Guruh:BIA-85 Tayyorladi:Safoyev Jahongir Reja: - Kreditnining mohiyati, vazifalari va turlari
- Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari.
- Kreditning vazifalari.
1.Kreditnining mohiyati, vazifalari va turlari - Ma’lum muddatga haq to‘lash va qaytarib berish sharti bilan beriladigan bo‘sh turgan pul mablag‘lari kredit deb yuritiladi. Kreditning mohiyati shundaki, iqtisodiyotning ayrim subyektlari faoliyati uchun pulga muhtoj bo‘lib turgan vaqtda ayrimlarining qo‘lida ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari ishlatilmay bo‘sh turgan bo‘ladi.
Iqtisodiyot nazariyasida shu pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deb atalib uning harakati kredit tarzida namoyon bo‘ladi. Kredit o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiyotdagi mavjud resurslardan samarali foydalanishni va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan iqtisodiy kategoriya. - Iqtisodiyot nazariyasida shu pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deb atalib uning harakati kredit tarzida namoyon bo‘ladi. Kredit o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiyotdagi mavjud resurslardan samarali foydalanishni va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan iqtisodiy kategoriya.
Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari. - Kredit subyekti?
- Kredit munosabatlari ishtirokchilari kredit subyektlari deb ataladi va ular turli-tuman bo‘ladi. Kredit subyektlari kredit oluvchilar va kredit beruvchilar hisoblanadi. Ya’ni korxonalar, firmalar, davlat, turli tashkilotlar, transmilliy va xususiy korporatsiyalar, tadbirkor va sohibkorlar hamda aholining boshqa turli toifalaridir
Kredit obyekti? - Kredit obyekti?
- Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir. Ma’lumki, iqtisodiyot g‘oyat murakkab jarayondir, uning subyektlari esa yana ham turli-tumandir. Ularning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlari, to‘lov qobiliyatlari bir xil emas. Shuning uchun kredit obyektlari bo‘lib vaqtincha bo‘sh pullar emas, shu bilan birga tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, turli shakldagi xizmatlar ham bo‘lishi mumkin
Kreditning vazifalari. Kreditning vazifasi kredit munosabatlarining xo‘jalik faoliyatidagi ko‘rinishi yoki uning harakat ifodasidir Birinchi vazifasi — pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari bo‘lgan veksel, chek, sertifikat kabilarni iqtisodiyot sohasiga jalb qilib, ularning xo‘jalik faoliyatida real harakatini yo‘lga qo‘yadi. Ikkinchi vazifasi — turli xo‘jalik subyektlari va aholi qo‘lidagi bo‘sh pullarni kapitalga aylantiradi, ya’ni pulning o‘z kuchi asosida ko‘payishiga, pulga pul qo‘shilishiga xizmat qiladi uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli xo‘jalik subyektlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarining samara beruvchi sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi - uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli xo‘jalik subyektlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarining samara beruvchi sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi
- to‘rtinchi vazifasi — pulga muhtoj mijozlarga qarz berilishi va berilgan qarzlarni vaqtida undirib olish orqali ijtimoiy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, ya’ni ishlab chiqarish va muomala jarayonida samaradorlikka erishilishi uchun dastak bo‘ladi.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |