Kreditning tovar, pul va aralash shakllari mavjud. Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan bog‘liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u asosan buyum ko‘rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining tobora takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |