O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Sirtqi fakultet Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi
SBHA–50 guruh talabasi
TO`LQINBEKOVA SAYYORAXON ERKINBEK QIZIning
Pul va banklar fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Kreditning funksiyalari
Tekshirdi:Kenjayev M.
Toshkent - 2021
Mavzu: Kreditning funksiyalari
Reja:
1.Kredit haqida tushuncha
2.Kreditning funksiyalari
,,Kredit” –so`zi lotincha ,,credit” so`zidan olingan bo`lib ishonch degan ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va Tovar shaklidagi resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo‘lib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obekti bo‘lib pul va Tovar hisoblanadi. Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:
1.Bank krediti
2.Tijorat krediti
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi kredit ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimida kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi.
Kreditning funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayyan ravishda namoyon bo'lishidir.
Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko‘pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko‘rsatilgan va asoslangan bo'lib ular quyidagilar:
-kapitallarni qayta taqsimlash va foyda me’yorini tekislash (tenglashtirish)
-muomala xarajatlarini tejash;
-kapitalning markazlashuvi;
-kapitalni yig'ilishi va jamg‘arish funksiyasi.
Biroq boshqa ko‘pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi ko‘rsatilgandir.Bu funksiyalar;
-qayta taqsimlash funksiyasi;
-qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;
-muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag'larini kredit muomala vositalari bilan almashtiradi;
-rag‘batlantirish funksiyalaridir.
Kreditning mohiyati uning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Kreditning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funktsiyalarini beshta ekanligigini ta’kidlashsa, ayrimlarida uning funktsiyalari ikkitadan iboratligiga da’vogarlik qiladi.
Iqtisodchi–olimlarning kredit funktsiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek, kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy–iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokiga tayangan holda, uning
qayta taqsimlash,
muomala jarayonini tezlashtirish,
pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish
pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish funktsiyalarini bajarishini ta’kidlash mumkin.
Kreditning funktsiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy funktsiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funktsiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‘lar iqtisodiyotning qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi. Kredit ushbu funktsiyasi orqali vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larining sohiblariga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash natijasida qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi. Demak, kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit munosabatlarida bevosita ishtirok etayotgan tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini kreditor ixtiyoriga yo‘naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi.
Kreditning qayta taqsimlash funktsiyasini amal qilishida pulning jamg‘arma funktsiyasining bevosita va bilvosita ta’siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va neoklassik maktab vakillari alohida e’tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall «odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular uni (pulni) ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu e’tirof Sey qonunini to‘lig‘icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik–iqtisodchilar shunday to‘xtamga kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg‘arma investitsiya ko‘rinishini oladi. Ularning ta’kidlashicha, bu vaqtda capital bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga yuz beradi. Agar jamg‘arma (kapitalning taklifi) hajmi mo‘ljallangan investitsiya qilish hajmidan kam bo‘lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida investitsiyaga bo‘lgan talab kamayadi, jamg‘armaga nisbatan taklif esa ortadi. Ushbu holat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat jamg‘arma va kreditning foiz stavkasi asosida tartibga solinadi. Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg‘armaning hajmiga foiz stavkasining ta’sirini asosiy omil qilib ko‘rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta’sir qiladi, deb ta’kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funktsiyasiga bilvosita ta’siri mavjud.
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funktsiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Bu jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli fondlarga jalb etish orqali ularni pul aylanmasiga kiritadi. Ma’lumki, mamlakat pul massasining Tovar massasiga nisbatning ta’minlanish milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi. Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Bu o‘z navbatida muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit paydo bo‘lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‘lgan veksellarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Albatta, veksellar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning vaqtinchalik pul mablag‘lari bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga chiqadi.
Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish funktsiyasi asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish maqsadida qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank tomonidan kreditlar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki bu yo‘l bilan naqdlashtiradi.
Kredit pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish funktsiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‘aradi. Jamg‘armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit’alar yoki ayrim kompaniyalarda mablag‘larning markazlashuvi ro‘y beradi. Kredit mablag‘larining markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya–kredit tizimi rivojlangan joylarda yuz beradi.
Kredit 3ta funksiyani bajaradi:
1) Haqiqiy pullarni kredit operatsiyalari orqali almashtirish funksiyasi.
2) Qayta taqsimlash funksiyasi-kredit vositalari vaqtinch bo`sh turgan mablag`larni unga muxtojlar foydasiga qayta taqsimlanadi.
3) Kredit muomula vositasini yaratish funksiyasi. Kreditning 3ta muomala vositasi bor
Do'stlaringiz bilan baham: |