2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi:
0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;
1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material summasiga;
1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida;
2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida;
6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida;
6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy sug‘urtaga va davlat maqsadli fondlariga ajratma hisoblanganida;
4730-hisobvaraq - moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |