Ist’emol (ipoteka) krediti asosan aholiga yashashi uchun zarur bo‘lgan buyumlarni (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Pul ko‘rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo tashkilotlarining hisobiga o‘tkazib beriladi. O‘zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti hisoblangan ipoteka krediti juda tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ipoteka krediti iqtisodiyotning markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |