vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan kelishgan holda nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatini belgilashni va tasdiqlashni ta’minlaydi;
neft va gaz sanoatida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan uglevodorod zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
neft va gaz xom ashyosini qazib olishda va transportirovka qilishda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlarini aniqlaydi (kelishilgan xolda);
favvoraga qarshi kurashish bo‘linmalarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
nazorati ostidagi yuqori texnogen xavfli hududlarning davlat kadastri yuritilishida ishtrok etadi;
neft va gaz sanoatida sanoat xavfsizligi tizimini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
neft va gaz sanoatida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
o‘z nazoratidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashadi, ushbu ob’ektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari davlat reestriga nazorati ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini kiritish uchun ma’lumotlar tayyorlaydi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga, nazoratidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
neft va gaz quduqlarini burg‘ulashda va mukammal ta’mirlashdagi burg‘ulash minorasi va ko‘chma burg‘ulash uskunalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;
b) Normativlarni tartibga solish sohasida:
neft va gaz sanoatida sanoat xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilishda, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni va belgilangan tartibda qabul qilishni ta’minlaydi;
neft va gaz sanoatida ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish, yer qa’rini geologik o‘rganishda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, uglevodorod xom ashyosini qazib olish, trasportirovka qilish va xom ashyoni saqlash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishishni, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlashdi ta’minlaydi;
foydali qazilmalar konlarini qazib oluvchi korxonalar va ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ri boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);