Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu: Hisob-kitob schyoti bo‘yicha qayta ishlangan bank ko‘chirma ma’lumotlarini 2 – jurnal order va 2-qaydnomaga yozilishini o‘rganish



Download 2,18 Mb.
bet78/99
Sana15.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#119376
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Bog'liq
Amaliyot mavzular

26-Mavzu: Hisob-kitob schyoti bo‘yicha qayta ishlangan bank ko‘chirma ma’lumotlarini 2 – jurnal order va 2-qaydnomaga yozilishini o‘rganish.

Korxona buxgalteriyasida hisob-kitob schyotidagi pullar harakati bank ko‘chirmalari bo‘yicha «Hisob-kitob schyoti» nomli 5110–aktiv hisobvaraqda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq bo‘yicha kredit oborotlari 2-jurnal-orderda yoziladi, debet bo‘yicha oborotlar esa turli jurnal-orderlarda aks ettiriladi. 2-jurnal-orderga 2-qaydnoma yuritiladi, unda 5110-«Hisob-kitob schyoti» hisobvaraq debetiga kiritilgan summalar hisobga olinadi.

5110-«Hisob-kitob schyoti» bo‘yicha muomalalar tekshirilgan bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-schyotning qoldig‘i hisob-kitob schyotidan berilgan ko‘chirmada ko‘rsatilgan qoldiqqa teng kelishi kerak.

Hisob-kitob schyotiga yozilgan va undan o‘chirilgan summalarni hisobda aks ettirishdan oldin bank ko‘chirmasi buxgalter tomonidan sinchiklab tekshiriladi va shundan so‘ng bevosita hisob-kitob varag‘idan ko‘chirmada hisobvaraqlar korrespondensiyalari tuziladi.

Bunda banklardagi korxonalarning hisob-kitob schyotlari passiv ekanini e’tiborda tutish zarur, binobarin, bank buxgalteriyasida pulning hisob-kitob schyotiga kelib tushishi hisobvaraqning krediti bo‘yicha, hisobdan o‘chirish esa uning debetida aks ettiriladi. Korxonalarda esa, aksincha, hisob-kitob schyoti aktiv hisoblanadi, shuning uchun pul mablag‘larining hisob-kitob schyotida ko‘payishi debet bo‘yicha, kamayishi esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.

Agar bank ko‘chirmasida xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, tegishli summa 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» hisobvarag‘ining debeti yoki krediti bo‘yicha, 5110-«Hisob-kitob schyoti» hisobvaraq bilan korrespondensiyada aks ettiriladi, bu haqda darhol bankka xabar qilinishi kerak.

Xatoning tuzatilgani to‘g‘risida bank korxonaga navbatdagi ko‘chirmada xabar qiladi va bunga asoslanib tuzatuv yozuvini kiritadi.

Tovarlarni jo‘natish va pul mablag‘larini hisob-kitob varaqlariga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:



  • tovarlar jo‘natilishi bilan mol yuboruvchida:

D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»

K-t 9010, 9020.



  • mol yuboruvchida hisob-kitob schyotiga pul o‘tkazilganida:

D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»

K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».



  • materiallar kelib tushishi bilan mol oluvchilarda:

D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»

K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».



  • mol sotib oluvchida hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazilganda:

D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»

K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining balansida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘ining «Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik hisobvarag‘ida yuritiladi.

Mahsulot sotilganida quyidagicha provodka beriladi:

D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»

K-t 9010-«Mahsulotni sotishdan olingan daromad».

Sotilgan mahsulotning puli kelib tushganida quyidagicha provodka beriladi:

D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»

K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».

Hisob-kitob schyotidagi barcha o‘zgarishlar haqida bank o‘z mijozini hisob-kitob schyotidan ko‘chirmalar berish orqali xabardor qiladi. Bank ko‘chirmalarida hisob-kitob schyotiga mablag‘larning tushishi va undan hisobdan chiqarilishi, kun boshi va oxiri uchun undagi mablag‘ qoldiqlari ko‘rsatiladi.




Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish