Мавзу: коррупцияга қарши кура



Download 43,93 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2022
Hajmi43,93 Kb.
#57064
  1   2   3   4
Bog'liq
КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ – ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ (2)


ЎЗБЕКИСТОННИ РИВОЖЛАНТИРИШ СТРАТЕГИЯСИ. ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ” ФАНИДАН ТАЛАБАЛАР УЧУН ЎТИЛГАН МАВЗУГА ОИД ТОПШИРИҚЛАР,ТЕСТЛАР.


Талабанинг Ф.И.Ш. K-1801. Abdurasulov Kozimjon


МАВЗУ: КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ – ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ УСТУВОР ШАРТИ
1- ТОПШИРИҚ

КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШНИНГ АСОСИЙ ПРИНЦИПЛАРИ” БЎЙИЧА КЛАСТЕР ТУЗИНГ






2-topshiriq.
Коррупцияга қарши кураш – фуқаролик жамиятини ривожлантиришнинг устувор шарти мавзусига оид саволларга жавоб беринг.

1. Коррупция тушунчаси ва унинг ижтимоий илдизлари тўғрисида нималарни биласиз?


2. Биринчи Президенти И.Каримов коррупция ва уюшган жиноятчиликка қарши кураш ҳақида ўз асарлари ва маърузаларида алоҳида тўхталиб ўтган. Хўш, ушбу таҳдидларнинг келиб чиқиши, намоён бўлиши ва унинг олдини олиш борасида қандай кўрсатмаларни илгари сурган.Бу борада Сизнинг фикрингиз.
3. Ўзбекистонда коррупция ва жиноятчиликнинг шаклланиши ҳамда унга қарши кураш борасида амалга оширилаётган тадбирлар хусусида нималарни биласиз?
4. Коррупцияга қарши курашнинг қандай ҳуқуқий асослари мавжуд?
5. Ҳуқуқий-демократик, эркин фуқаролик жамиятини барпо этиш жараёнида коррупция, жиноятчилик каби иллатлар тараққиётга доимо ғов бўлиб келган. Сиз ушбу иллатларнинг олдини олиш мақсадида қандай таклифларни илгари сурган бўлар эдингиз?


Javoblar

  1. Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat. Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda koʻpincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxoʻrligi tushuniladi. Korrupsiyada doim kamida ikki tomon ishtirok etadi: bunda bir tomondan noqonuniy yoʻl bilan boylik orttirayotgan (oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs va boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs.

  1. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida “biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish – irodasi, asriy orzu – intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og’ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy – buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘rnida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik” deb yozadi. Zero, “Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o‘tishda, afsuski, korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa yuz beradi. Shu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’diradi”. Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq – tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va buning amaldagi isboti sifatida 2008-yilda qabul qilingan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g’risida”gi Qonunda o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, mamalakatimizda dunyoviy va demokratik taraqqiyot yo‘lining huquqiy asoslarini belgilovchi mukammalroq qonunlar ishlab chiqishga e’tibor berilmoqda. Bozor munosabatlarini takomillashtirish borasida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Davlat boshqaruvi tizimi “shaffof”, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun normativ – ma’muriy to‘siqlarni minimal darajaga keltirish orqali davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday islohotlarning amaldagi isboti sifatida, oliy ta’lim muassasalari xususan, bizning oliygohda ham talabalarni erkin fikr bildirishlari, o‘z fikrlarini ochiq – oshkora ifodalab berishlari uchun anonim so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Bundan kutiladigan natija shuki, ushbu illatning kelajak egalari bo‘lmish yosh avlod vakillarini sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ushbu illatning ta’lim tizimida ildizini yo‘q qilishdan iboratdir. Ushbu ishni amalga oshirishda har bir fuqaro, xoh u talaba bo‘lsin xoh u mansabdor shaxs bo‘lsin mas’uliyat bilan qonun doirasida o‘z majburiyatlarini bajarishi shartdir.



  1. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrildi. Islohotlarni amalga oshirish doirasida ­fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korrupsiya koʻrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilishini taqozo qilinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻ-eʼtiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

  1. 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq;

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (ke­yingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya)ning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq ­tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqsin va Idoralararo komissiya bilan kelishib olsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinsin, ularning ­zimmasiga:
-joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish ­sohasidagi ishlarning holatini kompleks oʻrganish;
-joylarda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ­ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklansin.


  1. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.


  1. Korrupsiyaning oldini olish uchun savodxonlikni oshirish, oylik maoshlari ko’tarilishi kerak deb o’ylayman.

Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!".



Download 43,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish