Kreditning pul shaklida kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O‘z o‘rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli to‘lovlar asosida kreditorga pul ko‘rinishida qaytaradi. Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo‘lganligi tufayli kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditining tovar shakli o‘z o‘rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo‘shatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |