24-Mavzu: Tayyor mahsulot harakati yuzasidan dastlabki hujjatlarni qabul qilish tekshirish, guruhlash va qayta ishlash tartibini o‘rganish.
Ishlab chiarilgan tayyor mahsulotlar sexdan tayyor mahsulotlar omboriga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga topshirish qabul qilish-topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi, ularda quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rin oladi: mahsulot qabul qilingan omborning raqami (kodi), mahsulotning nomi, uning miqdori, o‘lchov birligi, narxi va summasi. Bajarilgan ish va xizmatlar qabul qilish –topshirish dalolarnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Omborda tayyor mahsulot ombor hisob varaqa (kartochka)larida natura ko‘rinishida, materiallar hisobi singari hisobga olinadi. Ularda har bir kirim va chiqim hujjati bo‘yicha ma’lumotlar yoziladi; har bir yozuvdan keyin qoldiq chiqariladi. Topshirish yukxatlari asosida mahsulot chiqarish qaydnomalari tuziladi, bunda tayyor mahsulot qaydnomalarda ikki xil: hisob narxlarida va haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
Tayyor mahsulotning jamlanma hisobi 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyotida yuritiladi.
Misol: Hisobot davri mobaynida omborga hisob narxlari bo‘yicha 8000 mln so‘mlik tayyor mahsulot kelib tushdi. Oy oxirida uning haqiqiy tannarxi 7500 mln so‘m ekanligi aniqlandi.
Kelib tushgan mahsulotga hisob narxlari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” – 8000 mln so‘m
Kredit 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” – 8000 mln so‘m.
H
500 mln so‘m
isob narxining haqiqiy tannarxdan tafovuti, agar haqiqiy tannarx hisob narxidan oz bo‘lsa, “qizil storno” usulida quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi:
D
500 mln so‘m
ebet 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” –
Kredit 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” –
Haqiqiy tannarx hisob narxidan oshib ketsa, farq qo‘shimcah “qora” yozuv bilan o‘sha provodka yordamida yoziladi.
Misol. Aytaylik ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 9000 mln so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davri davomida omborga tayyor mahsulotning kelib tushushi:
Debet 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” – 8000 mln so‘m
Kredit 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” – 8000 mln so‘m.
Farq (1000 mln so‘m) qo‘shimcha yozuv bilan yoziladi:
Debet 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar” – 1000 ming so‘m
Kredit 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” – 1000 ming so‘m.
Tayyor mahsulotni berish va uni korxona omboridan yuklab jo‘natish buyruq – yukxat bilan rasmiylashtiriladi, unga ikki hujjat kiritilgan: omborga doir buyruq va berish uchun yukxat. Ular asosida hisob varaq-fakturalar yoziladi, ularda yuklab jo‘natilgan mahsulot miqdori va ushbu mahsulot uchun tegishli summa ko‘rsatiladi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga binoan va buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq daromad va xarajatlar haq to‘lash vaqti va pul kelib tushish sanasidan qat’i nazar ular taalluqli bo‘lgan hisob davrida aks ettiriladi.
Yuklab jo‘natilgan, berilgan, lekin to‘lanmagan mahsulotning hisobi 9110-“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” schyotida yuritiladi.
Sotish paytida tayyor mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar tannarxi xarajatlarini hisobga oluvchi 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar”, 2910-“Ombordagi tovarlar” schyotlari bilan korrespondentlashgan holda 9110-“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120-“Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetida aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9110-“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120-“Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlari 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
Hisoblash usuli bilan xaridorlarga mahsulot yuklab jo‘natilgan paytda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
– sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga:
Debet 9110-“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
Kredit 2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar”;
– savdoda yuklab jo‘natilgan tovarlarning haqiqiy tannarxiga:
Debet 9120-“Sotilgan tovarlarning tannarxi”
Kredit 2910-“Ombordagi tovarlar”;
– bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxiga:
Debet 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
Kredit 2010 -“Asosiy ishlab chiqarish”.
Hisobot davrining oxirida sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar tannarxini hisobga oluvchi schyotlar 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga quyidagi o‘tkazmalar bilan yopiladi:
Debet 9910-“Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9110-“Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
Kredit 9120-“Sotilgan tovarlarning tannarxi”
Kredit 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”.
Joriy hisobda yuklab jo‘natilgan tayyor mahsulotlar hisob (rejadagi yoki jo‘natish) narxlarida rasmiylashtiriladi, chunki yuklab jo‘natish paytida uning haqiqiy tannarxi noma’lum bo‘ladi. Oy oxirida yuklab jo‘natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |