Bank kreditini yo‘naltirish va qarz oluvchi tomonidan foydalanish maqsadiga qarab turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, bank krediti ishlab chiqarishni kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga yo‘naltirilsa, bank krediti ssuda kapitali bo‘ladi. Agar bank krediti xo‘jalik yurituvchi subyektning kassadagi mablag‘larning yetishmasligiga yo‘naltirilsa bank krediti pul ssudasi deyiladi. Pul ssudasi faqat xo‘jalik faoliyatining oborot kapitalini to‘xtovsiz davom etishini ta’minlaydi, lekin uning miqdorini ko‘paytirishga olib kelmaydi. Ssuda kapitali esa qarz oluvchining kapitali miqdorini ko‘paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |