Mavzu: ko`paytuvchilarning o`rinlarini almashtirish va guruhlash. Koordinata nuqtasi bilan tanishtirish. Maqsad



Download 30.08 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi30.08 Kb.
MAVZU: KO`PAYTUVCHILARNING O`RINLARINI ALMASHTIRISH VA GURUHLASH. KOORDINATA NUQTASI BILAN TANISHTIRISH.

Maqsad: o`quvchilarning BKM larini mustahkamlash.Ko`paytuvchilarning o`rinlarini almashtirish va guruhlashni o`rgatish.Koordinata nuqtasi bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy m:o`quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, erkin va mantiqiy fikrlashga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi m:o`quvchilarning fikrlash qobiliyat-larini shakllantirish, tez va to`g`ri bajarishlarini yo`lga qo`yish. Dars talabi: Ko`p xonali sonlarni bir xonali va ikki xonali sonlarga yozma ko`paytirish va bo`lishni hamda hisoblash natijalarining to`g`riligini tek- shira olish.

Dars turi – yangi bilim beruvchi.

Dars usuli – noananaviy.

Metod- tushuntirish, suhbat, savol-javob, mustaqil ishlash.

Jihoz – darslik, tarqatmalar, ko`rgazmalar, krasvo- rd.

Darsning oltin qoidasi: faollik

Intizom

O`zaro hurmat



Vaqtdan unumli foydalanish

Erkin fikrlash

Ahillik

Javobni aniq bilishi

Matematika faniga bag`ishlangan she`r aytiladi.

DARS SHIORI:” Matematika aqlni tartibga solgani uchun ham o`rganish kerak “

( Lomonosov)

Darsning borishi: Tashkiliy qism

a) Navbatchi axborotini tinglash

Yilning nomlanishini so`rash

Krassvord yechiladi.

1) Geometrik shakl nomi

2) To`rt matematik amaldan biri

3) Matematikada teng taqsimlash

4) O`quvchining yomon ko`rgan bahosi

5) Bir sinfda o`qiydigan o`rtoq

6) Yuz birligi

Qani bolalar qaysi so`z hosil bo`ldi?



Kabisa yili har necha yilda keladi?

  • Har to`rt yilda keladi.

Fevral necha kundan iborat ekan?

-Qani uyga qanday topshiriq berilgan edi. 556-557- misollar so`rab olindi. Tarqatma material orqali.

Yangi mavzu bayoni

568- misol orqali tengliklarni to`g`riligini tushuntiramiz.

6*8*5=5*6*8

35*4*10*3*=35*10*4*3

7*9*4=7*(9*4)

6*2*9*5=(6*9)*(2*5)

Yodingizda tuting! Ko`paytuvchilarning o`rnini turli usullar bilan almashtirish va guruhlash mumkin.

Masalan: 7*2*500*9= (7*9)*(500*2)

569-misol. Ko`paytma qanday hisoblanganini tushuntiramiz.

50*49*2=49*50*2=49*100=4900

7*25*8*4=(7*8)*(25*4)=56*100=5600

570-misol. Qulay usul bilan hisoblang.

Mustaqil ish.

9*25*7*4=(9*7)*(25*4)=63*100=6300

16*7*10*5=(16*10)*(7*5)=160*35=5600

16*7*10*5=(16*5)*(7*10)=80*70=5600

45*4*2*5=(45*2)*(4*5)=90*20=1800

25*8*9*4=(25*4)*(8*9)=100*72=7200

571-masala. E`lon qilinadi. O`quvchilarga dam olish daqiqasi beriladi.

Bunda matematik she`r, topishmoq, maqollar aytiladi.

Kelishardi izlab buloq,

Bir echki-yu ikki uloq,

Suv bo`yida ayni chog`,

Yurar edi ikki o`rtoq

Hamdam dedi, qani o`rtoq,

Bosh qotirib ko`rchi bundoq

Ularda bor nechta quloq,

Nechta oyoq hamda tuyoq.

Javobi: 6 ta quloq, 12 ta oyoq, 24 ta tuyoq.

2. 9 vagon poyezdda,

Chiqdi janub tomonga

To`qqiztadan televizor,

Yuklangan har vagonda.

Javobi: 9*9=81

Qirqta televizorni

Jizzax, Samarqand oldi,

Xo`sh qancha televizor,

Termiz shahrida qoldi?

Javobi: 81-40=41

571- masala:

4 ta bir xil o`ram oq ip va 6 ta shunday havorang ip bir xil narxda sotib olindi. Hamma iplar uchun 9600 so`m to`- landi. Bir o`ram ip necha so`m turadi? Hamma oq ip necha so`m turadi? Hamma havorang ip necha so`m turadi?

Yechish: 1) 4+6=10 ta (ip)

2) 9600/10=960 so`m (bir o`ram ip)

3) 960*4=3840 so`m (oq ip)

4) 960*6=5760 so`m ( havorang ip)

Javob: Bir o`ram ip 960 so`m,hamma oq ip 3840 so`m turadi, hamma havorang ip 5760 so`m turadi.

572-misol. M, K, A nuqtalarga qaysi sonlar mos keladi?

Sonli (koordinata) nur nuqtasiga mos keluvchi son shu nuqta- ning koordinatasi bo`ladi.

Nuqta Koordinata Yozilishi

O o O (o)

M 2 M (2)

A 6 A (6)

573- misol. Chigirtkalar qo`ngan nuqtalarning koordinatalarini o`qing.
Qaysi nuqta chaproqda M (2) mi yoki B (8) mi?

Qaysi nuqta o`ngroqda K (6) mi yoki C (11) mi?

Mustahkamlash uchun.

1. Ko`paytuvchilarning o`rnini turli usullar bilan almashtirish va guruhlash mumkinmi?

2. Koordinata nuqtasi nima?

Bobolarning yoshini aniqlang.

1) 2016-783+0=1233+0=1233 (Al Xorazimiy)

2) 5*100+75=500+75=575 (A. Navoiy)

3) 4*25+0=100+0=100 (M. Burxonov)

O`quvchilarni rag`batlantirish



Uyga vazifa: 574-575-misollar.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa