3-chizma Kompaniya strategiyasini belgilovchi omillar3.
Korxonada yechim qabul qilish har xil pog’onadagi menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda individual mahorat va korxonada boshqaruv yechimni amalga oshirish tartibiga bog’liq. Vaqt o’zgarishi bilan vaziyatlar ham o’zgaradi. yechimlar muayyan holatga mos kelsa, tadbiq qilish mumkin. Aks holda ziddiyatli yo’lni aniqlash, ularni baholash, yakuniy tanlash va yangi ko’rsatma berish kerak. Bunda boshqaruv yechimini qabul qiluvchining amali, ta’siri, obro’si, nufuzi katta ahamiyat kasb etadi.
Boshqarish yechimlarini qabul qilish usullariga boshqaruvchining
sezgisiga asoslangan usul (ya’ni uning tajribasi, bilim, to’g’ri yechim tanlashga yordam beradi), “sog’lom aql”, ilmiy-amaliy yondashishga asoslangan usul kiradi. So’nggi usul zamonaviy texnologiya va usullardan foydalaniladi.
Korxonaxodimlar orqali mahsulot ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazish, sotish, xizmat ko’rsatish, transport va boshqa soxalardagi faoliyatlarini amalga oshiradi.
Korxona(korxona, tashkilot) ni boshqarish vazifalari korxonaning umumiy vazifalari, ma’muriy, boshqarish vazifalari (rejalashtirish, marketing, tadbirkorlik, moliya xodimlar bilan ta’minlash)ni boshqarish vazifalari korxonaning umumiy vazifalari, ma’muriy boshqarish vazifalari (rejalashtirish, marketing, tadbirklrlik, moliya, xodimlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish, innovatsiyani qo’llash, ma’lumotlar, ijtimoiy taraqqiyot kabilar) dan iborat. Har bir keltirilgan umumiy vazifalar korxonani boshqarish bo’yicha ma’lum ishlarning ko’rinishidir. Vazifalarni amalga oshirishda mexnatni taqsimlash, ixtisoslashtirish va har xilini kombinatsiya qilish – bu doimiy jarayondir.
Ma’muriy vazifalar g’oyasi korxonani boshqarish bo’yicha mexnat faoliyatining bir ko’rinishidir. Korxonani umumiy boshqarishda ma’muriy boshqarishning ahamiyati quyidagilardan kelib chiqqan: ko’rabilish, tashkil eta bilish, rahbarlik qilabilish, muvofiqlashtirabilish, nazorat qila bilish.
Boshqarish vazifalari-bu boshqarish faoliyaitning nisbatan erkin,ixtisoslashtirilgan va alohida qismidir. Bunday boshqarish vazifalar bilan hisoblashmoq uchun aniq ifodalangan mazmun lozim.
Ishni loyixalash masalasiga kelganda ishlarni loyixalashdagi g’oyalarga, ishning taxlili, ishning parametiri, ishning mazmunini idrok
qilish, ishning texnalogiyasi va uni loyixalash kabi savollarga e’tibor beriladi.
“Ish” tushunchasi faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy tomoni shaxs bajaradigan ishni ham o’z ichiga oladi, ya’ni qanday bajarmoq va kimga bajartirmoq kerak degan savolga javob beradi. Bularning hammasi bir bo’lib u yoki bu qismning ishini aniq ajratish va ta’riflash imkonini beradi. Bu jarayonni korxona(korxona, tashkilot) da ishni loyixalash deb ataladi.
Tashkilotni tuzish (qurish) to’rt bosqichdan iborat: tashkilotni tuzilmasini tanlash, departamentlashtirish, moslashtirilgan tashkiliy tuzulmani tanlash, markazlashgan va nomarkazlashgan tashkilotlarni aniq ajratish.
Tashkilotning tuzilmasini tanlashda tashkiliy loyihalashning bosqichlariga, amaldorlikka e’tibor berish lozim.
Amaldorli tashkiliy tuzilma mehnatni yuqori darajada bo’lishi bilan tavsifli, odamlar (xodimlar) xulqining ko’pdan ko’p qoida va me’yorini borligi, xodimlarni ularning ishbilarmonlik va kasbining sifatiga qarab tanlash kabilar bilan tavsifli.
Keng tarqalganlaridan biri boshqarishni amaldorli (funksional) tashkiliy tuzilmasi, moslashtirilgan tashkiliy tuzilma, markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tashkilotlar.
Amaldorli tuzilmaning ba’zi-bir muammolari uzviy ravishda yoki moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalarni kiritish bilan yechilishlari mumkin. Moslashtirilgan tuzilmalarni asosiy turlari loyihalash tashkiloti, matritsali tuzilmadagi tashkilot, muayyan vaziyatga mos keladigon tashkilot turlari kiradi. Tashkilotning barcha masalalari va rejadagi tafovutlarini hisobga olish va ifodalamoq maqsadida tashkilot rahbari departamentlashtirishning har xil tuzilmalaridan foydalanadi, ya’ni boshqarishning amaldorlik andoza (model)sini ijobiy xususiyatlaridan, tashkilotni alohida bo’limlarga bo’lish jarayonidan foydalanadi. Bunda bo’linmali tuzilish bo’lishi mumkin: mahsulotni tuzish, mahsulotli tuzilishga mo’ljallangan tashkiliy tuzilma, mintaqali tashkiliy tuzilma, mo’ljallangan bo’linmalarni tanlash.
Tashkilot tuzilishini tanlashda mahsulotni ishlab chiqarish muhim o’rin tutsa, u holda boshqarish bo’yicha vakolat o’sha mahsulot rahbariga beriladi, u esa ushbu mahsulot uchun javobgardir. Qolgan ikkinchi funksional bo’linma rahbari (ishlab chiqarish, texnika, transport, tijorat va boshqa bo’lim) shu mahsulot bo’yicha boshqarma boshlig’i oldida hisobot beradilar.
Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish- xodimlarni boshqarishdir, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqarishdir. Xodimlarni boshqarish- kishilarning o’zini boshqarishgina emas, balki ularning ishlab chiqarish (transport va texnika xizmati ko’rsatish, texnologiya) dagi munosabatlariga ta’sir etish hamdir.
Ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) ni tezkor boshqarish biznes- rejaning ichki taktik rejaning organik qismi va yakunlovchi bosqichi bo’lib, strategik rejani uzil-kesil aniqlashtiradi va uni oylik, haftalik, kunlik yoki smenali topshirig’i sifatida har bir bajaruvchiga yetkazib beradi.
Ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning muhim vazifasi barcha bo’linmalarning muntazam ishlashini ta’minlash maqsadida kundalik hisoblab borishdan, olingan axborotlarning tahlili natijalariga qarab ish joylarining faoliyatini tezkor boshqarishdan iborat.
Ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning bir necha tizimlari bor: bo’linmalararo va bo’linmalar ichida ishlab chiqarishni tezkor boshqarishdir. Ularning faoliyati tashkil etiladi, rejalashtiriladi, o’zaro ta’sirlari muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi.
Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish tashkilotning ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlik qilishning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Uning asosiy unsur (element) lari: ne’mat (resurs) lar, boshqarish ob’ekti, ishlab chiqarish mahsuloti, javob qaytarish ma’lumoti, solishtirish, tuzatish kiritish omili hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni operatsion tizim (ishlab chiqarish va plyus xizmat ko’rsatish) hajmini rejalashtirishda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini o’zgarishi bilan xizmat ko’rsatish qo’shib rejalashtiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turining qiymatiga ta’sir etadi: saqlash, mahsulot hajmi, bekor turib qolish va subpodryad.Ishlab chiqarishni yiriklashtirilgan rejalashtirishning maqsadi operatsion tizimdagi mahsulotlar va xizmat ko’rsatishlarga bo’lgan barcha talablarni umumiy yig’indisi minimal holda qondirishdir.
Sifatni nazorat qilishda tanlab nazorat o’tkazish va texnologik jarayonning nazorat xaritasi qo’llaniladi. Sifatni boshqarishda Deming yondashuvi, sifat to’garagi, “Sifat uchun to’lanmaydi” kabi yuqori samarali dasturlar qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |