Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo‘lib, ushbu kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish hisobiga, qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘ilgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti asosiy ulushga ega bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lar asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar ushbu mablag‘lar hisobidan foyda topish maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga bank krediti shaklida joylashtiradi. Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari juda ko‘p bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt istagan paytda va miqdorda kredit olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |