Mavzu: Korxona faoliyatini tashkil etishda strategik menejmentning tutgan o'rni. Reja: Kirish


-chizma Kompaniya strategiyasini belgilovchi harakatlar va yondashuvlar tarzi2



Download 476,48 Kb.
bet3/6
Sana08.07.2022
Hajmi476,48 Kb.
#757269
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxonada strategik

6-chizma Kompaniya strategiyasini belgilovchi harakatlar va yondashuvlar tarzi2.
Ishga qabul qilingan xodim, korxonauni nima uchun kerakligini va foyda bo’lishini, ma’lum ahamiyatini bilishi lozim.
Korxonaga yangi a’zoni qo’shilishining yakuniy bosqichi uni korxonaga to’la huquqli a’zo bo’lib o’tishi bilan yakunlanadi.
Korxonaqadriyatini va me’yorlarini xodim tomonidan qanchalar o’zlashtirilganligi va qabul qilinganligiga qarab xodimni korxonaga qo’shilganlik darajasini belgilash mumkin.
Xodim korxonafaoliyatining ishtirokchisi, shuning uchun u korxonaning ichki va tashqi muhitini idrok etishi zarur (his etishi, sezishi, ishonishi,
qadriyati, iymoni, ...).
Yana shuni unutmaslik lozimki, barcha xodimlar birdek emaslar. Xodimning barcha tavsiflarida uning farqi namoyon bo’ladi. Xodimlarning bo’yi, vazni, yoshi, jinsi, ma’lumoti bilan farqlanadilar, har xil tilda so’zlashadi, bir xil harakatni turlicha bajaradi va o’xshash holatlarda o’zini turlicha tutadi. Bu turli-tumanlik xodimni xodim qiladi, mashina emas, korxonaning imkoniyati va salohiyatini sezilarli kengaytiradi. Xuddi shu turli- tumanlik tashkil etishni boshqarishda muammolar, kelishmovchiliklar, ixtiloflar, nizolar, asab buzar holatlar, qarama-qarshilik vaziyatlari paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Xodim hulqining boshlang’ich shaxsiyati bo’lib idrok qilish, mezonning asosi va moyilliklar hisoblanadi.
Shaxs ijtimoiy faoliyatni tavsiflab bera oladigan alohida ta’rifga muxtoj.Inson hissiy (ya’ni sezgi a’zolari yordamida idrok etiladigan) xususiyatlarga- xulq-atvor, nutq, imo- ishora va xususiyatlarga egadir.
Idrok qilish-bu inson ichki va tashqi muhitda bo’layotgan voqea, hodisa, jarayon va tizimni ongida aks ettirishi.
Xodim korxonani idrok qilishi ikki jarayondan iborat: ma’lumotlarni tanlab olish va ma’lumotlarni tizimlash.
Ma’lumotlarni tanlashda har xil kanallardan ma’lumot olinadi. Olingan ma’lumotlar mantiqan ishlov berish usuli orqali, hissiyoti, sezgisi, ishonch orqali ma’lumotlarga ishlov beradi, ularni tizimlaydi.
Xodimlar jamoasini (ayniqsa mehnat jamoalarini) boshqarish keng qamrovli.Shuning uchun rahbar (menejment) ning vazifasi o’ta keng qamrovli (tashkil etish, rejalashtirish, bashoratlash,...). U unumdorlik va samaradorlik haqida ham o’ylashi kerak, boshqa korxona(tashkilot, korxona,...) larga qaraganda uning korxonasi unumliroq ishlashi lozim: mehnat resurslaridan samarali foydalanishi (mehnat resurslarini rejalashtirish, mehnat mahoratlarini ro’yxat qilish, mehnat operatsiyalarini tahlil qilish, ish (mehnat) haqi, qo’shimcha imtiyozlar, ishning mazmundorligi,...); mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish va bashoratlash, ishga xodim qabul qilish, tanlab qabul qilish, ish haqi va imtiyozlarni aniqlash, kasb tanlash va moslashuv, ta’lim berish, mehnat faoliyatini baholash, rahbar xodimlarni tayyorlash, yuqori lavozimga ko’tarish, pasaytirish, o’tkazish, bo’shatish).
Boshqaruvchi xodimlarni tayyorlash har xil kurslar, seminarlar yoki rotatsiya (almashlab, belgilangan tartibda almashib) tashkil qilish yo’llari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarishni boshqarishda korxonaning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatlari tizimini tuzish, ishlab chiqarishda operatsiya tizimini ishlab turishi va unumdorlikni boshqarishda majmui yo’l muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatlarini boshqarishga tizimli yondashish nima ekanligini tushunish uchun operatsiyali vazifa, operatsiyali tizim, korxona(tashkilot, korxona) larni boshqarishning mohiyati, operatsiyali tizimning toifalari, operatsiyali vazifa bilan korxonaning boshqa vazifalari orasidagi bog’liqlik, yuksak ishlab chiqarish va korxona, raqobatlasha olish qobiliyati, ishlab chiqarish sohasida bosh yechimlar, xalqaro bozor sharoitida ishlab chiqarishning bosh yo’nalishi kabi atamalarni bilish kerak.
Korxonada operatsiyali vazifa-tashqi korxonalarga yetkazib beriladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi va xizmatlar bajariladi.
Operatsiyali tizim qayta ishlanadigan kichik tizimlar, ta’minlash kichik tizimlari va rejalashtirish va nazorat kichik tizimlaridan tashkil topgan. Operatsiyali tizimning asosiy maqsadi iste’molchilardagi ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot chiqarishda yoki xizmat ko’rsatishda ifodalanadi.
Korxonalarni boshqarishning mohiyatiga ko’p sonli operatsiyali menejerlarning majburiyatlariga kiradi.
Operatsiyali tizimning toifalari: qayta ishlanadigan tizimlarning turi- loyiha, kichik hajmdagi, ommoviy ishlab chiqarish, uzluksiz jarayon; ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xususiyati bo’yicha-mahsulot (qurilish pudratchisi,tipografiya, mahsulotni qayta ishlash), xizmat ko’rsatish (vrach- terapevt, transportni ta’mirlash shahobchasi, aeroport, radiostansiya).
Operatsiyali vazifa bilan korxonaning boshqa vazifalari orasidagi bog’liqlik-bu o’ta muhim va murakkab ishchi munosabatlar. Ushbu munosabatlardagi samarali boshqarishni ta’minlash zarur. Kelishmovchilik va to’qnashuvlarni kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Xalqaro raqobat ishlab chiqarish sohasidagi “ishlab chiqarish- iste’molchilarning ehtiyoji” zanjiriga e’tibor berishga majbur qilmoqda, ya’ni “aniq vaqtda”, sifatni majmui nazorat tamoyili, ta’mirlov-oldini olish xizmatining majmui tamoyili kabilarga rioya qilish samara beradi. Omilkorlik bilan ishlash samaradorlik garovidir.
Korxonada operatsiyali tizimini ishlab turishi ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, bashoratlash va ularni borishini nazorat qilish muammolari va
yechimini topilishi mutaxassisdan ko’p jarayonlarni bilishini talab qiladi.Masalan, ishlab chiqarishni tezkor boshqarish, mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish, zahiradagi resurs (material)larni boshqarish, loyihalarni boshqarish, loyihalarni boshqarish usullari, sifatni ta’minlash kabi yo’nalishlarni yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlik qilishning muhim ajralmas qismi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda taqvumli rejalashtirishning mazmuni va tavsifi muhim o’rin tutadi. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish operatsiyali tizimni umumiy ehtiyojlarning o’zgarishini hisobga olgan holda, qanday foydalanishi haqida yechim qabul qilishni ko’zda tutadi.Umumiy ehtiyoj-bu operatsiya tizimi ishlab turganda barcha mahsulot yoki xizmat ko’rsatishlarga bo’lgan talablar yig’indisi. Umumiy talablar odatda tizimini ish bilan ta’minlanganlik birligida o’lchanadi.
Samaradorlik (unumdorlik) ka juda ko’p omillar (materiallar yoki
resurslar, mehnat, sarmoya, energiya, texnika va transport, axborot va aloqa, energiya, rahbarlik, bashoratlash va rejalashtirish, tashkil etish, moyillik, yechim qabul qilish, nazorat va hokazolar) ta’sir qiladi. YUqori samaradorlikni bir-tekis ta’minlab turli boshqarish tizimining barcha vazifalariga va barcha bog’lovchi jarayonlarga taalluqlidir.
Butun korxona(korxona, tashkilot, korporatsiya) samaradorligini oshirish uchun har bir bosqich rahbari o’zining har kunlik ishida rioya qilishi zarar bo’lgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotini boshqarishdagi yutuqlari, boshqaruv mehnatining samaradorligi, boshqaruv mehnatining samaradorligi, boshqaruv mehnati unumdorligi, egiluvchan tizim va hakozolar keng qo’llanilishi samaradorlikni oshiradi.




  1. Download 476,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish