18 -Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Yordamchi ishlab chiqarishlarga nimalar kiradi?
Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar qanday hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi?
Amaliy topshiriq:
Korxonada o‘z ehtiyojlari uchun yuklar tashishni amalga oshiradigan 10 ta yuk avtomobili mavjud. Oy mobaynida quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan: yoqilg‘i moylash materiallarining sarf-xarajati – 24 800 000 so‘m, haydovchilarning ish haqi – 15 000 000 so‘m, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar – 3 750 000 so‘m, bir oyda avtomobillarning eskirishi – 450 000 000 so‘mni tashkil etgan, jami xarajatlar 493 550 000 so‘m.
Transport xo‘jaligi bo‘yicha xarajatlarning taqsimlanishi haqiqatda ishlagan avtomobil-soatdan kelib chiqib amalga oshirilgan. 10 ta avtomobil bir oy mobaynida 1230 soat ishlagan, jumladan: materiallar tashish bo‘yicha – 470 soat; tayyor mahsulotni tashish bo‘yicha – 600 soat; ta’mirlash sexiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha – 100 soat; asosiy vositalar chiqib ketishi bilan bog‘liq tashish xizmatlari – 60 soat. 1 avtomobil-soat tannarxini aniqlaymiz (493 550 000 : 1230 = 401 260,16 so‘m/avt.soat).
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Yuqoridagi jarayonlarga buxgalteriya provodkalari tuzing.
Avtoxizmatlar taqsimlanishini amalga oshiring.
Taqsimlangandan keyin 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining yopilishiga buxgalteriya provodkalari tuzing.
Javoblar:
Ushbu operatsiyalar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi:
D-t 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” – 493 550 000 so‘m
K-t 1030 - “Yoqilg‘ilar” – 24 800 000 so‘m
K-t 6710 - “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” – 15 000 000 so‘m
K-t 6520 - “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” – 3 750 000 so‘m
K-t 0260 – “Transport vositalarining eskirishi” – 450 000 000 so‘m.
Avtoxizmatlar taqsimlanishini quyidagicha amalga oshiriladi:
- materiallarni tashishbo‘yicha – 470 soat x 401 260,16 so‘m = 188 592 275,20 so‘m;
- tayyor mahsulotni tashish bo‘yicha – 600 soat x 401 260,16 so‘m = 240 756 360 so‘m;
- ta’mirlash sexiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha – 100 soat x 401 260,16 so‘m = 40 126 016 so‘m;
- asosiy vositalar chiqib ketishi bilan bog‘liq tashish xizmatlari – 60 soat x 401 260,16 so‘m = 24 075 609,60 so‘m.
3. Taqsimlangandan keyin 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti quyidagicha yopiladi:
D-t 1010 – “Xom ashyo va materiallar” – 188 592 275,20 so‘m
D-t 9410 – “Sotish xarajatlari” – 240 756 360 so‘m
D-t 2311 – “Ta’mirlash ishlab chiqarilishi” – 40 126 016 so‘m
D-t 9210 – “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” – 24 075 609,60 so‘m
K-t 2310 – “Yordamchi ishlab chiqarish” – 493 550 000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |