylanadi. Namlikda sista o`sib, zoospora hosil qiladi, yangi o`simlikka aylanadi. Ularda jinsiy ko`payish kuzatilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |