Korxona strategiyasi va menejment loyihasi.
Korxonadeganda tovar (mahsulot) ishlab chiqarish (yetishtirish) birlashmasi yoki savdo-sotiq tashkiloti tushuniladi.
Korxonauchun strategiyani aniqlash korxonafaoliyat ko’rsatayotgan muayyan holatga o’ta bog’liq. Ammo strategiyani ifodalashga ba’zi umumiy yondoshishlar mavjud.
Korxonaning faoliyat ko’rish strategiyasini uchta asosiy ishlab chiqish sohasi bor: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda rahbarlik qilish; mahsulot ishlab chiqarishda ixtisoslashtirilish; korxonani bozorning ma’lum guruhiga qayd qilinishi va tanlangan bozor guruhiga korxonaimkonini yo’naltirish.
Strategiyani tanlash jarayoni quyidagi asosiy bosqichlaridan iborat:
-Jjoriy strategiyani aniq bilib olish; mahsulot portfeli (hajmi) ni tahlil qilish;
-Korxonastrategiyasini tanlash va tanlangan strategiyani baholash.
Joriy strategiyani aniq bilib olish tashqi va ichki muhit (omil) lardan iborat. Bunda mahsulot portfelini tahlil qilish bosqichlari: mahsulot portfelini tahlil qilish uchun korxonada bosqich (pog’ona) larni tanlash; biznesning strategik birligini belgilash; mahsulot portfelini tahlil qilish qolipining parametrlarini aniqlash va o’zgaruvchanlarini tanlash; biznesning kuchini o’lchamoq uchun bozorning hissasi, uni o’sishi, yetakchi markaga nisbatan bozorning nisbiy hissasi kabi o’zgaruvchilardan foydalanish; soha o’ziga jalb qila olishi, korxonaning raqobatbardoshligi, korxonaga havf soluvchilar va imkoniyatlar, resurslar va xodimlarning malakasi kabi yo’nalishlarni o’rganish; mahsulot portfelining qolipini tuzish va tahlil qilish.
Korxonaning holatini tahlil qilish asosida rahbariyat strategiyani tanlaydi. Uning muhim omillari: korxonaning o’sish strategiyasini tanlashda sohaning kuchli tomonlari, korxonaning kuchli tomonlarini hisobga olish; korxonaning maqsadlari; rahbariyatning qiziqishlari va munosabatlari; korxonaning moliyaviy resurslari; korxonaning majburiyatlari; tashqi muhitdan bog’liqlik darajasi; vaqtli omil; tanlangan strategiya baholash; tanlangan strategiyaning holati va atrofdagi qurshov talablariga mos kelishi; tanlangan strategiyani korxonasalohiyati va imkoniyatiga mos kelishi; strategiyada qo’llaniladigan tavakkallikni yaroqlikligi.
Korxonamenejmentining loyihasi korxonastrategiyasi, xodimlarning vazifasi va ularning tashkilotini loyihalash (tashkilotni boshqarish vazifasi, ishlarini loyihalash va ishni loyihalash andozalari), tashkilotni loyihalash (tashkilotni tuzishdagi o’zaro ta’sirlar va vakolatlar, tashkilotni qurish), ishlab chiqarishni va uning jarayonlarini tezkor boshqarish (mahsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni rejalashtirish, zahiradagi materiallarni boshqarish, loyihalarni boshqarish, loyihalarni boshqarish usullari, ishlab chiqarishni boshqarishda sifatni ta’minlash) lardan iborat.
Korxonastrategiyasini bajarilishi ma’muriy masalalar orasida ustunligini o’rnatish, tanlangan strategiya bilan korxonaichidagi jarayonlar orasida moslik o’rnatilish, korxonani boshqarishda mosligi saqlanishi bilan amalga oshiriladi.
Xodimlar vazifasi (marketing, biznes, moliya, odam, rejalashtirish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, g’oyalar, ma’lumot, madaniyat kabi umumiy vazifalar bilan birga mehnatni taqsimlash, ixtisoslashtirish va kombinatsiya qilishga e’tibor qaratiladi. YAna ma’muriy, boshqarish, vazifalarni joriy qilish, vazifalarni tuzilishi muhim jarayonlardir) ni loyihalashdagi konsepsiyalarga, ishning tahlili, ish (qanday bajarmoq va kimga bajartirmoq kerak) parametri, ishning mazmunini idrok qilish, ishning texnologiyasi va uni loyihalash kabi masalalarga e’tibor beriladi.
Ishning texnologiyasi (bilimlar, harakatlar, usullar va jismoniy predmetlar, vositalar) ni loyihalash xodimning bilimi nuqtai nazaridan, ish qachon va qaerda bajarilishi kerak va uni qanday bajarish kerak, hamda ishning o’zaro bog’liqlik nuqtai nazaridan qaralishi mumkin. Ishni loyihalash andozasi ishni qurish, ish ko’lamini kengaytirish, ishning rotatsiyasi, ishni boyitish, ijtimoiy-texnik tizim, ishni loyihalash andozasini tanlashdan iborat.
Ishning loyihasiga tavsilotli ro’yxatni ilova qilish xodimlarni mashinalar, ishlab chiqarish muhitining iste’molchilari bilan o’zaro ta’sirini aniqlaydigan tartibni belgilaydi. Ishni loyihalash korxonadagi har bir ishning mazmunini aniq belgilashni o’z ichiga oladi va bilvosita-bunda ishni taqsimlash tartibini ham. Mehnatni ixtisoslashtirish va taqsimlash odamlar guruhining mehnat unumdorligini sezilarli oshiradi. Bunda vakil va vakolat munosabatlari aniq ajratilishi muhim.
Vakolatning turlari chiziqli, shtabli, chiziqli-shtabli, funksional, dasturli-maqsadli, mahsulot bo’yicha yoki matritsali tuzilma shaklida bo’lishi mumkin. Korxona(tashkilot, korxona) ni qurish (tuzish) esa korxonaning tuzilmasini tanlash, departamentlashtirish, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmani tanlash, markazlashgan va nomarkazlashgan korxonalarni aniq ajratishdan iborat.
Korxonaning tuzilmasini tanlashda tashkiliy loyihalashning bosqichlariga, amaldorlikka e’tibor berish lozim.
Korxonani qurilishini tanlashda mahsulotni ishlab chiqarish (etishtirish) muhim o’rin tutadi. Ishlab chiqarishni boshqarish-xodimlarni boshqarishdir, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar.
Korxonani boshqarish faoliyati menejment tizimidagi korxonalarning turlari, menejment jarayonlarida iqtisodiy axborot almashish, menejment jarayonlarida yechim qabul qilish va boshqarish yechimlarini ishlab chiqish usulidagi holatlarni andozalash bilan shug’ullanadi.
Korxonaning tuzilishiga yondashish boshqarishda muhim o’rin tutadi. Ular mexanistik (byurokratik), organik, an’anaviy, divizion, matritsali, korporatsiyali va individualistik belgilarda bo’ladi. YAngilik qo’llanilishi bo’yicha korxonalar (korxonalar, tashkilotlar) bo’lishi mumkin edxokratik (dizayn, kelajakka belgisi bor korxona), ko’po’lchovli, partisipativ (o’z-o’zini boshqarish organi), uddaburon korxonalar, bozorga yo’naltirilgan korxonalar.
Korxonada iqtisodiy axborot almashish muhim o’rin tutadi. Chunki ushbu jarayonda o’zaro, majlisda, telefonda, xat orqali, hisobot kabilarga ehtiyoj sezilganda, korxonaichida vertikal va gorizontal bosqichlar bo’ylab axborot almashiladi. Iqtisodiy axborot almashish yechim qabul qilish, rejalashtirish, marketing, tashkillashtirish, moyillik va nazorat qilish kabi vazifalarni bog’laydi. Axborot almashishning asosiy vositalaridan biri komp’yuterdir.
Menejment jarayonlarida yechim qabul qilish-bu “markaz” atrofida korxonahayoti, faoliyati aylanib turadi. yechimni boshqarish mehnatining mahsuloti deb qarash mumkin, uni qabul qilish esa ushbu mahsulotni yaratilishiga olib keluvchi jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |