Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo’lgan salbiy illat sifatida. Har bir qonun yaxshilikni ko’zlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo’ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3 yanvar 2017 yil Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir 6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish
bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.
Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning o’ziga xos tasavvuri, tushunchasi
bor, albatta. Qonunda unga shunday ta’rif berilgan
: « korrupsiya — shaxsning o’z
mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning
manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof
ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda
taqdim etish».
241
Davlatimiz rahbari 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yo’llagan
Murojaatnomasida orrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga ham alohida tuxtaldi: