Mavzu: Korxona operatsion faoliyatining tahlili va uning muhim jihatlari Reja Kirish


Korxonalarda operatsion faoliyatning asosiy manbalari va yo’nalishlari



Download 37,99 Kb.
bet9/11
Sana04.06.2022
Hajmi37,99 Kb.
#635670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira.Moliya tahlil

4. Korxonalarda operatsion faoliyatning asosiy manbalari va yo’nalishlari
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko‘plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil qilinganidan so‘ng uni joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko‘rsatishi uchun har jihatdan qulay bo‘lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yerosti suvlari me’yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo‘nalishi), yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o‘simlik qomlamalari, aholi yashash joylari o‘rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko‘plab chiqaradigan bo‘lsa (ko‘mir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo‘nalishiga teskari bo‘lgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan, Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va Sho‘rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho‘lda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson ko‘radigan zarar juda oz miqdorda.
Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonalari qurilishida hududning ba’zi xususiyatlari e’tiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mahsulotlarining singib o‘tishi tufayli yerosti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof-muhitni ko‘pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog‘ yonbag‘irlari bilan o‘ralgan botiqda joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof-muhit ancha zarar ko‘radi, ko‘p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda, albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak.
Geografiya bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga, statistik ma’lumotlarga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistik, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birliklarni o‘rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy-geografik baholashda ham qo‘l keladi.
Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlanganlining sababini aniqlash va uning iqtisodiy-geografik o‘rnini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xo‘jalik tarmog‘i nuqtayi nazaridan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir.
Bundan tashqari korxonani iqtisodiy-geografik tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi:
— korxonaning hududiy tarkibi, ya’ni uning alohida bo‘limlari (sexlari)ning, zavod transport tugunining joylashishi;
— korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va yoqilg‘i qancha miqdorda qabul qilinadi;
— asosiy mahsulot turlarining tannarxi (bunda xizmatchilarga to‘lanadigan ish haqi, o‘zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to‘lanadigan mablag‘, shuningdek, transport xarajatlari alohida ko‘rsatiladi) va korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi;
— xizmatchilarning soni, ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi;
— korxonaning atrof-muhitga ta’siri.
Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA

Download 37,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish