Xalqaro kredit – bu mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlarga, banklarga, kompaniya va tashkilotlarga beriladigan kreditdir. Bu – xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida pul kapitalining valyuta va tovar moddiy qimmatliklari ko‘rinishida qaytarishlik, muddatlilik va to‘lovlilik asosida beriladigan harakatidir. Xalqaro kreditning subyektlari sifatida ikkita mamlakat, turli davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari maydonga chiqadi. Xalqaro kreditning subyektlari mulkiy shakliga qarab davlat, aralash mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi. Xalqaro kreditlar kreditor mamlakatning milliy valyutasida yoki uchinchi mamlakatning valyutasi (AQSh dollari, evro)da berilishi mumkin. Xalqaro kredit, obyekti jihatidan pul ko‘rinishida yoki natura shaklida berilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida kreditor mamlakatlarning ko‘pchiligi asosan xalqaro kreditni natural ko‘rinishida berishdan manfaatdor bo‘lib, bu orqali ular o‘z mamlakatlarining ishlab chiqaruvchilarini iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |